Patent tadqiqotlari texnika obyektlarining rivojlanishi, texnik darajasi va taraqqiyot istiqbollarini aniqlash maqsadida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar bo’lib, bunda ularning patent sofligi belgilanadi.
Patent izlanishlari turli davlatlarning Ixtirolar xalqaro tasnifi bo’yicha tasniflangan himoya hujjatlariniizlash va tahlil qilish.
Bilimlar banki kompyuterlarda saqlanuvchi axborotlar jamlamasi bo’lib, unda axborotlarning konsetpual birligini hosil qiluvchi ma’lumotlar belgilangan tartibda jamlab boriladi.
Kashfiyot – moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo’lmagan obyektiv mavjud qonuniyatlar, xossalari va xodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning bilish darajasini tubdan o’zgartiruvchi ta’sirga ega bo’ladi.
Kashfiyotning ishonchliligi - obyektiv mavjud bo’lgan qonuniyat, xususiyat yoki hodisaning kashfiyot sifatida tan olinishi uchun u nazariy yoki tajriba-sinov ishlari vositasida isbotlab berilmog’i lozim.
Kashfiyot uchun arizaning tarkibi - kashfiyot uchun tuziladigan ariza quyidagi hujjatlardan iborat bo’lishi lozim: kashfiyot uchun diplom berilishini so’rab yozilgan ariza, taxmin qilinayotgan kashfiyot tavsiloti, kashfiyot ustivorligini tasdiqlovchi hujjatlar, kashfiyot ishonchliligini va ahamiyati to’g’risidagi xulosa hamda yordamchi materiallar.
Ixtiro - xalq xo’jaligi, ijtimoiy-madaniy qurilish yoki mudofaa sohasida masalani ijobiy samara beradigan qilib, yangichasiga va o’ziga xos texnik hal etish.
Ixtirochilik huquqi - kashfiyotlar bilan, ixtirolar va rasionalizatorlik takliflar qilish va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni tartibga soluvchi me’yorlar majmui.
Patent hujjatlari - bu shunday hujjatlar yig’indisi bo’lib, unda: ilmiy-texnik tajribalar va loyiha konstruktorlik ishlanmalarning mazmuni kashf qilinganligi, foydali modeli hamda kashfiyotchining huquqini himoya qiluvchi ma’lumotlar bo’lishi kerak.
Metod - muayyan maqsadga erishish, konkret vazifani bajarish usuli, borliqni amaliy yoki nazariy o’zlashtirish (bilish) usullari yoki jarayonlar majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |