Amaliy mashg’ulot №11 Mavzu: Avtomobil yo’llarida harakatlanish uchun xavfli yo’l bo’laklarini aniqlash usullari bilan tanishish
Download 422.87 Kb. Pdf ko'rish
|
1 мавзу
1
- K P -xususiy xalokatlik koeffitsientlari Yakuniy halokatlilik koeffitsientini aniqlash uchun maxsus chiziqli grafik quriladi. Qurilgan yakuniy halokatlilik koeffitsienti grafigi asosida quyidagi tavsiyalar qabul qilinadi. 1. Yangi avtomobil yo’li loyihalanganda va ta’mirlangan yo’l loyihasida joylardagi yakuniy halokatlilik koeffitsienti qiymati 15-20 dan oshmasligi kerak. 2-jadval № Yo’l bo’laklari Ta’sir mintaqasi 1. Ko’tarilish va tushishlar 100 m ko’tarilish cho’qqisidan keyin, 150 m tushish etagidan keyin 2. Bir sathdagi kesishish joylarida 50 metrdan har ikki tarafga 3. Rejadagi ko’rinish ta’minlangan egriliklarda r 400 m 50 metrdan har ikki tarafga 4. Rejadagi ko’rinish ta’minlanmagan egriliklarda r 400 m 100 metrdan har ikki tarafga 5. Ko’priklar va yo’l o’tkazgichlar 75 metrdan har ikki tarafga 6. Zahkashlar, kollektorlar, kanallar 100 metrdan har ikki tarafga 7. Chuqur jarlik, yon to’siqli joylar 50 metrdan har ikki tarafga 8. Har xil sathdagi kesishish joylari tezlashish va sekinlashish tasmasi chegarasida 9. Tonnellarga yaqinlashish 150 metrdan har ikki tarafga 1.Baland-pastlik yer-relyef sharoitida ta’mirlash loyihalarida halokatlilik koeffitsienti qiymati 25-40 dan oshgan yo’l qismlari qayta quriladi. 2. Halokatlilik koeffitsienti 10-20 dan oshgan yo’l qismlariga harakat qismini ikkiga ajratuvchi va qarama-qarshi harakat tasmasiga quvib o’tish paytida transport o’tishini ta’qiqlovchi gorizontal yo’l belgi chizig’i chiziladi. 3. Harakat sharoitini kapital mablag’ni ko’p sarflamasdan yaxshilashning iloji bo’lmasa, halokatlilik koeffitsienti 20-40 dan oshgan yo’l qismlariga quvib o’tishni tahqiqlovchi va tezlikni chegaralovchi yo’l belgilari qo’yiladi. 4. Tog’li yo’llarda harakat xavfsizligini ko’zda tutgan holda yakuniy halokatlilik koeffitsienti 35 dan kam va 350 dan ko’p bo’lgan yo’l qismlari qoldirilishi mumkin. Lekin yakuniy halokatlilik koeffitsienti qiymati 350 dan yuqori bo’lgan joylarda harakat tezligi va yo’lning o’tkazish qobiliyati ancha past bo’lishini hisobga olish kerak. 5. Tog’li yo’llarning yakuniy avariyalik koeffitsienti 50 dan oshgan qismlarida xavfli joyga yaqinlashaverishda avtomobilni sekinlashtiradigan tasma qurishni ko’zda tutish lozim. 6. Sug’oriladigan yer maydonidan o’tadigan yo’llarning yakuniy halokatlilik koeffitsienti qiymati 100 dan oshiq bo’lgan qismlarda II, III darajaga doir ikki tasmali avtomobil yo’liga qo’shimcha tasma qurish zarurdir. Bunda avtomobil-traktor aralash oqimining harakat miqdori avtomobillar uchun 2500 6000 avt/sutkadan va traktor uchun 150 200 traktor/sutkadan kam bo’lmasligi kerak. Download 422.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling