1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari


Temir yo‘l transporti korxonalarini shamollatish (ventilyasiya)


Download 0.51 Mb.
bet24/47
Sana23.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1111245
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47
Bog'liq
Temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalar

2. Temir yo‘l transporti korxonalarini shamollatish (ventilyasiya)
Umumiy shamollatish. Sanoat korxonalari ishlab chiqarish binolarida ajralib chiqayotgan har xil zararli moddalarni shamol yo‘nalishtirish vositasi bilan birgalikda chiqarib yuborishning imkoniyati bo‘lmasa, yoki ajralib chiqayotgan moddalar texnologik jarayonning hamma uchastkalaridan ajralib chiqayotgan bo‘lsa, unda yakka tartibdagi shamollatish vositalarini qo‘llash imkoniyati yo‘qoladi. Ana unday hollarda umumiy shamollatish usulidan foydalaniladi. Umumiy shamollatish vositasini zararli moddalar yoki issiqlik eng ko‘p ajralib chiqayotgan zonaga o‘rnatish kerak.
Ishlab chiqarish zonalarida yig‘ilgan havodagi zararli moddalar havo almashtirish maqsadida o‘rnatilgan havo qabul qilish vositalari orqali chiqarib yuborilishi mumkin. Qanday yo‘l bilan xonaga sof havo berish va zararli moddalar yig‘ilgan havoni chiqarib yuborish usullari, zararli moddaning xona bo‘ylab tarqalish xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar sexda ko‘plab issiqlik ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan mashina va mexanizmlar o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning sexda joylashish holatiga asosan shamollatish usulari belgilanadi. Bundan tashqari har xil zararli faktorlarga ega bo‘lgan jihozlarni sex bo‘ylab joylashtirish ham katta ahamiyatga ega.
SHuning uchun ham sanoat korxonalari loyihalanayotgan vaqtda iqlim sharoitini, quyosh nurlarining tushish holatlari va sexdagi jihozlarni to‘g‘ri joylashtirish masalalari qoniqarli hal qilingan bo‘lsa, shamollatish vositalarini o‘rnatish ham shunchalik osonlashadi.
SHamollatish vositalarini o‘rnatishda, shamollatish sxemasining iqtisodiy kam xarajatli bo‘lishi bilan birga, iloji boricha kam metall sarf qilinadiganini tanlash zarur.
Issiqlik ajralib chiqadigan xonalarda havo almashtirishni ta’minlash. Sanoat korxonalari xonalarida ajralib chiqadigan zararli omil faqat issiqlik bo‘lsa, unda hisoblab almashtiriladigan havo miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi.
G1 =
Bu erda G1 - chiqarilib tashlanishi kerak bo‘lgan havo miqdori, kg/ oS;
Qort - ortiqcha issiqlik miqdori, kg;
t - oqim bilan berilayotgan havoning issiqligi, oS;
t - chiqarib yuborilayotgan havoning issiqligi, oS.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling