1-Ma’ruza. “Umumiy kimyoviy texnologiya” fanining mazmuni, predmeti va metodi. Reja


Download 97 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi97 Kb.
#1402380
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Maruza (Lotincha)


1-Ma’ruza.
Umumiy kimyoviy texnologiya” fanining mazmuni, predmeti va metodi.
Reja:

  1. Umumiy kimyoviy texnologiya” fanining predmeti, maqsad va vazifalari.

  2. Texnologik jarayonlarning sinflanishi

  3. Xomashyoning klassifikatsiyasi

  4. Xomashyoni kompleks ishlatilishi.

Texnologiya so‘zi–yunoncha so‘z bo‘lib, ikki ildizdan, ya’ni 1-texnos-«san’at va kasb» degan ma’noni bildiradi. Logiya esa-bilim, fan demakdir. SHunday qilib, texnologiya-bu kasbning sirlarini o‘rgatuvchi fanlardan biridir. Texnologiya xom ashyolarni turli xalq iste’mol buyumlariga va ishlab chiqarish vositalariga aylantirish jarayonlarini o‘rgatuvchi fandir.


Xomashyoni qayta ishlab mahsulotga aylantiradigan mashina-uskunalar majmuyiga texnologik tizim deyiladi. Tegishli mashina va uskunalarda boradigan operatsiyalarni birin-ketin ta’riflash yoki grafik shaklida tasvirlash texnologik sxema deb ataladi.
Texnologiyani 2 turga bo‘lish mumkin:
1-mexanik texnologiya;
2-kimyoviy texnologiya.
Mexanik texnologiya jarayonida xom ashyo tarkibida va xususiyati o‘zgarmasdan faqat uning shaklini o‘zgarishi mumkin. Masalan: yog‘ochdan mebelь ishlash, metaldan turli metall buyumlari ishlash va xokozo.
Kimyoviy texnologiyada esa, moddaning shakligina emas, balki uning butun xossalari va tarkibi o‘zgarishi mumkin. shunday qilib, kimyo texnologiyasi kimyo reaksiyalari o‘tishi bilan borgan jarayonlarni o‘rganadi. Birorta xom ashyodan mahsulot olish jarayoni bir qancha bosqichlardan iborat. Ushbu bosqichlar (masalan: xom ashyoni boyitish, maydalash, ajratish, kuydirish va x.k.) texnologik operatsiyalar deb ataladi.
Mexanik texnologiya qayta ishlanadigan materiallarning faqat shakli va ba’zan fizikaviy xossalari o‘zgarish jarayonlarini o‘rganadi. Kimyoviy texnologiya moddalar tarkibi, xossalari va tuzilishining o‘zgarishi bilan boradigan jarayonlarni hamda bu jarayonlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan uskunalarni o‘rganadi. Bunday bo’lish nisbatan shartlidir, chunki ba’zan, moddalarga mexanik ishlov berilganda ularda kimyoviy reaksiyalar ham boradi. Masalan: cho‘yan yoki po'latni suyuqlantirib suyuqlanmalarini quyish jarayoni mexanik texnologiyaga kiradi, ammo unda kimyoviy reaksiyalar ham bo’ladi, kimyoviy jarayonlar esa o‘z navbatida mexanik jarayonlar bilan birgalikda sodir bo‘ladi.
Kimyoviy texnologiyaning muhim vazifasi kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarish, u yoki bu kimyoviy reaksiyalarning borishi uchun qulay, optimal iqtisodiy samarali usullar va sharoitlami qidirib topishdir. Kimyoviy texnologiya xomashyoni kimyoviy qayta ishlashni boshqarish jarayonlarini, sotsial va iqtisodiy faktorlarni resurslar bilan ta’minlash va ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni ta’minlash, parametrlarning (harorat, bosim , jarayon, konsentratsiya, xomashyoni qayta ishlash tezligi va boshqalar) optimal qiymatlarini topish, uskunalarni tayyorlash uchun materiallarni tanlash jarayonining texnologik sxemasini yaratish va ishlab chiqarishni yo’lga qo‘yish kabi ishlarni bajaradi. Bularni amalga oshirishda u kimyo va fizikaning fundamental qonunlaridan foydalanadi.
Texnologiyani asosiy vazifalaridan biri anna shu optimal qulay texnologik tizimlarni yaratishdan iborat. Har bir texnologik operatsiya ishlab chitqarish mobaynida aniq qulay sharoitda olib borilishi kerak (qulay temperaturada, bosimda, konsentratsiya va b.), shu qulay sharoitlarni aniqlash kimyo texnologiyaning asosiy vazifalaridan biridir. Bu sharoitlarni aniqlash uchun esa shu kimyoviy jarayonning nazariy asoslarini chuqur o‘rganib chiqish kerak. Kimyo texnologiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish kerak. Har bir texnologik operatsiyalarga lozim bo‘lgan optimal sharoit aniqlangandan so‘ng, shu operatsiyalarni o‘tkazish uchun texnika talablariga javob beradigan unumli reaktorlarni va apparatlarni tanlash kerak. Texnologik jarayonlarni to‘g‘ri olib borish va jarayonning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari shu apparatlarni to‘g‘ri tanlashga bog‘liqdir. SHu sababli texnologiyada kimyoviy reaktorning nazariyasiga, klassifikatsiyasiga, ularning ishlash maromiga katta e’tibor beriladi. Texnologiyaning vazifasi yuqoridagi ko‘rsatilgan vazifalar bilan cheklanib qolmay, balki yana ishlab chiqarishni tashkil qilish, ish kuchidan to‘g‘ri va xom ashyodan ratsional, kompleks foydalanish, maxsulotning va xom ashyoning sifatini uzliksiz kuzatib turish va boshqalardan ham iboratdir.
Tanlangan texnologiyaning afzalligini aniqlash uchun avvalambor uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlarini aniqlash kerak, buning uchun, maxsulotning tannarxini xisoblash, sarflangan kapital mablag‘lar miqdorini nazarda tutish kerak.

Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling