1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


Download 479.64 Kb.
bet36/80
Sana27.01.2023
Hajmi479.64 Kb.
#1131299
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80
Bog'liq
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

Ixtironing obektlari bo’lib yangi qurilma, yangi metod, yangi buyum yoki narsa, oldindan ma’lum bulmagan qurilma, metod va buyumlarni yangi maqsadlarda foydalanishi xizmat qiladi.
Qurilmalarga: agregatlar, mashinalar, mexanizmlar, asboblar, priborlar va boshqalar kiradi.
Metodlarga: texnik jarayonlar, zagotovka olish turlari, tekshiruv va sinov turlari, montaj hamda yiguv turlari va boshqalar kiradi.
Narsa yoki buyum: kimyoviy to’zilmalar bo’lib, ixtironing obekti bo’lib hisoblanadi.
Qishlok xo’jaligidagi yutuqlar (masalan seleksiyada) ham ixtiro deb tan olinadi. Yangi navlarning yaratilishi, yangi zotlarning yaratilishi, qushlarning va hayvonlarning yangi turlarini paydo bo’lishi.
Ixtiro ham kashfiyot singari dunyoviy yangiliklar bo‘lmogi kerak, ya’ni ixtiro to’g’risidagi ariza berilgunga qadar u haqda xech qayerda ye’lon kilinmasligi kerak. Chunki ixtiroga bitta haqiqiy guvoxnoma beriladi. Agar bitta ixtiro uchun bir nechta ariza berilgan bulsa, u holda ixtiro birinchi bo’lib ariza bergan ixtirochiga tegishli buladi.
Ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi (TRIZ) to’g’risida. XX-asrning 40-yillari oxirlarida rossiyalik olim Genrix Saulovich Altshuller o’z olidiga texnikada yangi ixtirolarni qanday qalib maqsadli yaratish mumkin degan muammoni qo’ydi. Ta’kidlash kerakki, u paytgacha texnikadagi mutlaq hamma ixtirolar, shu bilan birga fan va san’atdagi kashfiyotlar amal va xatolar yo’li bilan qilinar edi. Ijodkorlik faoliyatining ilmiy asoslangan texnologiyalari yo’q edi. Bu muammoni yechish uchun Altshuller texnik ixtirolarning patent fondini tahlil qildi, bu jarayonda texnikaning rivojlanish qonuniyatlarini ochdi va 60-yillarning boshlarida u ixtirochilik masalalarini yechish algoritmining birinchi modifikasiyasini yaratdi. Shu paytdan boshlab Genrix Saulovich injenerlar va hamma xohlovchilar uchun tinglovchilarni texnik masalalarni yechish uchun algoritmni qo’llashga o’rgatadigan o’quv seminarlari o’tkaza boshladi, parallel holda uni mukammallashtirish ishlarini davom ettirdi. Bu tadqiqotlar natijasida Altshuller texnikaning rivojlanish qonunlarini shakllantiradi. Shu tarzda ixtirochilik masalalarini yechish nazariyasi (TRIZ) tug’iladi.
Seminarlarda tinglovchilarni o’qitish Altshuller oldiga yangi muammoni qo’ydi – nimaga tinglovchilarning katta qismi TRIZni o’zlashtirgandan keyin ham yangi texnik ixtirolarini yaratmaydilar. Bu muammoni yechish uchun Altshuller ijodkorlik faoliyati umumiy qonuniyatlarini ochish maqsadida yetuk yaratuvchilarning biografiyalari (1000 dan ortiq biografiyalar) to’g’risida adabiyotlarni tahlil qildi, ularni bilish TRIZni o’qitish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Uning omadi keladi va natijada ijodkor shaxs xislatlari va hayotiy strategiyalari to’g’risida ta’limot yaratadi. Qo’yilgan muammo ilmiy asoslangan yechimni topadi – maqsadli yo’naltirilgan ijodkorlik faoliyati uchun ijodkorlik metodlarini egallash yetarli emas, balki o’zida ijodkor shaxs xislatlarini ham tarbiyalash va ijodkorlik faoliyati hayotiy strategiyasi qonuniyatlarini ham xisobga olish zarur. G.S.Altshuller qilgan xulosa o’zining oddiyligi va shu bilan birga murakkabligi: huddi san’at, matematika va fizika qonunlari kabi ijodkorlik texnologiyalarini har kim egallashi mumkin, butun hayoti davomida ijodkor shaxs xislatlarini ozchilik o’zida tarbiyalashi mumkin va faqat ayrimlarigina o’z hayotini ijodkor shaxs hayotiy strategiyasi qonuniyatlariga muvofiq yashashlari mumkin.
80-yillar o’rtalarida Altshullerning izdoshlari TRIZ elementlarini san’atda, fanda, pedagogikada, psixologiyada, medisina va boshqa yo’nalishlarda qo’llay boshladilar. Natijada kasbiy faoliyatning yangi yo’nalishlari: TRIZ + PEDAGOGIKA, TRIZ + BIZNES, TRIZ + SAN’AT, TRIZ + TIBBIYoT yuzaga keldi. Bu yo’nalishlardagi ishlar ko’p sonli nashrlarda aks ettirilgan jiddiy ilmiy natijalar olib keldi.
Hozirgi vaqtda TRIZ muvaffaqiyatli rivojlanayapti, Xalqaro TRIZ assosiasiyasi yaratildi, G.S.Altshuller uning prezidenti hisoblanadi. MDHning ko’pgina yirik shaharlarida va qator boshqa davlatlarda TRIZ markazlari va maktablari faoliyat olib bormoqda.
Ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishda ta’lim mahsuldorligi va teskari aloqaning mavjudligi dasturlashtirilgan ta’lim metodining o’qitishning yangi axborot texnologiyalari vositasida joriy qilinganligi orqali ta’minlandi. Kafolatlangan yakuniy natijaga erishish uchun avvalo ta’lim maqsadi tashxisli belgilandi, ya’ni unga erishilganlik darajasini talabalar tomonidan o’zlashtirilgan bilim va ko’nikmalarni sinash orqali aniq belgilash mumkin. Ushbu tamoyilni ta’minlashning yana bir omili sifatida talabaning dasturlashtirilgan ta’lim axborot kadrlari vositasida o’zlashtirgan har bir tushunchasi shu vaqtning operasion kadrdagi test savollari orqali tekshirib borilishidan foydalanildi.
Ixtirochilik masalalarini echish algoritmi (ziddiyatli xossalarni ajratish (farqlash) malakalarini rivojlantiradi. Ijodiy faoliyatni rejalashtirish malakasini rivojlantiradi. Echimni izlashni samarali tashkil qilish imkonini beradi. Vazifani sifat jihatidan mutlaqo yangi darajada bajarishga ko‘maklashadi).
Ixtirochilik faoliyatida tahlil qilinishi lozim bo‘lgan axborotlar hajmi ortib borayotganligi - tadqiqotchilar aqliy mehnatini yengillashtirishda zamonaviy axborot texnikalaridan foydalanishni taqozo etmoqda.
Talabalar ixtirochilik ijodkorligini shakllantirishda yangi axborot texnologiyalarining qo‘llanilishi to‘g‘risidagi fikrlarimizni quyidagicha xulosalaymiz:
- kompyuter talabani ixtiro g‘oyasi va texnik echimi yuzasidan qaror qabul qilishida axborotlar bilan ta’minlaydi va hisoblashishlarini bajaradi, murakkab holatlarda aqliy-irodaviy sifatlarni maqsadga muvofiq yo‘naltirishga hizmat qiladi;
- kompyuterlar oddiy holatlarda zarur qarorlarni dastur asosida qabul qiladi va ularni amalga oshiradi;
- kompyuterlar bajarilayotgan amallarni nazorat qiladi va xatoga yo‘l qo‘yilgan holatlarda talabani ogohlantiradi;
- yangi texnik echim ishlab chiqishda murakkab hisob ishlarini tez va aniq bajaradi.

Tayanch tushunchalar:


Ixtiro – xalq – xo’jaligi, ijtimoiy – ma’daniy qurilish yoki mudofa sohasida masalani ijobiy samara beradigan qilib, yangichasiga va o’ziga xos samara beradigan qilib, yangichasiga va o’ziga xos texnik xal yetish.
Ixtirochilik xuquqi – kashfiyotlar bilan, ixtirolar va rasionalizatorlik takliflari qilish va ulardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarni tartibga soluvchi ma’yoriy majmui.



Texnik ijodkorlikning o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha
TARQATMA MATERIALLAR










Ko’pchilik olimlar ijodkorlik jarayonida mantiq va intuisiyani qanday ahamiyatga ega deb ko’rsatishgan?




Olimlar fikricha intuisiya nimada asosiy qurol bo’lishi mumkin?












Ijodkorlik xalq xo’jaligida qanday yo’l hisoblanishi mumkin?






O’quvchilar ijodkorlik faoliyatini tashkil qilishda ikki o’zaro bog’liq vazifani e’tiborga olish kerakmi?










Ijodkorlikda nimalarga e’tibor qaratish kerak?




Ijodkor o’quvchilar nimaga ko’proq intiladilar?










Ijodkorlik faoliyatini eng yuqori natijasi deb nimalar ko’zda tutiladi?






O’quvchilar texnik ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda nimalar muhim?










Ixtirochilik va potentshunoslik sohasida qonunchilikning asosiy manbasini ayting.




Intuisiya nimalar asosida amalga oshishi mumkin?












Bugungi kunda ijodkorlik faoliyatini jaxon talablari darajasida rivojlantirishning asosiy yo’li nimada?




Mashxur fizik Born o’z fikrini ixtiroga oid necha tipdagi tarixiy misollar bilan tushuntiradi.





Download 479.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling