1-ma’ruza til ijtimoiy, doim o’zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. Reja


Download 373.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana08.01.2022
Hajmi373.67 Kb.
#241989
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
ona tili 1-maruza



1-MA’RUZA 

 

Til ijtimoiy, doim o’zgarib, rivojlanib turuvchi hodisadir. 

Reja: 

 

1.  Til ijtimoiy hodisa. 

2.  O‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasining davlat tili

 

ekanligi. 



3.  Tilning tuzilishi va tizim sifatidagi xususiyatlari 

4.  Tovushlar tizimi, leksikasi, grammatik qurilishi. 

 

Til ijtimoiy hodisadir 

Ijtimoiy  hodisa  deganda  nimani  tushunish  kerak?    Eng  avval  mana  shu  savolga  javob  berish 

lozim. “Ijtimoiy” degani yakka shaxsga emas, balki butun jamiyatga tegishli deganidir. Demak, nimaiki  

butun jamiyat uchun xizmat qilsa, jamiyat tomonidan rivojlantirilsa, shu  narsa ijtimoiy hodisadir. Bunga 

birinchi  navbatda  til  kiradi.  Adabiyot,  san’at,  madaniyat  ham  ijtimoiy  hodisalardir,  lekin  bu 

hodisalarning asosida baribir til turadi.  

Til  odamlarning  bir-birlari  bilan  muomalada  bo‘lishi  uchun  yordam  bеradigan  eng  muhim 

vositadir.  Odamlar  til  vositasida  o‘z  fikrlarini,  his-tuyg‘ularini  ifodalaydilar.  Insoniyat  jamiyatining 

shakllanishida  tilning  roli  bеqiyosdir.  Til  bo‘lmasa,  jamiyatning  bo‘lishi  mumkin  emas,  chunki  til 

insonlarni jamiyat sifatida jipslashtirib turuvchi buyuk ne’matdir. Bundan tashqari, til bir millatni boshqa 

millatdan ajratib turuvchi eng muhim belgilardan biridir. Til taqdiri jamiyat taqdiri bilan chambarchas 

bog‘liq.  

 

Manbalardan ma’lumki, hozirgi zamon fanlarini quyidagi yirik guruhlarga ajratish mumkin:  

 

1. Tabiiy fanlar. 



 

2. Texnika fanlari. 

 

3. Ijtimoiy-gumanitar fanlar. 



 

4. Matematika fanlari

1

.  


 

Tilshunoslik fani  ijtimoiy-gumanitar fanlar guruhiga mansub bo‘lib, inson tili, ya’ni so‘zlashuv 

quroli uning o‘rganish obyektidir. “Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati”da bu fanga shunday ta’rif 

beriladi:  “Tilshunoslik  til  haqidagi,  uning  ijtimoiy  tabiati,,  vazifasi,  ichki  tuzilishi,  tasnifi  haqidagi; 

muayyan tillarning ish ko‘rish (faoliyat) qonunlari va tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan”

2

.  


 

Tilshunoslik fani yuqoridagi guruh fanlarning ko‘pchiligi bilan aloqadordir.  

 


Download 373.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling