1-mashg’ulot mikroskopning
Download 1.98 Mb.
|
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari
43-rasm. Rishta - Dracunculus medinensisning rivojlanish sikli A-asosiy xo'jayin, B-urg’ochi rishta, V-odam oyog'idajoylashgan rishta, G-rishtaning yuqumli iichinkasi, D-rishtaning oraliq xo'jayini-tsikiop:
1-tsiklopning tana bo'shlig' idagi rishta lichinkasi. Ana shu lichinkalar suvga tushganda, ularni suvdagi sikloplar ovqat sifatida yutib yuboradi. Lichinkalar siklop tanasida rivojlanishini davom ettiradi va 12-14 kunda invaziyaga aylanadi. Odam va boshqa hayvonlar, suv orqali, zararlangan sikloplarni yutib yuboradi va rishtani yuqtiradi. Sikloplar hazm bo’ladi, undan chiqqan rishta lichinkalari esa ichak devori orqali qon aylanish sistemasiga o’tadi. Lichinkalar xuddi askaridalar lichinkasi kabi organizm "bo'ylab migratsiya qiladi va keyinchalik teri osti qavatida joylashib jinsiy voyaga yetadi. Trixinella parazit nematodalar ichida eng kichigi bo’lib, urg’ochisining uzunligi 3-4 mm, erkaklari esa 1-2 mm atrofida boMadi. Trixinellalar cho’chqalar, kalamushlar, 125 bo'rilar, ayiqlar, mushuklar, tulkilar, bo’rsiqIar kabi hayvonlarda, shuningdek odamlarda parazitlik qiladi. Tananing oldingi uchi biroz ingichkalashgan, unaa og’iz teshigi joylashgan bo’lib, lablari boMmaydi. Keyingi uchi ancha yo’g'onlashgan bo’lib, u yerda anal teshigi mavjud. Trixinella ayrim jinsli. Ularning jinsiy sistemasi askaridalarniki singari naysimon boMib, har ikkala jinsda ham toq ya'ni bitta naychadan iborat. Erkaklarida kuyikish organlari, ya'ni spikulalari boMmaydi, biroq xuddi shu vazifani bajaruvchi 2 ta konussimon kutikuladan taraqqiy yetgan o’simtalari mavjud. Trixinella barcha rivojlanishning barcha davrlarida xo’jayin almashtirmasdan bir organizmda o’tadi, ammo ular shu organizmda yashash joyinigina o’zgartiradi, xolos, ya'ni lichinkalik davrida muskullarda, jinsiy voyaga yetgan davrida esa ichakda yashaydi. Trixinellaning rivojlanish sikli quyidagicha: turli-tuman go’shtxo’r hayvonlar, shuningdek odam trixinella lichinkasi bilan zararlangan go’shtni iste'mol qilish orqali parazitni yuqtiradi. Xo'jayinning oshqozoni va ichagida go’sht va undagi kapsula erib, undan lichinkalar chiqadi va 2-3 kun mobaynida jinsiy voyaga etadi. Ular ichak hujayralari oralig'iga kirib, erkak va urg'ochi trixinellalar juftlashadi va erkaklari halok boMadi. Urg’ochilari esa ichakning shilliq parda qavatidagi limfatik bezlarga kirib oladi va ikki oylik hayoti davomida 1500 dan 2000 tagacha tirik lichinka tug'adi. Keyin urg’ochilari ham ichak bo’shlig'iga qaytib tushib halok boMadi. Lichinkalar limfa, keyin esa qon tomirlariga o’tib, butun organizmga tarqaladi (44-rasm). 126 44-rasm. Trixinellaning rivojlanish sikli Ular ko’ndalang targ'il muskul to’qimalar, diafragma, qovurg’a aro muskullar, til, bo’yin, ko’z muskullarida o'rnashib oladi. Keyin muskul tolalari ichiga kirib, ulami yemirib ovqatlanadi. Lichinka shu joyda spiral shaklida o’raladi (parazitning nomi shundan olingan) va atrofida kapsula hosil boMadi. Bitta kapsulada 2-3 ta lichinka joylashishi ham mumkin. Trixinella lichinkalari muskul tolalarida o'ttiz yilgacha tiriklik xususiyatini saqlab qola oladi. Shunday qilib trixinellaning butun hayot jarayoni, tashqi muhitga chiqmagan holda, xo’jayin organizmida o’tadi. Odam yaxshi pishirilmagan trixinellali go’shtni iste'mol qilish orqali ulami yuqtiradi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling