Sotsiologik tilshunoslik
Download 130 Kb.
|
2 5262675942353940013
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bob.
Sotsiologik tilshunoslik. Strukturalizm Mundarija: Kirish……………………………………………….2 I bob. Tilshunoslikda ijtimoiy yo`nalishning taraqqiyoti………3 1.1 Sotsiologizm oqimining hozirgi zamon tilshunosligi taraqqiyotida tutgan o`rni………………………………………………………………….5 1.2 Ferdinand de Sossyur sotsiologizm oqimining asoschisi sifatida …..9 II bob. Strukturalizm. Praga sturkturalizmi……………………13 2.1 Amerika strukturalizmi………………………………………….22 2.2 Kopengagen strukturalizmi………………………………………24 Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. Kirish Tilshunoslikda XX asr boshlarigacha faollik ko`rsatgan qator lisoniy oqimlarga: yosh grammatikachilar ta`limotiga, naturalizm va psixologizm kabi yo`nalishlarga, ularning qarashlari hamda g`oyalariga zid bo`lgan yangi ta`limot, mukammal bir g`oya maydonga keldi. Bu yo`nalishga tilshunoslikdagi sociologik ta`limot - sotsiologik maktab nomi berildi. Ayni ta’limot tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ta`kidlab, uning ijtimoiy vazifasini aloqa vositasi sifatida qat`iy belgiladi. Еslatamiz, sotsiologik lingvistika o`z - o`zidan, bevosita paydo bo`lgani yo`q. U qadim davrdan boshlab, tilga - til va ja-miyat masalalariga bo`lgan turlicha qarashlarning, yondashishlar-ning ijobiy natijasi, ob`ektiv mahsuli sifatida qaror topdi . Tilni ishoralar (belgilar) sistemasi sifatida o`rganish; funksional lingvistika; deskriptiv metod - matnni eng ixcham va tugal ifoda qilishni talab qiladigan tasvirlash metodi; distrubitsiya – ma`lum til birligi qo`llanishi mumkin bo`lgan va qo`llanishi mumkin bo`lmagan doiralar yig`indisi; glossematika. Til va jamiyatning o’zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani o’rganadi. Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi insoniyat jamiyati bilan mustahkam bog’liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir. Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko’p vazifali, hamma uchun umumiy bo’lgan aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa, vazifa nuqtai nazaridan chegaralangan bo’lib, tilning nutqiy ko’rinishini tashkil etadi. Masalan, o’zbek tiliga qarluq-chigil-uyg’ur dialekti asos bo’lgan. Bu sheva Farg’ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o’z ichiga oladi. O’zbek tili—ko’p dialektli til. Bu hol o’zbek tilining o’ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish sharoiti va o’zbek millatining o’tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan izohlanadi. Ta’kidlanganidek, til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi, tilning grammatik qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog’langan. Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, avval urug’dosh tili, keyin qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan. Download 130 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling