1-ma’ruza: texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazifalari


Download 479.64 Kb.
bet56/80
Sana27.01.2023
Hajmi479.64 Kb.
#1131299
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80
Bog'liq
1-ma’ruza texnik ijodkorlik va dizayn fanining mohiyati va vazi

Asosiy dizaynerlik topshiriqlar. Bu dizaynerlik topshiriqlar VII sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, asosan amaliy mashg‘ulotlar tarzida tashkil qilinadi. Bu topshiriqlar quyidagi bilimlarga asoslangan bo‘lishi lozim: buyumlarning badiiy estetik xususiyatlarini tahlil qilish. Buyumlarni loyihalash, dizaynerlik echimlarini hal qilish, rang va ranglar uyg‘unligi, buyumlarga naqsh chizish, maketlar tayyorlash va hokazo. O‘quvchilarga quyidagi asosiy dizaynerlik topshiriqlarini tavsiya etish mumkin:
1. YOg‘ochdan ramka maketini yasang. Bunda yog‘ochni bir-biriga biriktirishda mix, elim kabi boshqa vositalardan foydalanmasdan biriktirish variantini taklif qiling.
2. YOg‘ochga ishlov beradigan tokarlik stanogidan foydalanib uy-ro‘zg‘or buyumlari tayyorlang(buyumlarni tayyorlashda shakli, rangi boshqa buyumlar bilan uyg‘un bo‘lishiga harakat qiling).
3. YOg‘och va faneradan foydalanib eshik uchun tutqich variantini yasang. Mutaxassislikka oid dizaynerlik topshiriqlar VIII-IX sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bu topshiriqlar nisbatlar, hajmli fazoviy tuzilishi, materiallar, garmonik shakl va kompozitsiya, proporsionallik va marom plastiklik, rang va ranglar uyg‘unligi, buyumlarni texnik mohiyati, go‘zalligi, uyg‘unligi, ergonomika kabi bilimlarni o‘z ichiga oladi.
1. Oshxona jihozlari uyg‘unligi mavzusida referat tayyorlang.
2. Dizaynning xalq xo‘jaligidagi iqtisodiy va ijtimoiy psixologik ahamiyati to‘g‘risida referat tayyorlang.
Dizaynerlik topshiriqlarini tuzishda quyidagi talablarni hisobga olish lozim:

  • dizaynerlik topshiriqlar o‘qitiladigan boshqa fanlar bilan bog‘liq bo‘lib, ularda o‘tilgan mavzularini to‘ldirib turishi kerak;

  • topshiriqlarni tuzishda o‘quvchilarning individual xususiyatlari e’tiborga olinishi lozim;

  • dizaynerlik topshiriqlarni bajarish asosan, amaliy mashg‘ulotlar tarzida tashkil qilinishi va unda vaqtni e’tiborga olish lozim;

  • dizaynerlik topshiriqlari xalq hunarmandchiligida qo‘llaniladigan usullardan keng foydalanish imkoniyatini hisobga olgan holda tuzilishi lozim;

  • dizaynerlik topshiriqlar oddiydan - murakkabga qarab borishi kerak;

  • dizaynerlik topshiriqlarni kompyuter texnologiyasidan foydalanib bajarishni hisobga olib tuzish va boshqalar.

Ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi farq, ularning u yoki bu faoliyat turiga tabiiy imkon qobiliyatlari jihatidan kamroq iste’dodga egaligidir, biroq har qanday qobiliyat o‘z-o‘zidan ta’limdan, faoliyatdan tashqari rivojlana olmaydi. Ushbu nuqtai nazardan qaralganda, o‘quvchilarda shaxs xislatlarini rivojlantirishning eng samarali yo‘li - ularning ijodiy faoliyatidir. O‘qituvchi ijodiy faoliyatni birinchi navbatda shaxsning aqliy faolligi, yangi bilimlarni tez o‘zlashtirishi, zehni va ixtirochiligi, topshirilgan amaliy vazifalarni bajarish uchun ma’lumotlarni to‘play olishi, masalalarni tanlash va echishdagi mustaqilligi, mehnatsevarligi kabi xislatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi jarayon sifatida amalga oshirish lozim.
O‘quvchilarni ijodiy faoliyatda zarur xislatlarni rivojlantirilishi natijasi referatlar, hisobotlar va ularni asoslovchi dizaynerlik loyihalarida belgilanadi.



Download 479.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling