4-mavzu. Til va terminologiya Reja: Terminologiya
Download 22.08 Kb.
|
4-mavzu. Til va terminologiya Reja: 1.Terminologiya 2.Atamashunoslik markazi Terminologiya Terminologiya- muayyan bir sohaga oid terminlar majmui va tilshunoslikning terminlarni tartibga solish haqidagi bo‘limidir. Terminologiya tor ma’noda ma’lum bir sohaga oid maxsus leksika. Masalan, ijtimoiy-siyosiy terminologiya, grammatik terminologiya va h.k. Terminologiya umumxalq tilining leksikasi negizida vujudga keladi, boyiydi. O‘z navbatida u umumxalq tilining boyishi uchun xizmat qiladi. Terminologik leksika umumxalq tili leksikasining ajralmas qismi sifatida u bilan birga rivojlanadi. Jamiyat va til taraqqiyotidagi barcha jarayonlarni bosh-dan kechiradi. Ma’lum bir soha yoki fan yuqori darajada taraqqiy etgandagina o‘sha tilda maxsus terminologiya vujudga keladi. Terminolgiyaning rivojlanishi, boyish yo‘llari har xil: boshqa tillardan so‘z olish, yangi so‘z yasash va h.k. Bugungi kunda o‘zbek terminlogiyasining boyishi asosan boshqa tillar yoki bu soha terminolgik tizimining barqarorligini belgilovchi asosiy omili uning tartibga solinganligi va mumtazamligidir. Terminolgiyaning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, umumadabiy tilda sinonimiya, omonimiya va ko‘p ma’nolilik tilining boligi bo‘lsa, terminolgiyada bular salbiy hodisa hisoblanadi. Masalan, birgina tushunchani ifodalash uchun o‘zbek tilida yarimo‘tkazgich, chalao‘tkazgich, nimo‘tkazgich terminlari qo‘llanmoqda bu o‘z navbatida o‘qish, o‘qitish va axborot almashish jarayonini qiyinlashtiradi. Shu sababli ham terminlogiyasi ma’lum darajada barqarorlashgan barcha tillarda terminlar doyim tartibga solib turiladi. Tartibga solish ma’lum terminlogik me’yorlar asosida amalga oshiriladi. Terminlogiya rivojida fan sohalariga oid maxsus lug‘atalarni nashr qilib turush ham muhim ahamiyatga ega. 1-mаshq. Mаtnni o‘qing. Kasb-hunarga oid so‘zlarning tagiga chizing. O‘zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug‘ullanib keladi. Shuning uchun O‘zbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. Jumladan, kulochilik, qashshoqlik, kashtachilik, duradgorlik, terimchilik, ovchilik, chorvachilik, kosibchilik va hokazolar shular sirasiga kiradi. Turli kasb-hunarga doir so‘zlar kasb-hunar leksikasi deyiladi. Hozirgi o‘zbek tili leksik tarkibida kasb-hunarga doir so‘zlarga boy. Masalan: kulolchilikda dog‘chil (xum yasashda ishlatiladigan asbob), aspak yoki ob yog‘och, bandak, bog‘ich (idish chetini tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi) kabi so‘zlar, suvoqchilik sohasida bozi (tokcha yoki), andava (asbob), loykash (kishi), mola gazcho‘p (asbob) kabi maxsus so‘zlar bor. Ular shu hunar egalari tilida qo‘llanadi va ular uchun tushunarlidir. 2-mashq. Quyidagi terminlarning zamonaviy muqobillarini toping. Riyoziyot, tabobat, ilmi-nujum, jo‘g‘rofiya, handasa, ilmi hayat, ilm hisob, falakkiyot, mantiq. Download 22.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling