1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


-MAVZU: O‘QUVCHILAR IQTIDORINI ANIQLASHDA METODLAR HAMDA PSIXODIAGNOSTIK TESTLARDAN FOYDALANISH METODIKASI


Download 0.49 Mb.
bet70/80
Sana04.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1691698
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80
Bog'liq
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

23-MAVZU: O‘QUVCHILAR IQTIDORINI ANIQLASHDA METODLAR HAMDA PSIXODIAGNOSTIK TESTLARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ijodiy va ijtimoiy faollikka, siyosiy hamda ijtimoiy hayotda to‘g‘ri yo‘l topa bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodni shakllantirish, har tomonlama kamol topgan, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutgan pedagogik g‘oyani ilgari suradi. Insonning ijtimoiylashganlik darajasini uning shaxsiy sifatlari ifodalaydi. Insonning shaxsiy sifatidagi xususiyatlari individuallik tarkibining ajralmas qismi bo‘lib, individuallikning o‘zi insonning alohida shaxs sifatida kamol topishi ijtimoiy taraqqiyot jarayonida namoyon bo‘ladi.


O‘quvchilarning iqtidorini rivojlantirishda ta’lim metodlari va pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning nazariy asoslarini tadqiqot maqsadiga muvofiq holda ishlab chiqish uchun biz “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida” belgilab berilgan o‘quvchilarning saviyasini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, ularni faol ijodiy mehnatga tayyorlash hamda ularning iqtidorini aniqlab, ta’lim jarayonida ularni rivojlantirib borish mezonlariga amal qildik.
Ilmiy ishlarini olib borishda quyidagi tadqiqot metodlar foydalanilsa, shaxs haqida to‘liq tasavvur hosil qilishimiz mumkin bo‘ladi.
Kuzatish metodi. Empirik metodlari turkumidan muhim o‘rin egallagan diagnostik xususiyatli metodlaridan biri – kuzatish metodidir. Kuzatish metodining texnologiyasi quyidagilardan tashkil topadi:

  • voqelik (atrof–muhit, inson shaxsi)ni kuzatish oqimini muayyan qismlarga, yo‘nalishlarga ajratish (nemischa – lotincha “kvantifikatsiyalash”, ya’ni eng zarur, birinchi darajali jihatlarini saralash);

  • kuzatishning ko‘lami (hajmi), xususiyati va o‘ziga mosligini aniqlash, ya’ni uning nimalarga qaratilganini belgilab olish;

  • kuzatish jarayonida barcha holat, hodisa, alomat va tashqi qiyofa, ko‘rinishning o‘ziga xosligini qayd qilish (ularni yozma nutqda ifodalash, ya’ni fransuzcha – lotincha “fiksatsiyalash”);

  • kuzatish davomida to‘plangan omillar, ma’lumotlar, natijalarni matematik statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va miqdoriy tahlil yakunlari bo‘yicha psixologik sifat talqinini amalga oshirish.

Psixologik kuzatish olib borishdan ko‘zlangan maqsad quyidagilardan iborat:

  • kuzatiluvchi vaziyat, holat va ob’ektni maqsadga muvofiq tanlash, uning oqilona ekanligiga ishonch hosil qilish;

  • kuzatishning dasturini ishlab chiqish, uni amaliyotga tadbiq qilish, sxematik ifodalashni yaratish, yig‘ilgan natijalarni chizma asosida aks ettirish.

Kuzatishning bosqichma-bosqichliligi tajridiyligi (ierarxiyasi) tarkiblari quyidagilardan tashkil topadi:

  • kuzatishning maqsadi, vazifalar, dasturi, qaydnomasi: bunda umumiy talablarga rioya qilish, yaxlit qayd qilish, kundalik, texnika vositalari (faktik holatlar), natijalarning tahlili, talqini va g‘oyalarini ilgari surish.

Psixologiya fanida kuzatishning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin: izchil, epizodli, dala sharoitli, labaratoriya-sun’iy, tabiiy, xronologiyali, davriy, bir martali kabilar.
Insonning mehnat faoliyatini kuzatishda quyidagi vositalarni qo‘llash maqsadga muvofiq :
Kuzatish metodining bir necha xil shakllari mavjud bo‘lib, vazifalariga qarab ularning har biridan foydalanish mumkin: aralashib yashirin kuzatish, kuzatiluvchining psixologik portretini yaratish, aralashib oshkora kuzatish (o‘smirlarda yuqori natija beradi), xulq - atvor portretini tahlil qilish va hakozo.
Kuzatish yakunlari bo‘yicha umumpsixologik xulosalar chiqarish, milliy, etnopsixologik, hududiy xususiyatlarni qat’iy ravishda sharhlash, yosh davrlari, jinsiy xususiyatlariga taalluqli mulohazalar bildirish – psixologik bilimlarning boyishiga olib keladi.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling