1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari
Download 0.49 Mb.
|
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi tomondan
- 20-MAVZU: TEXNIK LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISHNING METODLARI Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari.
Birinchi tomondan - bu metod ya’ni o‘quvchilar ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan yangi texnik ob’ektni yaratish yoki tuzilishini o‘zgartirish ishlarida ishtirok etadilar. Bunday tajriba o‘quv xarakteriga ega bo‘lishiga qaramay ishlab chiqarishning asosiy vazifalari ya’ni uning tarkibiga kiradi. Asosiysi bunda o‘quvchilar bilim tajriba o‘tkazish ko‘nikmasini hosil qiladilar.
Ikkinchi tomondan bunday turdagi tajribalar o‘quvchilarning egallagan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishga joriy qilish, ya’ni tabiiy bilish qonunlarni o‘zining harakatlari orqali bilish faoliyatini haqiqiy ishlab chiqarish sharoitida texnikaga qo‘llash yo‘llarini ochib beradi. O‘quv-ishlab chiqarish texnik tajribalari o‘quvchilar politexnik ta’limining nazariya va amaliyot birligi natijasi hisoblanadi. Tajriba ishlarining muvaffaqiyatli kechishi quyidagi ob’ektiv va sub’ektiv omillarning mavjudligiga: - texnologiya ta’limi o‘qituvchilarida ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan metodik shart - sharoitlarning yaratilganligi; - ta’lim muassasalarining etarli moddiy-texnik bazaga egaligi; - o‘quv va tarbiyaviy ishlar jarayonida zamonaviy texnik vositalar hamda axborot texnologiyalaridan unumli foydalanilganligi; - texnologiya ta’limi o‘qituvchilarining kompetentli yondashuv asosida kasbiy-pedagogik ijodkorlikka oid ko‘nikma hamda malakalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilganligi; - talabalarning kasbiy-pedagogik ijodkorligini rivojlantirish ishiga malakali, yuksak pedagogik mahoratga ega pedagoglarning jalb etilganligi; - talabalarning elektron kutubxonalardan foydalanish imkoniyatlariga egaliklari va hokazolarga bog‘liq. 20-MAVZU: TEXNIK LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISHNING METODLARI Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari. Bilimlarni to‘g‘ri idrok etishlari, anglashlari, eslab qolishlari va amalda ijodiy qo‘llashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun didaktika va prinsiplari va o‘rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining eng samarali metodlaridan foydalanishi kerak. Ma’lumki ta’lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik ijodkorligi amaliyoti uchun eng ma’quli o‘zaro bog‘liq ikkita jarayon-pedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol namoyon bo‘ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo‘yicha beriladigan metodlar klassifikatsiyasidir. Bu klassifikatsiya studentlarning mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatida asosiy o‘rinni egallaydi. Ijodiy faoliyat metodlarining ana shunday klassifikatsiyasi sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin: 1. Muammoli ta’lim metodlari - o‘quv materialini muammoli bayon etish, izlanish suhbatlari, tadqiqot metodi; 2. Og‘zaki metodlar- ijodiy suhbat; 3. Ko‘rsatmalilik metodlari- ratsionalizatorlik faoliyatini kuzatish, turli ijodiy ishlarni namoyish qilish; 4. Amaliy ish metodlari - talabalarning mustaqil ijodiy ishlari, texnik adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash; 5. Nazorat qilish metodlari - ijodiy topshiriqlarni tekshirish, texnik masalalarni hal etish va ularni nazorat qilish. Bunda pedagogning vazifasi har bir amaliy mashg‘ulotda texnik ijodkorlikning turli metodlarini uyg‘unlashtirib, talabalar o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirishini ta’minlashdan iboratdir. Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o‘quv materialining mazmuniga va mashg‘ulotda hal qilinadigan didaktik hamda tarbiyaviy vazifalarga qarab har xil yo‘sinda qo‘shib va o‘zaro bog‘lab qo‘llanadi. O‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha asosiy psixologik pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga qo‘yilgan maqsadga va o‘quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega. Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: buyumlarni konstruksiyalash (modellashtirish), manipulyativ konstruksiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik xujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish hayoliy eksperiment, texnik vositalar (shu jumladan trenajerlar)dan foydalanib kam-ko‘stlarini tuzatish kabilar. Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish ularda texnik sohasidagi mehnatga qiziqish uyg‘otish imkonini beradi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling