1-маърўза: Кириш
Qarshiliklarni o‟lchashning kompensatsion usuli
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 6829 uzsmart.uz
9.4. Qarshiliklarni o‟lchashning kompensatsion usuli
Aniq o‟lchashlarda va past haroratlarni o‟lchashda o‟lchashning kompensatsion usuli qo‟llaniladi. Bu usulning moxiyati o‟lchanayotgan rezistorda va u bilan ketma- ket ulangan namuna rezistorida kuchlanish tushuvini taqqoslashdan iborat. 9.5- rasmda qarshilikni o‟lchashning kompensatsion usulining sxemasi keltirilgan. Rezistordagi kuchlanish tushuvi, odatda, potensiometr orqali o‟lchanadi. O‟lchanayotgan rezistor R у namuna rezistor R н (9.5-rasm) bilan ketma-ket ulangan. Namuna rezistor sifatida qarshilik magazinlari yoki qarshilikning namuna g‟altaklaridan foydalaniladi. Zanjirdagi o‟lchash toki o‟zgaruvchan rezistor yordamida o‟rnatiladi. Tok miqdori qarshilik termometrlarining o‟zidan qizishi termometr haroratini yo‟l quyiladigan qiymatidan oshirib yubormaydigan qilib tanlanadi: н н R U I / (9.11) bunda U и – namuna rezistorda kuchlanish tushuvi, mV; R и – namuna rezistor qarshiligi, Om. Ikkinchi tomondan, у у R U I / (9.12) bunda U у – o‟lchanayotgan rezistorda kuchlanish tushuvi, mV; R у – o‟lchanayotgan rezistorning noma„lum qarshiligi, Om. O‟lchanayotgan rezistor qarshiligini topamiz: н у н у U U R R / (9.13) Ko‟rilgan variantda kompensatsion usul mexanik o‟lchashlar uchun noqulay, chunki rezistor qarshiligini topish uchun navbat bilan o‟lchanayotgan namunali rezistordagi kuchlanish tushuvini o‟lchash lozim va sungra rezistorning qarshiligini hisoblash kerak. Termometrning kichik qarshiliklarini texnik o‟lchash uchun avtomatik kompensatsion asboblar ishlab chiqilgan, ular kompensatsion o‟lchash usulining ijobiy xossalariga ega. Termometrni ulashning turt simli sxemasi simlar qarshiligining o‟lchash natijalariga ta„sirini butunlay bartaraf etish imkonini berdi. Kichik haroratlarni o‟lchash uchun o‟zgaruvchan tok kompensatsion asbobning prinsipial sxemasi 9.6-rasmda keltirilgan. Qarshilik termometri R t ta„minlash manbaidan o‟zgaruvchan I tok bilan ta„minlanadi. Asbobning o‟lchash sxemasi Т р tok transformatoridan shunday ta„minlanadiki, o‟lchash toki I у = КI bo‟ladi. Agar termometrda kuchlanish U ав kuchlanish bilan kompensatsiya qilinmagan bo‟lsa, unda kuchaytirgich kirishiga signal beriladi. Bu signal reversiv dvigatelni va reoxord 60 sirpangichi R р ni kuchlanish U ab tushuvini (R t da) muvozanatlashtirmaguncha harakat qilishga majbur qiladi. Bu holda quyidagicha tenglik bajariladi: ав у ав t R I U IR (9.14) yoki пр н t mR R KI IR , (9.15) bunda ш р ш р пр R R R R R пр н t mR R K R (9.16) н R rezistor asbob shkalasining sanoq boshini belgilashga xizmat qiladi, R ш esa o‟lchash diapazonini o‟rnatadi. Transformatsiya koeffitsienti K ni amalda o‟zgarmas deb qarab, asbob ko‟rsatishlari ta„minot kuchlanishi tebranishiga va termometrni ulash simlari qarshiligining o‟zgarishiga bog‟liq emas deb hisoblash mumkin. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling