3.Fanning asosiy tushunchalari va qonuniyatlari. «Aholi geografiyasi va demografiya asoslari» fanining asosiy tushunchalaridan biri aholini hududiy joylashuvi hisoblanadi.
Aholini funktsional guruhlarga ajratish fanning yana bir muhim tushunchalaridan biridir. Bunga ko’ra aholi quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Moddiy sohada xizmat qiluvchi aholi.
2. Nomoddiy sohada ishtirok etuvchi aholi.
3 .Ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan aholi (nafaqaxo’rlar, yosh bolalar, uy bekalari).
Fanda bir necha muhim qonuniyatlar mavjud bo’lib, ularning har biri aholining turli jihatlarini o’rganishda asosiy o’rin tutadi. Har bir mavzu tahlili davomida qonuniyatlarning o’rganilishini e’tiborga olib reja tahlilida qonuniyatlar hamda ularning mazmuniga chuqur e’tibor berilmadi. Masalan: «Ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo’lsa, mehnat resurslaridan to’liq, oqilona foydalaniladi».
Do'stlaringiz bilan baham: |