Atamashunoslik markazi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzurida Atamalar komissiyasi faoliyati tashkil qilindi.
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Atamalar komissiyasi tashkil etildi.
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste'molga kiritish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi tushunchalar va atamalarning turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda qonun hujjatlarida qabul qilingan ma'nosiga muvofiq yagona shaklda va to‘g‘ri qo‘llanishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini ta'minlash;
boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni normativ-huquqiy hujjatlar normalariga muvofiq tahrir qilish;
o‘zbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonunchilikka joriy etish va amalda qo‘llashning huquqiy muammolarini o‘rganish, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga atamashunoslik masalalari bo‘yicha maslahatlar berish.
3-mashq. Berilgan ta’riflar qaysi sohalarga tegishli ekanligini ayting. Ushbu tushunchalar bilan bog‘liq terminlarga misollar keltiring.
Momoqaldiroq – chaqmoq chaqib, elektr razryadi – yashin bilan kuzatiladigan, qisqa vaqt davom etadigan atmosfera hodisasi; portlash to‘lqini.
Sakura – Uzoq Sharqda, asosan Yaponiyada o‘sadigan, gullari seryaproq qizg‘ish-pushti, mevasi yeyilmaydigan manzarali daraxt. Damba – daryo, soy, suv havzasi yoqalariga tuproq, tosh, shag‘al, beton va shu kabilardan ko‘tarilgan to‘siq, ko‘tarma
Inflatsiya – muomaladagi qog‘oz pullar massasining taklif qilinayotgan real tovarlar hajmiga nisbatan haddan tashqari ortib ketishi va pulning qadrsiz-lanishi, buning natijasida tovar va xizmatlar bahosining ko‘tarilishi, pulning xarid qilish quvvati pasayishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |