If-elif-else konstruksiyasi. Rostlikka tekshirish if/else uch bo‘ginli qurilishi


Download 39.89 Kb.
bet1/4
Sana21.02.2023
Hajmi39.89 Kb.
#1217699
  1   2   3   4
Bog'liq
If-elif-else


if-elif-else konstruksiyasi. Rostlikka tekshirish. if/else uch bo‘ginli qurilishi
if-elif-else shartli konstruksiyasi (uni ba’zan tarmoqlanish operatori deb ham atashadi) – Pythondagi asosiy tanlash qurilishidir. Boshqacha aytganda, u qaysi amalni bajarish kerakligini shartni tekshirish vaqtidagi o‘zgaruvchilar qiymatlaridan keyin chiqqan holda tanlaydi.
if instruksiyasining sintaksisi
Dastlab if ning shartli iborali qismi yoziladi, so‘ngra bitta yoki bir nechta majburiy bo‘lmagan elif qismlari va oxirida majburiy bo‘lmagan else qismi yoziladi. if shartli ko‘rsatmasining umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
if test1:
blok1
elif test2:
blok2
else:
blok3
Oddiy misol (true ni chiqaradi, chunki 1 – rost):
>>> if 1:
... print('true')
... else:
... print('false')
...
true
Ozgina qiyinroq misol (uning natijasi foydalanuvchi nimani kiritishiga bog‘liq bo‘ladi):
a = int(input())
if a < -5:
print('Low')
elif -5 <= a <= 5:
print('Mid')
else:
print('High')
elif ishtirok etgan konstruksiya boshqa dasturlash tillarida keng qo‘llaniladigan swich-case konstruksiyasining o‘rnida ham bemalol qo‘llanilishi mumkin.
Pythonda rostlikka tekshirish

  • 0 ga teng bo‘lmagan har qanday son va bo‘sh bo‘lmagan ixtiyoriy obyekt – rostdir.

  • 0 ga teng sonlar, bo‘sh obyektlar va None qiymatlar – yolg‘on.

  • Solishtirish operatsiyalari ma’lumotlar strukturalariga nisbatan rekursiv tarzda qo‘laniladi.

  • Solishtirish operatsiyalari True yoki False dan birini qaytaradi.

  • and va or mantiqiy operatorlari rost yoki yolg‘on obyekt-operandni qaytaradi.

Mantiriy operatorlar:
X and Y
X va Y ikkala ifoda ham rost bo‘lgandagina, rost bo‘ladi:
X or Y
X va Y ifodalardan hech bo‘lmaganda bittasi rost bo‘lganda, rost bo‘ladi:
not Y
X yolg‘on bo‘lganda, rost bo‘ladi.

Download 39.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling