Darslikdan foydalanish metodikasi
Download 391 Kb. Pdf ko'rish
|
4-курс-Дарсликдан-фойдаланиш-методикаси
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nukus – 2019
- 0 ‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Ro‘yxatga olingan: № BD-5111200-4.03. DARSLIKDAN FOYDALANISh METODIKASI fanining ISHCHI O‘QUV DASTURI Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo‘nalishi: 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti Nukus – 2019 2 Ishchi dastur O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 7-dekabrdagi 1000-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi. Tuzuvchi: Y.Madrimova Taqrizchilar: f.f.d. prof .K.Quramboev, f.f.n. S.Matyakupov 3 KIRISH Ushbu dasturda Darsliklardan foydalanish metodikasi o’zbek adabiyoti oqitish metodikasi fani bo’yicha talabalarga ta’lim bosqichlarida olib boriladigan ilmiy-metodik hamda pedagogik ishlarning turlari, dars tiplari, badiiy asarni tahlil qilishga oid metodik yondashuvlar, shuningdek, adabiyotni o’qitishning turli zamonaviy metod va usullaridan foydalanish tizimi tavsiya etiladi. Darsliklardan foydalanish metodikasi fani o’zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi bo’yicha yetuk kadrlar tayyorlsh, adabiyot o’qitish metodikasi yo’nalishidagi ilmiy-metodik tadqiqotlarni rivojlantirish, ta’lim tizimida adabiyot o’qitishni rivojlantirishga xizmat qiladi. 0 ‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Respublikamizda ta’lim sohasida o‘tkazilayotgan islohotlar, bir tomondan ta’lim mazmunini takomillashtirish, ikkinchi tomondan ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni jadal joriy etishni taqozo etmoqda. Shunga ko'ra, muayyan fanning DTS talablarida belgilangan mazmuni ham, o ‘quv jarayonida qo‘llangan pedagogik texnologiya ham, ta’lim-tarbiya subyekti hisoblangan o‘quvchiga uning qo‘lidagi darslik vositasida yetkaziladi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ...darsliklarda millat fikrining, millat tafakkuri va millat mafkurasining eng ilg‘or namunalari aks etishi kerak, deb ta’kidlanishi soha mutaxassislariga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Darslik Davlat ta’lim standard va o‘quv dasturida belgilangan me’yoriy talablar asosida o‘quvchi!arga beriladigan nazariy va amaliy tushunchalarni o‘zida mujassam etgan o‘quv ldtobidir. Har bir darslik jamiyatning bilimli hamda ma’naviy barkamol fuqarolarini tarbiyalash uchun xizmat qiladi. Darsliklarni tahlil qilish va undan samarali foydalana olish ko‘nikmasi bo‘lajak o‘qituvchiga qo‘yiladigan asosiy talablardan sanaladi. Mazkur o‘quv dasturida shu haqda fikr yuritiladi. Download 391 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling