1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari reja


Download 199.72 Kb.
bet1/48
Sana21.11.2023
Hajmi199.72 Kb.
#1791487
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va-fayllar.org


1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari

1-MA’RUZA
TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA MEHNAT MUXOFAZASINING O‘RNI VA VAZIFALARI


Reja:
1. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda mehnat muxofazasini ta’minlash;
2. Temir yo‘l transporti xodimlarining umumiy vazifalari.


Tayanch so‘z va iboralar
Xalqaro mehnat tashkiloti, poezdlarning harakat xavfsizligini ta’minlash, mehnatni muxofazalash va xavfsizligini ta’minlash, mehnat muxofazasi oyligi, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari, harakat havfsizligi, tashilayotgan yuklarning butligi, davriy tibbiy ko‘rik.


1. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ da
mehnat muxofazasini ta’minlash
Har yilning 28 aprelida butun dunyo miqyosida xalqaro mehnatni muxofaza qilish kuni keng nishonlanadi. 2012 yilgi chora-tadbirlar dasturi Xalqaro mehnat tashkilotining (XMT) tashabbusi bilan “Mening hayotim. Mening ishim. Mening xavfsiz mehnatim” shiori ostida tashkil etildi. Mazkur tashkilot tomonidan e’lon qilingan raqamlarga asosan, har yili ishlab chiqarishda kuzatiladigan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari tufayli er yuzida 2 million (bu har kuni olti mingdan ziyod kishi deganidir) kishi halok bo‘ladi. SHu bilan birga bu ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati yildan yilga 10% ga oshib bormoqda. Bundan tashqari, 270 mln kishi ishlab chiqarishda qurbonlarga aylanishadi. MDH davlatlarida ish vaqtida 600 mingdan ziyod baxtsiz hodisalar qayd etiladi.
Mazkur tashkilot tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo YAIM ning 4% nomaqbul mehnat sharoitlari va ishdagi baxtsiz hodisalar tufayli yo‘qotiladi. Bu kabi og‘ir va ayanchli statistika mavjud korxona va tashkilotlarga mehnat muxofazasi qonunchiligini va zamonaviy talab hamda me’yorlarni yanada tezroq va kengroq joriy etishni talab etadi. Muhimi, mehnat muxofazasi masalalari, ish tartibini to‘g‘ri tashkillashtirish, avvalambor, inson omilini birinchi o‘ringa olib chiqish har doim va hamma vaqt eng dolzarb va munozaralarga boy masalalardan sanalgan.
Mehnat sharoitlari va muxofaza qilish borasida davlatimiz qonunchiligida qator hujjatlar qabul qilingan, xalqaro me’yorlar ratifikatsiya qilingan. Birinchi navbatda e’tibor, ish beruvchilarni tegishli mehnat sharoitlarini yaratishga mas’ul qilib qo‘yishga qaratildi. Bu ish joylarida texnika xavfsizligini ta’minlash, o‘z vaqtida mavjud yo‘riqnomalar bilan tanishtirish, texnik vositalarni qo‘llash yuzasidan o‘quv kurslari va bilimlarni muntazam nazoratdan o‘tkazish, tegishli tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Xalqaro Mehnat tashkilotining 52 konvensiyasida qabul qilingan me’yorlarga asosan, Xalqaro mehnat byurosi tomonidan “Mehnatni muxofazalash va xavfsizligini ta’minlash” yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan. Unda xavfni to‘g‘ri baholash va identifikatsiyalash usullari, xavflarni boshqarish tizimi to‘g‘risida aniq ko‘rsatmalar belgilangan.
Bevosita “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ da ham tegishli dasturlar asosida mehnat muxofazasini ta’minlash yo‘lga qo‘yilgan. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, kompaniya boshqaruvi raisining buyrug‘iga asosan, kompaniyada mehnat muxofazasi va texnik xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish, sohaga oid ma’lumotlarni to‘plash va umumlashtirish, ishlab chiqarish tarmoqlarida, hududiy tuzilmalarda mehnat muxofazasini yanada kuchaytirish maqsadida 2012 yilning 2 aprelidan boshlab mehnat muxofazasi, sanoat xavfsizligi va ekologik monitoring olib borish bo‘limi qayta tashkil etildi. Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi muhandislari joylarda maxsus jihozlagan xonalarda faoliyat olib borishlari, kerakli inventar va kompyuter texnikasi bilan ta’minlanishlari belgilab berildi.
Bundan tashqari, aprel oyi kompaniyada Mehnat muxofazasi oyligi deb e’lon qilindi. Ishda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish, kompaniya xodimlarining hayoti va sog‘ligini muxofaza qilish, mehnat sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan oylik davomida joylarda bir qator tushuntirish ishlari, mas’ul xodimlar bilimini attestatsiyadan o‘tkazish ham rejalashtirilgan. Oylik davomida kompaniya tasarrufidagi barcha korxona va tashkilotlarda davra suhbatlari o‘tkaziladi. Oylik davomida olib borilgan choratadbirlar xususida hisobot tayyorlanib, mehnat muxofazasi bilan bog‘liq muammolar va ularning echimiga aloqador masalalar atroflicha o‘rganiladi.



Download 199.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling