10. Aholi geografiyasi alohida fan sifatida nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan qator vazifalarni bajaradi


Fanning rivojlanish tarixi, rivojlanish bosqichlari


Download 20.11 Kb.
bet2/3
Sana13.02.2023
Hajmi20.11 Kb.
#1195534
1   2   3
2.Fanning rivojlanish tarixi, rivojlanish bosqichlari. Aholini o‘rganish, u haqida bilimlar to‘plash juda qadimiy tarixga egadir. Antik davrga oid qo‘lyozmalarda dunyodagi turli davlatlar tabiati, aholisi, xo‘jaligi, shaharlari, aholining turmush tarzi, urf-odatlari haqida sayohatchilar, savdogarlar, elchilar hikoyalari asosida to‘plangan ma’lumotlar uchraydi. Bunday qimmatli tarixiy asarlarga I – asrda Strabon tomonidan (17 kitob) yaratilgan “Geografiya”, II – asrdagi Ptolimeyning “Geografiyasi” misol bo‘la oladi. Yer kurrasida aholi soni va ularning yashash maskanlari ko‘payib borishi bilan aholi haqidagi bilimlar, ularni o‘rganuvchi fanlar geografiyasi ham kengayib bordi. Fanlarning dastlabki tasnifi eramizdan oldingi 384-322 yillarda Aristotel tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda mantiq, fizika, biologiya, falsafa etika, sosiologiya, siyosat, tarix, poeziya kabi fanlar o‘rin olgan edi. Undan keyingi davrlarda fanlar differensiyasi kuchayib, uning uning tasnifi yana ham mukammallashdi bir qancha fan majmuasi shakllandi. Akademik B. M. Kedrov tasnifiga ko‘ra fanlar falsafa fanlari, matematika fanlari, tibbiy va texnik fanlar, hamda ijtimoiy fanlar majmuasiga ajratildi1. Mazkur fanlar tasnifida aholini o‘rganish asosan ijtimoiy fanlar majmuasidan o‘rin olgan.
Aholi geografiyasi ijtimoiy fanlar majmuasiga kiruvchi iqtisodiy geografiya bag‘rida shakllandi. XVIII asrlarda geograflar aholini o‘lkashunoslik doirasida o‘rgangandilar. Keyinchalik aholi geografiyasi tadqiqotlari takomillashib, rivojlanib borgach u (sosial) ijtimoiy geografiya predmetiga aylandi.
Fan rivojlanish tarixiga ko’ra 3 davrga bo’linadi:
1. 16 asrgacha bo’lgan davr. Bu davrda aholi haqidagi ma’lumotlar asosan tarixiy qo’lyozmalardan olingan.
2. 16-18 asrlarni o’z ichiga oladi. Bu davrda Makiavelli, Baden, Graunt, Petti, Lomonosov kabi olimlar ijod qilishgan. Bu davrda J.Grauntning 1662 yilda nashr qilingan «O’lim haqidagi byulletenlar asosida yuzaga kelgan tabiiy va siyosiy kuzatishlar natijalari» kitobi alohida ahamiyatga ega.
3. 19 asrdan hozirgi davrgacha bo’lgan yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda Giyyar, Bertilion, Laruss, Mendeleev, Baranskiy, Lappo kabi olimlar turli tadqiqotlar olib borishgan. A.Giyyarning «Inson statistikasi elementlari yoki qiyosiy demografiya» asarining ilmiy ahamiyati beqiyos.
O’zbekistonda birinchi marotaba bu fan 1960 yilda M.Qoraxonov tomonidan o’qitila boshlandi. O’zbek olimlari ichida I. Mullajonov, E. Ahmedov, A.Soliev, M.Bo’rieva kabi olimlar bu fan rivojiga katta hissa qo’shmoqdalar.

Download 20.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling