1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


– MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT PATENT IDORASI. SANOAT MULKI OB’YEKTLARINI HUQUQIY JIHATDAN MUHOFAZA QILISH


Download 479.64 Kb.
bet37/80
Sana27.01.2023
Hajmi479.64 Kb.
#1131299
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
Bog'liq
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

11 – MAVZU: O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT PATENT IDORASI. SANOAT MULKI OB’YEKTLARINI HUQUQIY JIHATDAN MUHOFAZA QILISH.


Mamlakatimiz iqtisodiyotini texnologik asosda rivojlantirish uzluksiz ta’lim tizimida yangi malakaga ega kasbiy ijodkor mutaxassis kadrlar tayyorlash bilan bir qatorda innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarning muhim manbaini shakllantirishni talab etadi. Bu ma’noda tadqiqot ishida kasbiy ijodkorlik tushunchasi mutaxassislik ko‘nikma va malakalarini ilmiy-texnik bilimlar hamda iqtisodiyot sohalari innovatsion faoliyatini ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasi asosida ijodkorlik mahsulini intellektual mulk sifatida yaratishga qaratilgan faoliyat jarayoni sifatida qabul qilindi.


O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari kasbiy ijodkorlik sifatlarining shakllantirilishi ularni iqtisodiyot sohalarining real ehtiyojidan kelib chiqib innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni yarata oluvchi, innovatsion tadbirkorlik sifatlariga ega mutaxassis etib tarbiyalash imkonini beradi.
Ilg‘or o‘qituvchilar tajribalari tahlili ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun mashg‘ulotlar jarayonida o‘quvchilarda yuqorida ko‘rsatilgan tasniflar va tamoyillar orqali mantiqiy operatsiyalar shakllanadigan va rivojlanadigan ijodkorlik masalalari hamda o‘quv topshiriqlari tizimi zarurligini ko‘rsatdi. O‘quvchilar ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish omillari har bir mavzu, har bir darsda o‘quv faoliyatining asosi bo‘lishi lozim. Ijodkorlik faoliyati o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining barcha qirralarini qamrab olar ekan, uni samarali tashkil qilish butun ta’lim jarayonining sifatini ta’minlashga xizmat qiladi deb hisoblaymiz.
Texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda ilmiy-texnik ma’lumotlar bilan tanishish muhim o‘rin tutadi. Bunda axborotnomalar, ilmiy atamalar bo‘yicha ma’lumotlar, ilmiy faoliyat bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ixtirochilik va patentshunoslik materiallari muhim manba vazifasini o‘taydi. Axborot texnologiyalari va patentshunoslik sohasidagi mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilish, shu sohalarga oid davriy nashrlar bilan muntazam tanishib borish o‘zining ijobiy natijalarini beradi.

Download 479.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling