1-ma‘ruza. “Tilshunoslik nazariyasi” – nazariy fan sifatida Reja
Download 29.74 Kb.
|
1-ma`ruza (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mohiyathodisa.
Umumiylik va xususiylik. Tevarak-atrofimizni o‘rab turgan olamdagi har bir narsa, har bir hodisa faqat o‘ziga xos alohidalik xususiyatlariga egadir. Dunyoda mutlaq bir xil bo‘lgan narsalarni ham, bir xil bo‘lgan hodisalarni ham topib bo‘lmaydi. Hatto bir daraxtning barglari ham birbiridan farq qiladi.
Biroq aynan bir xil narsa, voqea-hodisa bo‘lmaganidek, boshqa narsalar va hodisalar bilan umumiy belgilari bo‘lmagan narsalar va hodisalar ham dunyoda yo‘q. Tol barglarining har biri bir-biridan farq qilganidek, terak yoki gujum barglaridan ajralib turadigan umumiy belgilari-da bor. Shuningdek, tol, terak, gujumdan tortib to Afrikada o‘sadigan palma-yu azim baobab daraxtlarigacha ularni “daraxt” degan mushtarak tushunchaga birlashtirish imkonini beradigan ba’zi umumiy belgilari bor. Umumiy va xususiy belgilar o‘zaro chambarchas bog‘liqdir. Har qanday umumiylik xususiyliklarda yashaydi, mavjud bo‘ladi. Har qanday xususiylik, ayni zamonda, umumiy belgi hamdir. (Masalan, [a], [o], [u], [o‘], [e], [i] – har biri alohida fonema, ularning har birida “unli” degan umumiy belgi mavjud.) Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan to‘laqonli bo‘lishini ta’minlaydi. Umumiylik va xususiylik kategoriyalari borliqning, undagi narsa, voqea-hodisalarning, shuningdek, til hodisalarining birligini va xilmaxilligini anglashga ko‘maklashadi. Mohiyat~hodisa. Biz narsalar bilan tanishganimizda, avvalo, shu narsalarning tashqi jihatlari: rangi, ko‘rinishi, katta-kichikligi va boshqa belgilariga e’tibor qaratamiz. Keyinchalik esa yaxshilab o‘rganish natijasida biz narsalarning xossalariga, ichiga kiramiz, uning ma’nosi va vazifasini tushuna boshlaymiz. Biz o‘rganayotgan narsaning tashqi jihatlari (zohiri) hodisa, ichki xossalari, ma’nosi va vazifasi (botini) esa mohiyatdir. Demak, til mohiyat, nutq esa hodisa sifatida mavjuddir. Download 29.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling