10-Ma’ruza. Identifikasiya va autentifikasiya vositalari


Download 57.19 Kb.
bet1/7
Sana30.01.2024
Hajmi57.19 Kb.
#1817295
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-maruza


10-Ma’ruza.
Identifikasiya va autentifikasiya vositalari
Reja:
1. Identifikasiya
2. Autentifikasiya
3. Avtorizasiya
4. Ko’p omilli autentifikasiya
Kalit so’zlar: identifikasiya, autentifikasiya va avtorizasiya, bir tomonlama va ikki tomonlama autentifikasiya, ko’p omilli autentifikasiya, parol tizimlari, elektron qurilmalar, biometrik tizimlar.

Identifikasiya, autentifikasiya, avtorizasiya va ruxsatlarni nazoratlash
Tizim resurslarini boshqarish bilan bog’liq bo’lgan ixtiyoriy xavfsizlik muammosi uchun biz ruxsatlarni nazoratlash terminini “soyabon” sifatida foydalansak bo’ladi. Mazkur sohaga oid tushuntirishlarni olib borganda 3 ta asosiy muhim bo’lgan soha mavjud: identifikasiya, autentifikasiya va avtorizasiya.
Identifikasiya – shaxsni kimdir deb davo qilish jarayoni. Masalan, siz telefonda o’zingizni tanitishingizni identifikasiyadan o’tish deb aytish mumkin. Bunda siz o’zingizni, masalan, “Men Bahodirman” deb tanitasiz. Bu o’rinda “Bohodir” sizning identifikatoringiz bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib, identifikasiya – subyekt identifikatorini tizimga yoki talab qilgan subyektga taqdim etish jarayoni hisoblanadi. Bundan tashqari, elektron pochta tizimida ham pochta manzilni – identifikator sifatida qarash mumkin. Pochta manzilini taqdim etish jarayonini esa identifikasiyalash jarayoni sifatida qarash mumkin. Elektron pochta tizimida pochta manzili takrorlanmas yoki unikal bo’ladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, foydalanuvchining identifikatori tizim ichida unikal va takrorlanmasdir.
Autentifikasiya – foydalanuvchini (yoki biror tomonni) tizimdan foydalanish uchun ruxsati mavjudligini aniqlash jarayoni. Masalan, foydalanuvchini shaxsiy kompyuterdan foydalanish jarayonini olsak. Dastlab kirishda foydalanuvchi o’z identifikatorini (ya’ni, foydalanuvchi nomini) kiritadi va u orqali tizimga o’zini tanitadi (identifikasiya jarayonidan o’tadi). Shundan so’ng, tizim foydalanuvchidan taqdim etilgan identifikatorni haqiqiyligini tekshirish uchun parolni so’raydi. Agar identifikatorga mos parol kiritilsa (ya’ni, autentifikasiyadan o’tsa), foydalanuvchi kompyuterdan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Boshqa so’z bilan aytganda, autentifikasiyani foydalanuvchi yoki subyektni haqiqiyligini tekshirish jarayoni deb aytish mumkin.
Autentifikasiyadan o’tgandan so’ng foydalanuvchi tizim resursidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Biroq, autentifikasiyadan o’tgan foydalanuvchiga tizimda ixtiyoriy amallarda bajarishga ruxsat berilmaydi. Masalan, autentifikasiyadan o’tgan – imtiyozga ega foydalanuvchi uchun dasturlarni o’rnatish imkoniyatini berilishi talab etilsin. Xo’sh, autentifikasiyadan o’tgan foydalanuvchiga qanday qilib ruxsatlarni cheklash mumkin? Mazkur masalalar bilan aynan, avtorizasiya sohasi shug’ullanadi.
Avtorizasiya – identifikasiya, autentifikasiya jarayonlaridan o’tgan foydalanuvchi uchun tizimda bajarishi mumkin bo’lgan amallarga ruxsat berish jarayonidir.
Demak, autentifikasiya binar qaror – ya’ni, ruxsat beriladi yoki yo’q. Avtorizasiya esa tizimning turli resurslariga foydalanishni cheklash uchun foydalaniluvchi qoidalar to’plami haqidagi barcha narsa.
Xavfsizlik sohasida terminlar standartlashtirilgan ma’nolaridan ayri qo’llaniladi. Xususan, ruxsatlarni nazoratlash ko’p hollarda avtorizasiyaga sinonim sifatida ishlatiladi. Biroq, mazkur kursda ruxsatlarni nazoratlash kengroq qaraladi. Ya’ni, avtorizasiya va autentifikasiya jarayonlari ruxsatlarni nazoratlashning qismlari sifatida qaraladi.
Yuqorida keltirilgan atamalarga berilgan ta’riflarni umumlashtirgan holda quyidagicha xulosa qilish mumkin:
Identifikasiya – siz kimsiz?
Autentifikasiya – siz haqiqatdan ham sizmisiz?
Avtorizasiya – sizga buni bajarishga ruxsat bormi?



Download 57.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling