1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari reja


Ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yiladigan tok va kuchlanishlar


Download 199.72 Kb.
bet35/48
Sana21.11.2023
Hajmi199.72 Kb.
#1791487
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
Bog'liq
1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va-fayllar.org

2. Ishlab chiqarishda yo‘l qo‘yiladigan tok va kuchlanishlar
Yo‘l qo‘yiladigan xavfsiz tok kuchi
Insonning elektr toki bilan shikastlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar–inson orqali o‘tadigan tok kattaligi va uning ta’sir davomiyligi.
50-60 Gs sanoat chastotali o‘zgaruvchan tok xuddi shunday kattalikdagi doimiy tokka qaraganda insonni kuchliroq jarohatlaydi.
Insonga 12-15 mA elektrodlardan mustaqil uzilishi mushkul bo‘lgan o‘zgaruvchan tok kattaligi inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi.
50-60 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok uchun xavfsiz kattalik sifatida 10 mA qabul qilingan. Doimiy tok uchun – 50 mA.
I nson o‘zi orqali o‘tayotgan kam ahamiyatli tok ta’sirini seza boshlaydi:
0,6 – 1,5 mA – o‘zgaruvchan tokda Boshlangich sezuvchan
5 – 7 mA – doimiy tokda tok
Katta toklar insonda mushaklarning tortishuvini va xushyoqmas dardli sezgilarni chaqiradi, ular tok ko‘payishi bilan kuchayadi va tananing katta qismlariga tarqaladi.
3-5 mA tok va 50 Gs tokda tokning qo‘zg‘atish ta’siri butun qo‘l barmoqlarida seziladi. 8-10 mA da og‘riq keskin kuchayib, qo‘l va bilaklarni ishg‘ol qilib, tortishib beixtiyor qisqaruvlar bilan hamohang bo‘ladi. 10-15 mA da og‘riq o‘ta kuchli, chidab bo‘lmaydigan darajada, qo‘llar mushagi tortishishlari shunchalik kuchliki, inson ularni ko‘tara olmaydi. Bunda u tok yuruvchi qismi saqlanadigan qo‘lni ocha olmaymiz
10-15 mA f=50 Gs bo‘lganda o‘zgaruvchan toklar Boshlang‘ich qo‘yib
50-80 mA doimiy toklar yubormaydigan
toklar
25-50 mA o‘zgaruvchan tok qo‘l va tana mushaklariga, ko‘krak qafasi mushaklariga ta’sir etadi, nafas olish juda qiyinlashadi. Bu tokning uzoq ta’siri nafas to‘xtashini chaqirishi, shundan so‘ng bir oz vaqt o‘tgach, bo‘g‘ilishdan o‘lim holati keladi. 50-100 mA o‘zgaruvchan tok o‘pkaga shunday tez ta’sir qiladi. SHu bilan birga yurak faoliyati ham buziladi. Biroq, vaqt bo‘yicha birinchi o‘pka, sung yurak ishlashi to‘xtaydi.
100 mA-5 A o‘zgaruvchan toklar Boshlang‘ich fibrilyasion
300 mA-5 A doimiy toklar toklar
Bu toklar yurak mushagiga qo‘zg‘aluvchan ta’sirini tarqatadi. Bu holat inson hayoti uchun o‘ta xavfli, bu tokning inson orqali zanjir tutashdan paytdan 1-2 lahza o‘tib, yurak fibrilyasiyasi hosil bo‘lishi mumkin. Natijada qon aylanishi to‘xtaydi va organizmda kislorod etishmovchiligi vujudga keladi, nafas to‘xtaydi, ya’ni o‘lim tushadi.
5 A dan ortiq tok yurak fibrilyasiyasini chaqirmaydi, yurak zudlik bilan to‘xtaydi (fibrilyasiya ahvoli yo‘k bo‘lib), nafas falaji yuzaga keladi. Agar tok harakati qisqa muddatli bo‘lsa va (kirish, kuyish natijasida) yurak shikastlarini chaqirmaydi, u holda tok o‘chirilgach, yurak mustaqil tarzda normal faoliyatni tiklaydi, nafas esa bunda tiklanmaydi, sun’iy nafas olish shaklida jabrlanganga zudlik bilan talab etiladi.
Organizm orqali tok o‘tishining davomiyligi shikastlanish oqibatiga sezilarli ta’sir etadi: tokning ta’siri qanchalik davom etsa, shunchalik og‘ir yoki o‘lim oqibati ehtimoli katta. Bu tirik to‘qimaga tokning ta’sir vaqti oshgani sari tokning ahamiyati oshadi (tana qarshiligi kamaygani hisobiga) va tokning o‘ziga qaltis T-0,2 sek yurak sikli (kardiotsikl) fazali tok uchun oqib o‘tish lahzasining mos tushishi ehtimoli oshadi. Tokning oqib o‘tishini qaysi davrini inson organizmi uchun xavfsiz deb hisoblash mumkin?
Himoya tadbirlari hisob-qitobi va bahosi uchun inson tanasi orqali elektr zanjir mavjudligi davrining yo‘l qo‘yiladigan interval 0,01 dan 2 soniyani tashkil qiladi.
SHikastlanish yakuniga elektr tokining inson tanasi orqali yo‘li muhim ahamiyat kasb etadi. Belgilab qo‘yilganki, inson tanasining turli qismlari turli solishtirma qarshilikka ega. Inson tanasi orqali tokning o‘tishida eng kam qarshilik yo‘lidan o‘tadi, asosan qon-tomir va limfatik tomirlardan o‘tadi. Tokning tana uzunasiga o‘tish yo‘li o‘ta xavfli, masalan: qo‘l-oyoq yoki yurak, bosh, umurtqa miyasi orqali. Biroq oyoqdan oyoqqa yoki qo‘ldan qo‘lga tok o‘tganda o‘lim holatlari ham ma’lum.
Elektrojarohat tahlili umumiy tok yurak orqali qo‘ldan qo‘lga – 3,3 foiz, yurak orqali qo‘l-oyoq - 3,7 foiz, boshqo‘llar - 7 foiz, bosh-oyoq - 6,8 foiz, yurak orqali oyoq-oyoqqa o‘tishini ko‘rsatmoqda.
Belgilangan fikrga ko‘ra, yurak orqali tokning katta qismi chap qo‘l-oyoq, ung yo‘ldan o‘ng qo‘l-oyoq yo‘lida emasligi ma’lum. Bu tokning katta qismi o‘ng qo‘l-oyoq yo‘lidagi uning o‘qi atrofidagi yurakka kirishi bilan anglashiladi.
Elektrjarohat holatlarini taqlil etish holatlari natijasida e’tibor omili elektr tok bilan shikastlanish yakuni bilan tugaydigan eng birlamchi biologik omillardan biri e’tibor omili hisoblanishi belgilangan.
Agar kuchlanish ostidagi elektr qurilmada ishlayotgan kishi bajarilayotgan operatsiyalarga diqqat bilan munosabatda bo‘lsa, doimo o‘zining ehtiyotkorsizligining ehtimoli bor oqibatlarini yodda tutsa, unday holda uning diqqati va keskin e’tibori nafaqat elektrotok-kuchlarni bo‘shashtirishga, balki ba’zida yo‘q qilishga qodir. Agar elektr zarbasi ishlayotgan kishining jiddiy e’tibori davrida bo‘lsa, uning harakati to‘satdan zarba momentiga ko‘ra, o‘ta bo‘sh bo‘ladi.

Download 199.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling