Yashindan himoyalashni hisobi
Download 9.9 Kb.
|
Yashindan himoyalashni hisobi-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sterjensimon
Yashindan himoyalashni hisobi Yashindan himoyalashni hisobi. Reja: 1.Yashin qaytargichlarga qo’yiladigan xavfsilik talablari. 2. O‘ta kuchlanishlar va o‘ta kuchlanishdan himoya. Qurilish binolarini muxofaza qilish, odamlarning xavfsizligini taminlash maqsadida sanoat korxonalarida yashin qaytargichlar o’rnatiladi.Ular asosan, qaytargich urnatadigan ustun, yashin tushish qurilmasi, tok o’tkazgich va yerga ulangan qismlardan iborat bo’ladi. Yashin qaytargichning ikki xil turi buladi, sterjensimon va trossimon.Ular binodan ayri yoki bino ichiga kiritilgan xolda o’rnatiladi. Yashin qaytargichning muxofazalanish xususiyati uning eliktr tokini yaxshi o’tkazuvchanligi va yerga chuqur o’rnatilgan metall qismlar orqali yashinini yerga o’tkazib yuborishiga asoslangan. Bunda yashin qaytargich muxofazalanayotgan binoga nisbatan balnd o’rnatilgan bo’lganli va uning eliktr toki oqib o’tishiga qarshiligi kam bo’lganligi uchun yashin binoga zarar yetkazmay yerga o’tib ketadi. Yashin qaytargich muxofaza qilayotgan xududning muxofaza koeffisenti 0,99 ga teng. Sterjensimon yashin qaytargichlar muxofazalanayotgan obyekt egallangan maydonga qarab, bitta yoki bir nechta bo’lishi mumkin. Trossimon yashin qaytargichlar bino ustida tortilgan bitta yoki bir nechta simlardan iborat bo’ladi. Xar bir sim iki tomonidan ustunlarga tortiladi va bir tomonlama yerga ulab qo’yiladi . Yashin qabul qiluvchi sifatida pulatdan qilingan similar, quvurlar, ruxlanganpulat tros va boshqalar qabul qilinishi mumkin. Yashin qabul qilish qurilmasi va tok o’tkagichlar kavsharlab mustaxkamlanadi.Yerga ulash qurilmasi yuzaki bo’lishi mumkin: bunda shoxsimon xoldagi yoki nursimon tartibda yer ostida 0,8 m chuqurlikda 30m dank am bo’lmagan nurlardan tashkil topgan temir sterjenlar gorizantal xolatda kumiladi. CHuqurlashtirijgan yerga ulash qurilmasi esa 2-3 m dan kam bo’lmagan temir quvurlarni ( yoki boshqa shakldagi metal tayoqchalarchalarni) yer yuzasidan 0,7- 0,8 m chuqurlikkacha yerga ko’ndalang qoqiladi. Bu tayoqchalar va yuqori usuldagi nurlar o’zaro temir tasmalar bilan tutashtirilib, kavsharlanadi. Bunday yerga ulash qurilmasining eliktr tokini o’tkazushga qarshiligi 10 Om.dan oshmasligi kerak. Atmosferadagi bulutlar tarkibidagi suv tomchilarining ishqalanishi va harakatlanishi natijasida tomchi yuzasi, manfiy, ichki qismida musbat zaryadlar to’planadi. Havo oqimi ta’siridan suv tomchilari bo’linib natijada bulut manfiy va musbat zaryatlangan bo’ladi, yuzasi yer va bulutdan iborar ulkan sig’im (kandensator) hosil bo’ladiki, eliktr maydonni kuchlanishi malum qiymatga yetganda razryadlanish sodir bo’ladi. Kuchli yoritilgan yashin yo’li ko’rinib , kuchli tovush eshitiladi. Bu vaqtda yashin kanali tok kuchi 200000 amper, kuchlanish 150mln. V, harorat 6000- 8000 C yetishi mumkin. Download 9.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling