Amaliy mashg’ulot №11 Mavzu: Avtomobil yo’llarida harakatlanish uchun xavfli yo’l bo’laklarini aniqlash usullari bilan tanishish
Download 422.87 Kb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi.
- Ishning bajarilish joyi.
AMALIY MASHG’ULOT №11 Mavzu: Avtomobil yo’llarida harakatlanish uchun xavfli yo’l bo’laklarini aniqlash usullari bilan tanishish. Ishning maqsadi. Harakatlanish uchun xavfli yo’l bo’laklarini aniqlashda xavfsizlik koeffitsienti, halokatlilik koeffitsienti, statistik va ziddiyatli vaziyat usullari bilan tanishish. Topshiriq. Real sharoitlarda yo’lning xavfli bo’lagini aniqlash uchun xavfsizlik va halokatlilik koeffitsienti grafigini qurishni o’rganish Ishning bajarilish joyi. Real yo’l sharoiti va o’quv laboratoriya xonasi. Uslubiy ko’rsatmalar Hozirgi paytda avtomobil yo’lining xavfli bo’laklarini aniqlashda quyidagi usullardan foydalaniladi: xavfsizlik koeffitsienti; halokatlilik koeffitsienti; YTH statistiskasi; ziddiyatli vaziyat. Xavfsizlik koeffitsienti deb yo’lning aniq bir qismidagi harakat tezligini КИС V shu qismga kirib kelishdagi eng yuqori tezlikka nisbatiga aytiladi КИР V КИР КИС Х V / V К ; Xavfsizlik koeffitsienti yordamida yo’lning xavfli bo’lagini aniqlash uchun xavfsizlik koeffitsienti grafigi quriladi. Buning uchun tekshirilayotgan yo’ldagi harakat tezligining chiziqli o’zgarishi chiziladi. Uni yakka holda harakatlanayotgan engil avtomobilning nazariy tezligini hisoblash yoki maxsus jihozlangan laboratoriya avtomobilini yo’ldan tajribaviy o’tkazish orqali aniqlanadi. Tezlik to’g’risidagi olingan ma’lumotlar asosida tekshirilayotgan yo’lning xavfsizlik koeffitsienti qiymatining o’zgarish grafigi quriladi. Avtomobil yo’lining xavfli bo’laklarini xavfsizlik koeffitsienti bilan aniqlanganda 1-jadvaldagi qiymatlardan foydalaniladi. Boshlang’ich tezlik va tezlanishlar kuzatish yoki avtomobil-laboratoriya yordamida aniqlanadi. Yangi yo’l loyiha qilinayotganda xavfsizlik koeffitsienti qiymati 0,8 dan kichik bo’lishi mumkin emas. Ta’mirlash yoki qayta ta’mirlash loyihalarida yo’l bo’laklaridagi kuzatiladigan tezlikka bog’liq ravishda 1-jadvalda keltirilgan xavfsizlik koeffitsientlarining qiymatidan kam bo’lmasligi kerak. Avtomobil yo’lining xavfli bo’laklarini aniqlashda amaliyotda ko’pincha halokatlilik koeffitsienti qo’llanadi. Halokatlilik koeffitsienti deb yo’l bo’lagining reja va kesimidagi har xil elementlaridagi YTHning sonini yo’lning etalon qismidagi hodisalar soniga nisbatiga aytiladi. Harakat miqdori 5000 avtG’sutkadan oshmaydigan, ikkita harakat tasmali, qatnov kengligi 7,5 m, yo’l yoqasining kengligi 3,0 m, aholi yashaydigan punktdan o’tmagan, ko’tarmaning balandligi 1,0 metrdan oshmaydigan, rejada va kesimda ko’rinishi ta’minlangan to’g’ri yo’l bo’lagini - Download 422.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling