9-mavzu: Mutaxassislikka oid so’z va terminlarning imlosi Terminologiya
Download 20.45 Kb.
|
9-mavzu
9-mavzu: Mutaxassislikka oid so’z va terminlarning imlosi Terminologiya (termin va … logiya) — 1) 1) leksikanutg bir sohasi; muayyan fan, texnika, ishlab chiqarish. tarmogʻining, sanʼat, ijtimoiy faoliyat sohasining tegishli tushunchalar tizimi bilan bogʻliq terminlari majmui; 2) tilshunoslikning terminlarni oʻrganuvchi sohasi. Terminologiya tor maʼnoda maʼlum bir sohaga oid maxsus leksika. Mas., fizika terminologiyasi, ijtimoiysiyosiy terminologiya, mashinasozlik terminologiyasi kabi. Terminologiya umumxalq tilining leksikasi negizida vujudga keladi, boyiydi. Uz navbatida u, umumxalq tilining boyishi uchun xizmat qiladi. Terminologik leksika umumxalq tili leksikasining ajralmas qismi sifatida u bilan birga rivojlanadi, jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarni boshdan kechiradi. Maʼlum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina oʻsha tilda maxsus terminologiya vujudga keladi. Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yoʻllari har xil: boshqa tillardan soʻz olish, yangi soʻz yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, soʻz birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa Bugungi kunda oʻzbek terminologiyasining boyishi, asosan, boshqa tillardan soʻz olish va ichki soʻz yasash hisobiga roʻy bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barkarorligini belgilovchi asosiy omil uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. Terminologiyaning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Mas., umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va kup maʼnolilik tilning boyligi boʻlsa, terminologiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Mas., birgina tushunchani ifodalash uchun oʻzbek tilida yarimoʻtkazgich — chalaoʻtkazgich — nimoʻtkazgich terminlari qoʻllanmoqda. Bu, oʻz navbatida, oʻqishoʻqitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham terminologiya si maʼlum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish maʼlum terminologik meʼyorlar asosida amalga oshiriladi. Terminologiya rivojida fan sohalariga oid maxsus lugʻatlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega. Oʻzbek tili terminologiya si maʼlum taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Oʻzbek tili terminologiyasi sohasidagi ishlarni oʻtgan asrning 50-yillarida Oʻzbekiston SSR Oliy Soveta Prezidiumi huzuridagi Til va terminologiya komiteta boshkargan (1931—1937-yillarda faoliyat koʻrsatgan), keyinchalik Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti krshidagi terminologiya boʻlimi (1964-yildan) olib bordi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika atamashunoslik qoʻmitasi 1988-yildan 2004-yilgacha oʻzbek tili terminologiyasini tartibga solish va takomillashtirish bilan shugʻullanib keldi (2004-yil yanvardan mazkur koʻmita faoliyati toʻxtatildi). Termin grekcha terminus so'zidan olingan bo'lib, chek, chegara degan ma'noni bildiradi. U fan-texnika, qishloq xo'jaligi, san'at va madaniyat sohasiga xos soz' hisoblanadi. Terminologiya - terminlar haqidagi ta'limot va terminlar majmui degan ma'nolarni anglatadi1. Termin so'zi o'rnida ba'zan atama, istiloh so'zlarini ishlatish hollari uchrab turadi. Ammo bu to'g'ri emas. Atama bu to'g'ri emas. Atama termin so'ziga nisbatan tor tushunchani ifodalaydi. Istiloh so'zi esa arabchadir. Uni xalq tushunmaydi va meyorga aylangan emas. Terminologiya masalalari hamisha tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biri bo'lib kelgan. Chunki terminlarning sohalar lug'aviy qatlamlaridagi o'rni va vazifasini belgilash, tushunchaning mazmun-mohiyatini to'g'ri anglash imkonini beradi. Terminologiyaga bag'ishlangan ishlarning barchasida u yoki bu sohaning muayyan tushunchalarini anglatadigan, definitsiyaga ega bo'lgan va, asosan, nominativ funktsiyani bajaradigan birliklar termin hisoblanadi deb qaraladi. A.Reformatskiy terminga ta'rif berar ekan, "... terminlar.- bu maxsus so'zlardir" degan xulosaga keladi. A.V. Kalinin muayyan fanlar va kasbkorlikda ishlatiladigan so'zlarni "maxsus leksika" deb ataydi va uni ikki guruhga ajratadi. 1. Maxsus leksikaga, birinchi navbatda, terminlar kiradi. 2. Maxsus leksika tarkibiga terminlardan tashqari professionalizmlar ham kiradi. U o'z fikrini davom ettirib, "Termin bilan professionalizmlar o'rtasidagi farq shuki, termin bu muayyan fan, sanoat sohasi, qishloq xo'jaligi, texnikadagi 1 https://faYllar.org/til-va-terminologiva.html Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230 tamomila rasmiy bo'lgan, qabul qilingan va qonunlashtirilgan biror tushunchaning ifodasidir, nomidir, professionalism esa biror kasb, mutaxassislik, ko'pincha jonli tilde tarqalgan, aslini olganda, tushunchaning qat'iy, ilmiy tavsifiga ega bo'lmagan yarim rasmiy so'zdir " - deydi. R. Doniyorov bu fikrga e'tirozan, "Bunday qat'iy da'vo, aslini olganda, tilni sinfiy deb hisoblagan ayrim "olim"larning qarashlari davomidir demak, xatoga yo'l qo'ymaymiz" deya munosabat bildiradi. H. Jamolxonov terminga munosabatda bo'lar ekan quyidagicha yozadi: "Terminlar fan-texnika, adabiyot, san'at va boshqa sohalarga oid ixtisoslashgan, qo'llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shone (botanikada); to'rtburchak, kvadrat (geometriyada); ega, kesim (tilshunoslikda); qofiya, turoq, vazn (adabiyotshunoslikda) kabi". Terminologiyaning rivojlanishi, boyish yo'llari har xil: boshqa tillardan so'z olish, yangi so'z yasash, ayrim fammatik kategoriyalarning leksikalashuvi, so'z birikmasining semantik bir butun holga kelib qolishi va boshqa bugungi kunda o'zbek terminologiyasining boyish, asosan, boshqa tillardan so'z olish va ichki so'z yasash hisobiga ro'y bermoqda. U yoki bu soha terminologik tizimining barqarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va muntazamligidir. Terminologiyaning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va ko'p ma'nolilik tilning boyligi bo'lsa. Terminologiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun o'zbek tilida yarim o'tkazgich - chala o'tkazgich - nim o'tkazgich terminlari qo'llanmoqda. Bu, o'z navbatida, o'qish, o'qitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham terminologiyasi ma'lum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doimiy tartibga solib turiladi. Tartibga solish ma'lum terminologik me'yorlar asosida amalga oshiriladi. Terminologiyaning rivojida fan sohalariga oid maxsus lug'atlarni nashr qilib turish ham muhim ahamiyatga ega. Hamidulla Dadaboyevning "O'zbek terminologiyasi" kitobida ham quyidagicha ta'riflarni uchratishimiz mumkin: V.P.Danilenkoning ta'kidlashicha, terminologiya deganda umumadabiy tilning mustaqil fimksional turi, ya'ni an'anaviy fan tili (fan, ilm yoki texnika tili) nazarda tutiladi (Danilenko, 1977; 8). Fan tili umumadabiy tilning funksional sistemalaridan biri sifatida jonli so'zlashuv tili va badiiy adabiyot tili tushunchalari bilan bir qatorda turadi. Download 20.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling