1-Ma’ruza: Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari Reja: Tizim tushunchasi va turlari Axborot tizimi tushunchasi
Download 46.67 Kb.
|
1-Ma’ruza Tizim tushunchasi va uning turli ta’riflari Reja Tiz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasturiy ta’minot
- Amaliy dasturiy ta’minot
- Texnik ta’minot
- Huquqiy ta’minot
- «kerakli axborotni kerakli joyga, kerakli vaqtda, kerakli hajmda, kedakli ko ‘ rinishda etkazib berish»
Axborot ta’minoti - axborot tizimlarida ma’lumotlar omborini yaratish, hujjatlashtirishning bir hil tartibga keltirilgan tizimlarini ichiga olgan axborotni kodlashtirish, joylashtirish va tashkil qilish bo‘yicha uslublar va vositalar yig‘indisidir.
Qabul qilinadigan boshqaruv qarorlarining ishonchliligi va sifati ko‘p jihatdan ishlab chiqilgan axborot ta’minoti sifatiga bog‘liq. Dasturiy ta’minot - kompyuter texnikasi vositasida ma’lumotlarni qayta ishlash tizimi(MQIT)ni yaratish va foydalanish dasturiy vositalari yig‘indisidir. Dasturiy ta’minot tarkibiga bazaviy (umumtizimli) va amaliy (maxsus) dasturiy mahsulotlar kiradi. Bazaviy dasturiy vositalar inson va kompyuterning o‘zaro harakatlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni qayta ishlash, namunaviy protseduralarni tashkil etish, MQIT texnik vositalari ishlashi nazorati va diagnostikasi uchun xizmat qiladi. Amaliy dasturiy ta’minot axborot tizimi funksional vazifalarni hal etishni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan dasturiy mahsulotlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Ular universal vositalar (matn muharrirlari, elektron jadvallar, ma’lumotlar omborini boshqaruv tizimlari) va maxsus vositalar – funksional kichik tizimlarni amalga oshiruvchi turli xil ob’ektlar (iqtisodiy, muhandislik, texnik va boshqalar) sifatida ishlab chiqilishi mumkin. Texnik ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini faoliyat ko‘rsatishi uchun qo‘llaniluvchi texnik vositalar kompleksidir. Ushbu ta’minot ma’lumotlarni qayta ishlovchi, namunaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi qurilmalarni o‘z ichiga oladi. Bunday qurilmalarga kompyuterlardan tashqari, atrof (periferiya) texnik vositalari, turli hil tashkiliy texnika, telekommunikatsiya va aloqa vositalari ham kiradi. Huquqiy ta’minot axborot tizimini yaratish va faoliyat ko‘rsatishini tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Lingvistik ta’minot inson va kompyuter muloqotini ishlab chiqish va ta’minlash samaradorligini oshirish uchun MQITni yaratish va foydalanishning turli bosqichlarida ishlatilgan til vositalari yig‘indisidan iborat. Birinchi mexanik hisoblash mashinasini yaratgan Blee Paskal bu ajoyib qurilmani otasining hisoblash ishlarini osonlashtirish uchun yasagan edi. Bu bilan Paskal otasining ishini ma’lum darajada mexanizatsiyalashtirdi. Demak Paskal yaratgan mexanik hisoblash mashinasi dastlabki mexanizatsiyalashtirilgan (bugungi tushunchada «avtomatlashtirilgan») ish joyiga misol bo‘la oladi. Bu - inson yaratgan birinchi avtomatlashtirilgai ish joyi emas, albatta. Avtomatlashtirilgan ish joylarining tarixi ancha qadimga borib taqaladi, ammo biz bu haqda mazkur qo‘llanmada fikr yuritishni lozim topmadik. Umuman, avtomatlashtirilgan ish joylari deganda, biror mehnat faoliyatini samarasini oshirish va shu mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchiga qulayliklar yaratish maqsadida qo‘llaniladigan qurilmalar, asbob-uskunalar majmui tushuniladi. Masalan, kotibaning ish joyi deganda, uning o‘z vazifasini bajarishi uchun lozim bo‘lgan vositalar, masalan, yozuv mashinkasi, chop etish uchun qog‘oz, stol, stul kabi bir qancha narsalarni tushunamiz. Yozuv mashinkasi hujjatlarni bir vaqtda bir necha nusxada chop etish imkonini beradi va, shuning bilan, kotiba ishini ma’lum darajada avtomatlashtiradi. Bu kabi misollarni (turli mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joylarini) ko‘plab keltirishimiz mumkin. Turli stanoklarning yaratilishi ishchilarning mehnatini avtomatlashtirgan bo‘lsa, kompyuter bilan boshqariladigan stanoklarning yaratilishi uni yanada yuqori darajaga ko‘tardi. Zamonaviy avtomatlashtirilgan ish joylari turli kasb egalaridan -bevosita jismoniy mehnat qilishni emas, balki ko‘proq bu jarayonni boshqarishni talab qiladi. Umuman shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi va hayotga tadbiq etilishi ishlab chiqarishning o‘zinigina emas, balki uni «boshqarish» bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni avtomatlashtirishga ham keng yo‘l ochib berdi. Boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, uning xom ashyosi ham ishlab chiqarish mahsuloti ham axborotdan iborat. . Odatda boshqaruv jarayonida ishtirok etuvchilar moddiy boyliklar, sanoat yoki qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda bevosita qatnashmaydilar. Umumiy holda aytganda, boshqarishning asosiy vazifasi «kerakli axborotni kerakli joyga, kerakli vaqtda, kerakli hajmda, kedakli ko‘rinishda etkazib berish» dan iboratdir. Axborot hajmining ko‘pligi ularni qayta ishlashda insondan ko‘p vaqtni va mehnatni talab qiladi. Lekin aksariyat hollarda bu ishlarni qisqa vaqt ichida bajarish zarur bo‘ladi. Hozirgi kunda mazkur ishlarni kompyuterlarsiz bajarishni tasavvur qilish qiyin. Zamonaviy kompyuterlar asosida yangi informatsion texnologiyalar yaratilmoqdaki, u zamonaviy ish yuritishning «qog‘ozsiz» usuli, «elektron pochta», mashina grafikasi, optik disklar orqali ilgari mavjud bo‘lgan alohida informatsion texnologiya vositalarini birlashtirish va ularni yuqori moslashuvchanlik bilan ta’minlash imkonini beradi. Zamonaviy kompyuterlar hozirda faqatgina hisoblash vositasi bo‘libgina qolmay, boshqarish, nazorat qilish, qaror qabul qilish kabi turli ishlarni bajarishdagi vosita hamdir. Kompyuterlar yordamida ish yuritishning samarali va yangi omillaridan biri bo‘lib avtomatlashtirilgan ish joylari hisoblanadi. Avtomatlashtirilgan ish joyi deganda, faqatgina kompyuter emas, balki unga yaratilgan malakali dasturlar, printer, skaner, modem kabi turli qurilmalar majmuini tushunish kerak. Masalan, kotiba avtomatlashtirilgan ish joyida kompyuter bilan birgalikda printerning bo‘lishi ham zarur. Bundan tashqari WD, Lexicon, Word yoki boshqa matn muharrirlaridan hech bo‘lmaganda bittasi bo‘lishi shart. Avtomatlashtirilgan ish joylari alohida olingan bir tashkilotda emas, balki shu tashkilot bilan bog‘liq barcha muassasalarda mavjud bo‘lsa, uning samaradorligi yanada yuqori bo‘ladi. Shaxsiy kompyuterlar yordamida ish faoliyati avtomatlashtirilayotgan mutaxassislar kun sayin ortib bormoqda. Chunki shaxsiy kompyuterlar nisbatan arzon, ish stoliga bemalol joylashadi va foydalanuvchilardan maxsus tayyorgarlikni talab etmaydi. Foydalanuvchi o‘z ish stolidagi kompyuterlarning ichki tuzilishi va ishlash tamoyillari bilai tanish bo‘lishi shart emas. Yaratilayotgan avtomatlashtirilgan ish joylarida mutaxassisning ishiga doir axborotlar va ko‘rsatmalar tushunarli va ixcham ko‘rinishda ekranda berib boriladi. Foydalanuvchi avtomatlashtirilgan ish joyidan foydalanishi uchun o‘z mutaxassisligini mukammal bilishi yetarli. Avtomatlashtirilgan ish joylari odatda yuqori malakali dasturchilar tomonidan yaratilib, foydalanuvchi bu dasturning ishlash texnologiyasi bilan tanishib chiqishi kifoya. Avtomatlashtirilgan ish joylaridan foydalanish odatda qiyainchilik tug‘dirmaydi. Bunda asosan displey ekranida chiqarilgan savollarga klaviatura yordamida javob yozish, axborotni qayta ishlash uchun ekranda ko‘rsatilgan bir nechta usuldan birini tanlash, natijani qaysi shaklda chiqarishni belgilash kabi ishlar amalga oshiriladi. Mazkur amallar foydalanuvchining mutaxassisligi bilan bog‘liq bo‘lib, aniq va tushunarli shaklda beriladi. Mabodo zarurat tug‘ilgudek bo‘lsa, har bir ko‘rsatma yoki «menyu» bo‘yicha yordamchi axborotni ekranga chiqarish imkoniyati ham mavjud. Bu odatda maxsus belgilangan bir klavishani bosish bilan amalga oshiriladi. Yordamchi axborotni ekranga chiqarish hamda shu kabi boshqa amallarni bajarish uchun qaysi klavishalardan foydalanish kerakligi doimiy ravishda ekranda ko‘rinib turadi. Download 46.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling