1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari
Statik elektr zaryadlari xavfidan himoyalanish
Download 0.51 Mb.
|
Temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy savollar
- 1. Mashina, mexanizmlar va harakatlanuvchi sostavlar hafida umumiy tushunchalar; 2. Xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy shartlar; 3. Mashinalarning xavfli zonalari.
Statik elektr zaryadlari xavfidan himoyalanish
Tuzilishi va tarkibi jihatidan bir xil bo'lmagan ikki materialning o'zaro ishqalanishi natijasida va ayrim suyuqlik yoki gazlarning quvurlarda katta tezlikda harakatlanishi oqibatida statik elektr zaryadlari hosil bo'ladi. Masalan, avtomobil beton yo'lda harakatlanayotganida uning g'ildiraklari yo'l uzra sirpanishi natijasida yoki qum va tosh zarralarining avtomobil kuzoviga urilishi natijasida—3000 V, benzinni po'lat quvurlarda katta tezlikda harakatlanishida armaturalardan foydalanish mumkin. Statik elektr zaryadlari hosil bo'lish ehtimoli bor bo'lgan statsionar mexanizm va sigimlarning yerga ulash qurilmalarining qarshiligi 100 Om dan, texnologik jarayonda ishtirok etayotgan uskuna, qurilma va jihozlar tizimlari uchun esa bu ko'rsatkich 10 Om dan kichik bo'lishi zarur. Nazariy savollar Tabiiy va sun’iy elektrodlar danday foydalaniladi? Elektr uskuna va jihozlari qanday hollarda yerga ulanadi ? 17-MA’RUZA MASHINA, MEXANIZMLAR VA HARAKATLANUVCHI SOSTAVLARNI XAVFSIZ ISHLATISH Reja: 1. Mashina, mexanizmlar va harakatlanuvchi sostavlar hafida umumiy tushunchalar; 2. Xavfsizlikni ta’minlovchi asosiy shartlar; 3. Mashinalarning xavfli zonalari. Tayanch so‘z va iboralar Mehnat muxofazasi 1. Mashina, mexanizmlar va harakatlanuvchi sostavlar hafida umumiy tushunchalar Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati korxonalari sexlarida turli-tuman mashina-mexanizmlar, stanoklar, ko‘tarish kranlari, ish bajarish konveyerlari va boshqa qurilmalar movjudki, bularning hammasi bu erda ishlayotganlar uchun ma’lum xavf tug‘dirishi, agar ehtiyot chora-tadbirlarini belgilab qo‘yilmasa baxtsiz hodisalar sodir bo‘lishi hech gap emas. Bu mexanizmlarning ba’zi birlari detallarni qirqish, ularga shakl berish ishlarini bajarsa, boshqalari ish sharoitini yaxshilash, og‘ir ishlarni engillashtirish vazifalarini bajaradi. Ish bajarish sharoitlari ham bir xil emas, masalan metallarni qirqishda ishlatiladigan stanoklarni ishlatganda sovituvchi suyuqliklardan foydalaniladi, ularning kesish issiqligi ta’sirida bug‘lanishi havo muhitini ifloslanishiga, shuningdek havo namligini oshib ketishiga olib keladi. Demak sexda ishlayotgan har bir stanok baxtsiz hodisalarga olib kelishidan tashqari yana havo muhitini ifloslantiruvchi vosita sifatida qaralishini taqozo etadi. Bundan tashqari detallarga ishlov berilgandan keyin hosil bo‘ladigan qirindilar va ularni yig‘ib, chiqindisiz jarayonni tashkil qilish ishlari, bularning hammasi ish sharoitini yaxshilashning asosiy omillari hisoblanadi. YUqorida keltirilgan misollardan ko‘rinib turibdiki mashinasozlik sanoati korxonalari ishchilarni baxtsiz xodisalarga olib keladigan manbagina bo‘lib qolmasdan balki havo muhitini ifloslantirib, tevarak atrofda yashovchilar uchun ham ma’lum xavf tug‘diradi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ish sharoitini yaxshilash va baxtsiz hodisalarni kamaytirishning birdan-bir yo‘li sanoat korxonalari sexlarini iloji boricha mexanizatsiyalashtirish, og‘ir ishlarni robot va avtomatlashtirilgan vositalar zimmasiga yuklash, sexlardagi umumiy ishlarni avtomatlashtirishga erishishdir. Mexanizatsiyalashtirish hozirgi vaqtda amalga oshirish mumkin bo‘lgan jarayon bo‘lib, birinchidan ishchilarni og‘ir jismoniy mehnatdan qutqaradi, bu esa o‘z navbatida ish joylaridagi ishchilar sonini qisqartirish va baxtsiz hodisalarni kamaytirish imkoniyatini beradi. hozirgi vaqtda boshlang‘ich xom ashyoni ishlatish uchun uzluksiz berib turish ishlarini mexanizatsiyalashtirish mehnatni muhofaza qilish nuqtai nazaridan juda muhim hisoblanadi. Bundan tashqari eng ishchi uchun xavfli ish jarayonlarini, masalan, temirchilikda bolg‘alash, presslash ishlari va boshqalarni mexanizatsiyalashtirish yaxshi natija beradi. Radioaktiv moddalar bilan bog‘liq ish jarayonlarini robotlar bajarishini shart qilib qo‘yish kerak. Zamonaviy texnologiyalarda ko‘pgina ishchi uchun noqulay va zararli moddalar ajralish jarayoni kuchli bo‘lgan ishlar, masalan eritilgan metallarni har xil qoliplarga quyish, engil va yuk avtomashinalari kuzov va kabinalarini elektr payvandlash ishlari, ularni moysizlantirib, bo‘yashga tayyorlash ishlari, bo‘yash va muhofaza qoplamalari bilan qoplash, detallarga issiqlik bilan ishlov berish, shtampovka, presslash va boshqa ishlarni robotlar bajaradi. Bundan tashqari og‘ir yuklarni ortish va tushirish ishlari ham mexanizatsiyalashtirilgan. Avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishda va ularni ishlatishda vijudga keladigan hamma xavfli vaziyatlarni hisobga olish va xavfsizlikni ta’minlash vositalari bilan jihozlashni unitmaslik kerak. Mexanizatsiyalashning eng yuqori bosqichi avtomatlashtirishdir. Bunda xar qanday ishchi bajarishi zarur bo‘lgan ish robotlar zimmasiga yuklanadi. Sexda butunlay odam qatnashmaydigan bo‘ladi. Sexni boshqarishni ta’minlovchi dasturlar tuzilib, bu dasturlar kompyuterlarga joylashtiriladi. Bunday boshqarish tizimlari ko‘pgina rivojlangan kapitalistik davlatlarning sanoat korxonalari va mashinasozligining asosini tashkil qiladi. Ba’zi bir ilg‘or sanoat korxonalaridagi ba’zi bir sexlari bizda ham, shunday avtomatlashtirish tizimiga o‘tkazilgan. Ammo hozirgi sharoitda butun mashinasozlik tarmoqini avtomatlashtirish imkoniyati yo‘q. SHuning uchun ham avtomatlashtirilmagan ishlab chiqarish jarayonlarining xavfsizligini ta’minlash muhim vazifa bo‘lganligi uchun biz uning umumiy usullarini ko‘rib chiqamiz. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling