Fizika fanidan 9-sinflar uchun yozma ish
I variant
1-masala: Ko‘tarilish kranining elektr dvigateli 380 V kuchlanishda ishlaydi va 20 A tok kuchi iste’mol qiladi. Agar kran massasi 1t bo‘lgan yukni 19 m balandlikka 50 s da ko‘tarsa, qurilmaning FIK qanday?
2-masala: Venera planetasining o‘rtacha zichligi p=5200 kg/m3, radiusi R=6100 km. Venera sirtida erkin tushish tezlanishi qanday bo‘lishini aniqlang.
3-masala: Temperatura 290 K va bosim 0,8 MPa bo‘lganda bir atomli gaz molekulasining o‘rtacha kinetik energiyasini va molekulalari konsentratsiyasini aniqlang.
4-masala: Elektr qaynatgich spiralining qarshiligi 160 Ω. Shu qaynatgich ichida 0,5 l suv bo‘lgan idishga tushurilib, 220 V kuchlanishli tarmoqqa ulandi. Idishdagi suvning temperaturasi 20o C . 20 min o‘tgach, spiral tarmoqdan uzildi. Agar spiralning FIK 80% bo‘lsa, qancha miqdorda suv qaynagan?
Do'stlaringiz bilan baham: |