Suv barglardagi og'izchalar orqali bug'lanib chiqadi. Bir tup o'simlikdagi 58-rasm. Bargning suv tag'latishi


Download 12.93 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi12.93 Kb.
#1191179
Bog'liq
Suv barglardagi og\'izchalar orqali bug\'lanib chiqadi. Bir tup o\'


29-§. BARGLARNING SUV BUG'LATISHI
O'simliklar hayotidagi muhim jarayonlardan yana biri suv bug'Iatishdlr. Suv bug'lanishi tufayli ildiz orqali suv va mineral
tuzlarning so'rilishi tezlashadi. Bu mod-dalar poya bo'ylab harakat qiladi. Suv bug'latish o'simlik organlarini qi/ib ke-tishdan saqlaydi. Buni tajribada oson tek-shirib korish mumkin. Masalan, gultu-vakda o'sib turgan o'simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, og'zi paxta bilan berkitilsa, oradan bir necha soat o't-gach kolba devorida suv tomchilari hosil bo'lganini ko'rish mumkin (58-rasm). Bu O'simliklar bargidan bug' shaklida ajrai-gan suvdir.
Suv barglardagi og'izchalar orqali bug'lanib chiqadi. Bir tup o'simlikdagi
58-rasm. Bargning suv tag'latishi.
barglar qancha suv bug'latishini hisoblab chiqish mumkin. Buning uchun o'simlikning bargli novdachasi suvli shisha idishga soUnadi va suv bug'lanib ketmasligi uchun uning yuziga ozroq moy tomiziladi. Tarozining bir pallasiga shisha idish, ikkinchi pallasiga qadoq tosh qo'yib, pallalar muvozanatga keltiriladi. Barglar suvni bug'latganligi uchun shisha idishdagi suv kamayadi. Natijada shisha idishli tarozi pallasi asta-sekin ko'tariladi. Oradan bir sutka o'tgandan keyin tarozi pallalari qadoq toshlar orqali yana muvozanatga keltiriladi va bir sutkada qancha suv bug'langanligi aniqlanadi. O'simliklar turiga va qayerda o'sishiga qarab tuproqdan oladigan suvni turli darajada bug'latadi. Issiq va quruq sharoitda o'sadigan O'simliklar suvni nisbatan kam buq'latadi. Chunki ayrim cho'l o'simliklarining barglari juda maydalashib ketgan (s^ksmoilda) yoki shaklini o'zgartirib, tikanga (kaktuslarda) aylangan . Boshqa bir tur O'simliklar esa tuklar bilan qalin qoplanganligi uchun suvni kam bug'latadi. Ayrim cho'l o'simliklari (shuvpq, qora boyalich va boshqalar) suvni kam bug'latishi uchun yoz oyla-rida barglarini to'kib yuboradi. Olimlarning aniqlashicha, bir tup g'o'za yoz davomida o'z vaznidan 500—60Q_ hissa ko'p suv bug'latadi. Bir tup makkajo'xori yoz davomida bug'latgan suv,200-1 ga to'g'ri keladi. Bir tup o'rta yoshdagi VOZ davomida 500 600 l suv bug'latadi.
Shuni alohida qayd qilish kerakki, O'simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan suv bug'lanishi jarayoni barglardagi og'izchalar orqali amalga oshadi.
Download 12.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling