Tirik organizmlarda oziq moddalar transporti


Download 0.72 Mb.
Sana13.09.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1677107
Bog'liq
6 sinf Sciens TIRIK ORGANIZMLARDA OZIQ MODDALAR TRANSPORTI

TIRIK ORGANIZMLARDA OZIQ MODDALAR TRANSPORTI

Tirik organizmlarda suv va moddalar transport sistemasi orqali kerakli qismga yetkazib beriladi. O‘simliklar ildizlari orqali tuproqdan suv va mineral moddalarni shimib oladi. Tuproqdan ildiz tukchalariga o‘tgan suv va mineral tuzlar o‘simlikning transport sistemasi, ya’ni o‘tkazuvchi to‘qima hujayralari orqali o‘simlikning barcha organlariga yetkaziladi.

  • Tirik organizmlarda suv va moddalar transport sistemasi orqali kerakli qismga yetkazib beriladi. O‘simliklar ildizlari orqali tuproqdan suv va mineral moddalarni shimib oladi. Tuproqdan ildiz tukchalariga o‘tgan suv va mineral tuzlar o‘simlikning transport sistemasi, ya’ni o‘tkazuvchi to‘qima hujayralari orqali o‘simlikning barcha organlariga yetkaziladi.

Poyada transport vazifasini ksilema va floema amalga oshiradi. Ksilemaning o‘tkazuvchi nay hujayralari orqali ildizdan o‘simlikning barcha organlariga suv va mineral moddalar yetkazib beriladi. Floemaning elaksimon nay hujayralari orqali barglarda hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning barcha organlariga yetkaziladi. Poyadan bargga ko‘tarilgan suv barg og‘izchalari orqali bug‘latiladi. O‘simlik bargining suv bug‘latishi transpiratsiya deyiladi. Transpiratsiya tufayli suv doimiy ravishda tuproqdan ildizga, undan esa poya va barglarga o‘tadi.

  • Poyada transport vazifasini ksilema va floema amalga oshiradi. Ksilemaning o‘tkazuvchi nay hujayralari orqali ildizdan o‘simlikning barcha organlariga suv va mineral moddalar yetkazib beriladi. Floemaning elaksimon nay hujayralari orqali barglarda hosil bo‘lgan organik moddalar o‘simlikning barcha organlariga yetkaziladi. Poyadan bargga ko‘tarilgan suv barg og‘izchalari orqali bug‘latiladi. O‘simlik bargining suv bug‘latishi transpiratsiya deyiladi. Transpiratsiya tufayli suv doimiy ravishda tuproqdan ildizga, undan esa poya va barglarga o‘tadi.

Odam organizmida moddalar transportini qon aylanish sistemasi ta’minlaydi. Qon aylanish sistemasi yurak va qon tomirlaridan iborat. Odam yuragi to‘rt kamerali: ikkita qorincha va ikkita bo‘lmachadan iborat. Yurakdan qon olib ketuvchi qon tomirlar arteriya tomirlari, yurakka qon olib keluvchi qon tomirlar vena tomirlari deb ataladi. Odamda katta va kichik qon aylanish doirasi mavjud. Katta qon aylanish doirasi barcha organlarni kislorod va oziq bilan ta’minlaydi. Kichik qon aylanish doirasi o‘pkalarga karbonat angidridni olib borib, ulardan kislorodni yurakka olib keladi. O‘pka va organlardagi kapillyarlarda gazlar almashinuvi sodir bo‘ladi. Gazlar almashinuvi diffuziya hodisasiga ko‘ra amalga oshadi

  • Odam organizmida moddalar transportini qon aylanish sistemasi ta’minlaydi. Qon aylanish sistemasi yurak va qon tomirlaridan iborat. Odam yuragi to‘rt kamerali: ikkita qorincha va ikkita bo‘lmachadan iborat. Yurakdan qon olib ketuvchi qon tomirlar arteriya tomirlari, yurakka qon olib keluvchi qon tomirlar vena tomirlari deb ataladi. Odamda katta va kichik qon aylanish doirasi mavjud. Katta qon aylanish doirasi barcha organlarni kislorod va oziq bilan ta’minlaydi. Kichik qon aylanish doirasi o‘pkalarga karbonat angidridni olib borib, ulardan kislorodni yurakka olib keladi. O‘pka va organlardagi kapillyarlarda gazlar almashinuvi sodir bo‘ladi. Gazlar almashinuvi diffuziya hodisasiga ko‘ra amalga oshadi

Ko‘pchilik hayvonlarda ham qon aylanish sistemasi rivojlangan. Sutemizuvchi va qushlarning qon aylanish sistemasi odamniki kabi tuzilgan. Amfibiyalar va sudralib yuruvchilarning yuragi uch kamerali, baliqlarning yuragi esa ikki kamerali bo‘ladi.

  • Ko‘pchilik hayvonlarda ham qon aylanish sistemasi rivojlangan. Sutemizuvchi va qushlarning qon aylanish sistemasi odamniki kabi tuzilgan. Amfibiyalar va sudralib yuruvchilarning yuragi uch kamerali, baliqlarning yuragi esa ikki kamerali bo‘ladi.
  • Odam yuragining qanday ishlashini pulsni sanash orqali tekshirish mumkin. Puls yurak qisqarganda undagi qon tomirlarning tebranishidan hosil bo‘ladi. Yurak minutiga necha marta qisqarsa, puls soni ham shuncha bo‘ladi. Odam jismoniy mashq bilan shug‘ullanganda nafas olish va yurak urishi tezlashadi. Pulsni qo‘l kaftining ichki yuzasida barmoq orqali o‘lchash mumkin.

Topshiriqlar

  • 1. Mavzuni o`qish
  • 2. Rasmlarni chizib kelish
  • 3. Kitobdan 1-,2-savollarni javob berish
  • 4. Tadqiqotni bajarib keling.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling