1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


Download 0.49 Mb.
bet32/80
Sana04.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1691698
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80
Bog'liq
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

Kashfiyot tushunchasi. Ilmiy texnika ijodkorlikni rivojlantirishda fundamental tadqiqotlar asosiy o‘rinni egallaydi. Aynan ular orqali istiqbolli ilmi yechimlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘luvchi ilmiy potensialni yuzaga keltiradi. Ko‘p holatlarda fundamental tadqiqotlar, uning yakuniy natijalari ilmiy kashfiyot bilan yakunlanadi.
Kashfiyot – tushunchasi ikki xil: huquqiy va ommalashgan ma’noda ishlatiladi. Ommalashgan tushunchada kashfiyot ilm-fanda katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadigan ilmiy yangilik sifatida tushuniladi.
«Kashfiyot qilish huquqi» O‘zbekiston Respublikasi asosiy qomusi bo‘lgan konstitutsiyada kafolatlangan bo‘lib, Nizomga muvofiq kashfiyot deganda tabiat va jamiyatni ilmiy bilish jarayonida erishilgan yangi ilmiy yutuq tushuniladi.
Kashfiyot-moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan ob’ektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va hodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi ta’sirga ega bo‘ladi.
Kashfiyot turlari. Geografiya, arxeologik, poleontologik va yer qazilma boyliklarini kashf qilish – ilmiy kashfiyot hisoblanmaydi. Chunki u ijodiy qobiliyat bilan bog‘liq bo‘lmay balki ekspeditsion topilma hisoblanadi. Shuningdek matematik hamda ijtimoiy fanlar sohasidagi kashfiyotlar ham ob’ektiv haqiqatni aks ettirganligi uchun huquqiy jihatdan tan olinmaydi.
Kashfiyot tushunchasining me’yoriy sifatlari. Yuqorida keltirilgan kashfiyot tushunchasining ta’rifidan uning quyidagi me’yoriy tushunchalari sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
1. Ilmiy faktni konstatatsiya qilish.
2. Yangiligini asoslash.
3. Ishonchligini asoslash.
Ushbu me’yoriy tushunchalarni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Birinchi keltirilgan «moddiy dunyoda ob’ektiv mavjud bo‘lgan qonuniyatlar, xususiyat va hodisalarni qayd qilish» tushunchasi – kashfiyotning ob’ektiv borliqni bilish faoliyati natijasi ekanligini anglatadi. Bu o‘rinda bilish tushunchasi o‘z ichiga berilgan ob’ekt (qonuniyat, hodisa, xususiyat)ning mavjudlik sharti hamda ilmiy talqinga ega ekanligi to‘g‘risidagi holatlarni qamrab oladi.
«Kashfiyotning yangiligi»ga O‘zbekistonda Jahon miqyosidagi yangilikka ega bo‘lish talabi qo‘yiladi. Kashfiyotning jahon miqyosidagi yangiligi mezoniga tayanilganda, jahon miqyosidagi yoki vatanimizdagi birinchilikka da’vogar bo‘lgan har qanday manbaa e’tiborga olinadi. Kashfiyotning birinchiligi qonuniyat birinchi bo‘lib shakllantirilib, matbuotda da’vo sifatida e’lon qilingan sanasi asosida aniqlanadi. «Kashfiyotning ishonchliligi» ob’ektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat va hodisaning aniqlanishi bilan belgilanadi. Har bir yaratilgan ob’ektiv yangilik (hodisa, xossa va ob’ektiv qonuniy bog‘liqlar) nazariy yoki amaliy jihatdan asoslanadi. Kashfiyot- ilmiy ekspertizadan o‘tgandan keyingina huquqiy jihatdan tan olinadi. Ilmiy ekspertizadan o‘tkazish uchun mualliflar qilingan kashfiyot bo‘yicha talabnoma beradi. Talabnomadan namuna bo‘yicha to‘ldiriladi. Talabnoma o‘z ichiga - kashfiyot bo‘yicha diplom berish uchun ariza, qilingan kashfiyotning to‘liq tasnifi, kashfiyotning afzalligini belgilovchi hujjatlar, ilmiy-amaliy ahamiyati va ishonchligi haqida xulosa, kashfiyotga tegishli chizmalarni oladi.
Respublika patent idorasi dastlabki va ilmiy ekspertizadan o‘tkazadi va ma’qul topsa kashfiyotni xaqiqatligi haqida qaror qabul qiladi. Shu asosda muallifga diplom beradi. Kashfiyotning - ahamiyatiga qarab pul mukofoti beriladi.
.Rasionalizatorlik taklifi tushunchasi. Rasionalizatorlik takliflari-bu xalq xo’jaligining tarmoqlarida yangi va foydali texnik vazifalarin yechishga, ya’ni maxsulotning loyixasini ishlash chiqarish texnologiyasini, foydalanilmayotgan texnikani yoki materiallarning xossasini o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Rasionalizatorlik ko’p qirral muammo bo’lib, ko’proq iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan. Rasionalizatorlik fikrlar ma’lum talabalarga javob berishi kerak: Birinchidan, texnik yechimga ega bo’lishi, ikkinchidan yangilik bo’lishi, uchinchidan foydali bo’lishi kerak.
Rasionalizatorlik fikrlar maxsus blankada a’riza sifatida beriladi. Rasionalizatorilik fikrlar qaysi korxonaga tegishli bo’lsa, shu korxonaning IRJ ga a’riza beriladi. Agarda fikrlar boshqa korxonalarga tegishli bo’lsa vazirlikka beriladi va ro’yxatga olinadi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling