1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari


Download 0.51 Mb.
bet21/47
Sana23.01.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1111245
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47
Bog'liq
Temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalar

a) b) v)
16.3-rasm. OXP-10, OVP-10 va OVP-5(3) o‘t o‘chirgichlari:
a) OXP-10 rusumli kimyoviy ko‘pikli o‘t o‘chirgich: b) OVP-10 rusumli havo bilan ko‘pik aralashmasida ishlaydigan o‘t o‘chirgich: v) OVP-5(3) rusumli havo ko‘pik aralashmasiga moslashtirilgan zamonaviy o‘t o‘chirgich: 1-o‘t o‘chirgich korpusi; 2-javhar solinadigan shisha idish; 3-korpusni yon dastagi; 4-qopqog‘ni ochuvchi shtok; 5-sifon naychasi; 6-karbon javhari solingan yuqori bosimli balon; 7-dastak; 8-purkagich; 9-ko‘pikni yoyib uzatuvchi sim turli karnaycha (rastrub).

OXP-10 o‘t o‘chirgichni ko‘pik hosil qiluvchi mahsulot (400g natriy bikarbonat va 50g solodok ekstrakti aralashmasi) bilan to‘ldirishda, ishqor moddasi 30oS gacha isitilgan 7,5litr hajmdagi suvda eritilib, sovugandan keyin o‘t o‘chirgichni temir korpusiga qo‘yiladi. Javhar qismiga esa, oltingugurt javhari va temir oksidi aralashmasini, harorati 80-100oS gacha qaynatilgan 450ml hajmdagi suvda eritiladi. Eritmani 18oS gacha sovutilgandan so‘ng maxsus polietilen yoki shisha stakanga quyilib, o‘t o‘chirgich korpusining qopqog‘iga burab o‘rnatiladi.


Bunday o‘t o‘chirgichlarni ishlatish tartibi va muddati quyidagicha: ishga tushirish dastagi (2)ni 180 gradusga aylantiriladi, bu holda purjina (4) qisiladi va shtok (3) yordamida klapan (5) yuqoriga ko‘tariladi, shundan keyin purkagich qopqog‘ini burab olinadi va chap qo‘l bilan ko‘tarish dastasi (1)dan ushlab uni erdan uzib ko‘tariladi va ikkinchi qo‘l bilan ostki qismidan ushlagan holda, bir-ikki marta chayqatilgandan so‘ng, boshini pastga engashtirgancha purkagichdan uzluksiz chiqayotgan kimyoviy ko‘pik oqimini yong‘in o‘chog‘iga yunaltiriladi. Uning ishlatilish vaqti 60-65 soniyadan oshmaydi, ko‘pikni uzatish masofasi 8m.
Bu kabi o‘t o‘chirgichlarni korpusi 20kgs/sm2dan kam bo‘lmagan gidravlik bosim ostida sinovdan o‘tkaziladi.
Ko‘pikli o‘t o‘chirgichlarni suv bilan o‘chirilishi mumkin bo‘lgan barcha qattiq jismlar va ba’zi suyuqliklar, jumladan benzin, kerosin (spirt, atseton, serouglerodlardan tashqari) kabi engil yonuvchi moddalar yonganda o‘chirish uchun mo‘ljallangan. SHunday rusumdagi bitta o‘t o‘chirgich bilan 0,75-1,0m2 maydondagi yong‘inni o‘chirish mumkin. Bu bilan bir qatorda OVP-10 rusumli havo-ko‘pikli o‘t o‘chirgich ham, OXP-10 o‘t o‘chirgichlari qo‘llaniladigan yong‘inlarni o‘chirishda qo‘llanilishi mumkin.
OVP-10 va OVP-5(3) rusumli havo bilan mexanik ko‘pik aralashmasida ishlaydigan o‘t o‘chirgichlarda 6 % li ko‘pik hosil qiluvchi PO-1 eritmasi zaryad sifatida to‘ldiriladi. Bu zaryadni haydab chiqarish uchun ballon (6)da yuqori bosim ostida joylangan karbon javhari xizmat qiladi. o‘t o‘chirgich havoli mexanik ko‘pikni hosil qilish uchun maxsus qopqali sifon naycha (9) bilan jihozlangan.
Gazli o‘t o‘chirgichlar (16.4-rasm) karbon javharli, aerozolli va karbon dioksidbrometilli turlarga bo‘linadi. Karbon ikki oksidi va galoidlangan uglevodorod asosida ishlaydigan o‘t o‘chirgichlar, elektr quvvati bilan ishlaydigan dastgohlar, elektr motorlar va avtomobillar hamda qimmat baho ashyolar hujjatlar (ko‘rgazma zallari, arxiv va kutubxonalardagi buyumlar) yonganda qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
O‘t o‘chirish tajribasida qo‘llaniladigan yana ikkita, OUB-7 va OPS-10 o‘t o‘chirgich vositalarida keltirilgan bo‘lib, ularda o‘t o‘chiruvchi modda sifatida galoidlangan uglevodorod va o‘tni o‘chiruvchi kukunlar ishlatiladi.
Bunday kukunli o‘t o‘chirgichlarni ishlash tartibi, ularning ichidagi balonchadan chiqayotgan siqilgan havo ta’sirida o‘tni o‘chiruvchi kukun so‘rilib, diffuzorga uzatib berishga asoslangan, diffuzor esa o‘z navbatida kukunni purkab yuborishga xizmat qiladi.






Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling