1-ma‘ruza. “Tilshunoslik nazariyasi” – nazariy fan sifatida Reja
Download 29.74 Kb.
|
1-ma`ruza (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar
1-ma‘ruza. “Tilshunoslik nazariyasi” – nazariy fan sifatida Reja: 1.“Tilshunoslikka kirish” fanining mundarijasi va vazifalari. Til –ijtimoiy hodisa. Til – fikr ifodalashning muhim vositasi. Tilning ijtimoiy vazifalari. Tilning falsafiy masalalari. Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar Lingvistika, ijtimoiy hodisa, tilning ijtimoiy tabiati, naturalizm, psixologizm, strukturalizm, tilshunoslik va falsafa, tilning kommunikativ vazifasi, tilning gnoseologik vazifasi, tilning ekspressiv funksiyasi, til qonuniyatlariga dialektik qonuniyatlarning tatbiq etilishi. Tilshunoslik – til haqidagi qadimiy tarixga ega bo‘lgan mustaqil fan. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan chambarchas bog‘liq, zero, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning o‘rganish manbayi tilga aloqador. Manbalarda aytilishicha, jahon tilshunosligining rivojlanishiga qadimgi hind tilshunosligi, yunon tilshunosligi va o‘rta asrlarda shakllangan arab lingvistikasi turtki bo‘lgan. Qadimgi hind tilshunosligi miloddan avvalgi VI asrdan oldin yaratilgan veda deb ataluvchi kitoblarni til nuqtayi nazaridan sharhlash natijasida vujudga keldi. Qadimgi Yunonistonda esa dastlab tilning falsafiy tomoniga, chunonchi, predmetning nomi uning tabiatiga mos kelish kelmasligiga e’tibor qaratish oqibatida yuzaga keldi. Til va uni o‘rganishga bo‘lgan qiiziqish natijasida miloddan avvalgi III-II asrlarda Iskandariya grammatika vakillari tomonidan yunon tilining grammatikasi yozildi. Yunon tilshunosligi asosida lotin tilshunosligi yaratilgan degan fikrlar ham mavjud. Arab tilshunosligining o‘rta asrlardagi rivoji Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Javhariy kabi qomusiy olimlarning nomi bilan bog‘liq. O‘zbek tilshunosligining ibtidosi tarixini esa o‘rta osiyolik qomusiy olim Mahmud Qoshg‘ariy nomi bilan bog‘lash to‘g‘ri bo‘ladi. Til insonlar o‘rtasidagi aloqa vositasi, kishilik jamiyatining mahsulidir. Jamiyat taraqqiyotini tilsiz va til ravnaqini jamiyatsiz tasavvur etish mumkin emas. Bugungi tillar uzoq asrlar mobaynida murakkab tarixiy jarayonlarni bosib o‘tish natijasida vujudga kelgan. Shunga ko‘ra jamiyat uchun suv va havodek zarur bo‘lgan til, ya’ni kishilik jamiyatidagi sof ijtimoiy, murakkab hodisa turli davrlarda tilshunoslar tomonidan turlicha talqin etilgan va bu tilshunoslik taraqqiyoti tarixida naturalizm, logitsizm, psixologizm, sotsiologizm, strukturalizm kabi o‘nlab tilshunoslik maktablari hamda oqimlarning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Tilshunoslik fani falsafa, psixologiya, tarix kabi ko‘plab ijtimoiy fanlar bilan bir qatorda turadi. Til nihoyat darajada murakkab va ko‘p aspektli hodisa bo‘lganligi uchun ham uni faqat tilshunoslik fani emas, balki yana bir qator fanlar ham o‘rganadi. Tilshunoslik fani muayyan va umumiy tilshunoslik sohalaridan iborat. Download 29.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling