1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


MAVZU:KASHFIYOT, IXTIRO, RATSIONALIZATORLIK VA PATENT AXBOROTI. KASHFIYOT TUSHUNCHASI


Download 0.49 Mb.
bet31/80
Sana04.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1691698
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80
Bog'liq
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

9.MAVZU:KASHFIYOT, IXTIRO, RATSIONALIZATORLIK VA PATENT AXBOROTI. KASHFIYOT TUSHUNCHASI.



Ijod – insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqa sohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangilik yaratishi, kashf etishi bilan bog‘liq murakkab psixologik jarayondir. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, ijodda bilim, tajriba, iste’dod namoyon bo‘ladi. Abu Nasr Farobiyning ta’rifiga ko‘ra “ijod – bilish jarayonida shunday ulug‘ fazilatki, inson uni egallashi uchun boshqa hamma fazilatlarini ishga solishi kerak”. Darhaqiqat, ijod qilish jarayonida inson izlanadi, kuzatadi, tadqiqotlar olib boradi, natijalarni tahlil qilib mantiqiy xulosalar chiqaradi. Xulosaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi tajribada sinab boriladi.


Ijodkorlik shaxsda mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo‘lishining eng asosiy va faol shakli hisoblanadi. Unga berilgan tariflar bir-biridan jiddiy farq qilsa-da, uning ba’zi umumiy jihatlarini ko‘rsatish mumkin, bular:

  • birinchidan, ijodkorlik natijasi sifatida olinadigan mahsulotning sifat jihatidan yangilikka ega bo‘lishi;

  • ikkinchidan, ushbu jihatlar ijodkorlikning dastlabki asoslarida mavjud bo‘lmaganligi;

  • uchinchidan, har qanday ijodkorlik faoliyati intellektual izlanishni taqozo etishi bilan belgilanadi.

Ijodkorlik faoliyatini quyidagicha belgilariga ko‘ra tasniflash mumkin:
- ijod turi (texnik, texnologik, tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik, didaktik, kasbiy, aralash);
- ijod darajasi (mono ijod, multi ijod, mega ijod);
- ijod qamrovi (ixtisoslik, mutaxassislik, bilim sohasi, tarmoqlararo, milliy, mintaqaviy, mintaqalararo, xalqaro);
- ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli);
- ijodning shakli (innovatsion, ilmiy-tadqiqotchilik, ta’limiy, investitsion, aralash);
- umumiy jihatlariga ko‘ra (yangi g‘oyalarni hayotga tatbiq etish; prinsipial jihatdan yangi echimlarni ilgari surish; yangilikni amaliy qo‘llash);
- yaratilgan ijod mahsulini ma’nosi va murakkabligiga ko‘ra (ratsionalizatorlik taklifi; ixtiro; kashfiyot).

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling