10. Aholi geografiyasi alohida fan sifatida nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan qator vazifalarni bajaradi


Download 20.11 Kb.
bet1/3
Sana13.02.2023
Hajmi20.11 Kb.
#1195534
  1   2   3

10.Aholi geografiyasi alohida fan sifatida nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan qator vazifalarni bajaradi:


    • Nazariy vazifalari: aholi geografiyasining nazariy masalalarini takomillashtirib borish (aholi takror barpo bo‘lishi jarayonlari va qonuniyatlarini o‘rganish, tabiat bilan uzviy bog‘liqligini tadqiq etish, aholi joylashuvi va jamiyat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganish)

    • Amaliy vazifalari: dunyo va uning hududlari, chet davlatlar, mamlakatimiz aholisi soni, tarikibi, takror barpo bo‘lishi, hududiy joylashuvi, migratsiyasi, shahar va qishloqlarning rivojlanishi, ular bilan bog‘liq muammolar bilan mutahassislar, davlat tashkilotlari va kitobxalarni tanishtirish; aholini hisobga olish, mehnat balanslarini; aholi migratsiyasi prognozini tuzish; aholiga xizmat ko‘rsatish, bolalar muassasalari joylashuvi va qurilishini ilmiy asosda rivojlantirish va x. k.

Fanning asosiy ob’ekti hisoblangan aholini geografik jihatdan o’rganishda aholining quyidagi jihatlariga e’tibor berish kerak:
1. Aholi-ishlab chiqarish sub’ekti, barcha moddiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchi.
2 .Aholi ishlab chiqarilgan jami ijtimoiy mahsulotlarning ma’lum qismini iste’molchisi.
3. Aholi butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining muhim tarkibiy qismi bo’lib, o’zi ham takror barpo qilinishi zarur.
Aholi iqtisodiy rivojlanish davrida sifatiy va miqdoriy o’zgarishlarga duch keladi. Miqdoriy o’zgarishlar aholi soni o’zgarishi bilan namoyon bo’lsa, sifatiy o’zgarishlar esa aholining yashash sharoiti, o’rtacha umr ko’rish darajasining o’sishi kabilarda namoyon bo’ladi.
«Aholi geografiyasi va demografiya asoslari» fani matematika, tibbiyot, statistika, iqtisod kabi fanlar bilan bog’liq bo’lsa, geografiya fanlar tizimidagi tabiiy geografiya, kartografiya, mintaqaviy geografiya kabi fanlar bilan ham aloqadordir. Aholini o’rganuvchi fanlardan esa antropologiya, etnografiya singari fanlar bilan ham bog’liqdir. Fanning asosiy qismi bo’lgan demografiya ham aholini o’rganuvchi fanlardan biri bo’lib, aholini takror barpo qilish qonuniyatlarini o’rganadi. Demografiya yunoncha so’zdan olingan bo’lib, «demos»- «xalq», «grafos»- «tasvirlamoq» degan ma’noni bildiradi. Ushbu fanlar bilan o’zaro aloqasi natijasida o’ziga xos tadqiqot usullari vujudga kelgan. Asosiy tadqiqot usullari quyidagilardir:
1. Matematik usul.
2. Tarixiy qiyoslash usuli.
3. Kartografik usul.
4. Statistik usul.
5. Mantiqiy fikrlash usul

Download 20.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling