1-mashg’ulot mikroskopning
Download 1.98 Mb.
|
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-MASHG’ULOT BIR HUJAYRALILAR / PROTOZOA / KENJA DUNYOSI ODDIY AMYOBA-AMYOBA PROTEUSNING
- Sarcomastigophora Sinf. Sarkodalilar - Sarcodina Kenja sinf. Ildizoyoqlilar - Rhizopoda Turkum. Amyobalar - Amoebina
Mustaqil ish uchun topshiriqlar
TBiologik mikroskopning tuzilishini o’rganish. 2. Mikroskop bilan ishlash qoidalari haqida tushunchag ega bo’lish. 3. Mikroskopning tuzilishi aks ettirilgan rasmni chizish. 12 2-MASHG’ULOT BIR HUJAYRALILAR / PROTOZOA / KENJA DUNYOSI ODDIY AMYOBA-AMYOBA PROTEUSNING TUZILISHINI 0 ’RGANISH, SHUNINGDEK, AMYOBALARNING BOSHQA TURLARIBILAN HAM TANISHISH Tip. Sarkomastigoforalar - Sarcomastigophora Sinf. Sarkodalilar - Sarcodina Kenja sinf. Ildizoyoqlilar - Rhizopoda Turkum. Amyobalar - Amoebina Avlod. Amyobalar - Amoeba Tur. YaIang’och amyoba - Amoeba proteus 0 ’quv mashg’ulotining maqsadi: oddiy amyobaning tuzilishini o’rganish, amyobaning xilma-xil turlari bilan tanishish. Keraklijihozlar: tirik amyobalar bo’lgan suv, mikros-koplar, buyum va qoplagich oynalar, tomizgichlar, filtr qog’ozlar, ko’rgazmali vositalar. Ishning mazmuni. Amyobalar o’lmaydigan va tagida o’simlik chirindilariga boy bo’lgan ko’l va hovuz suvlarida yashaydi. Amyobaning kattaligi 0,2-0,7mm bo’lib, sitoplazmadxan iborat (2-rasm). 13
2-rasm. Oddiy amyoba-Amoeba proteusning tuzilishi 1-ektoplazma; 2-endoplazma; 3-qamrab olinayotgan oziq bo'laklari; 4-qisqaruvchi vakuola; 5-yadro; 6-ovqat hazm qiluvchi vakuola. Amyobaning tashqi tomoni tiniq parda-plazmolemma bilan o’ra!gan. Sitoplazma aniq ikki qismdan iborat. Sitoplazmaning tashqi birmuncha tiniq va quyuqroq qavati ektoplazma, suyuqroq va donador ichki qavati - endoplazma hisoblanadi. Bu qavatlar o’rtasida ajralib turadigan chegara moddalar bo’lmaydi. Shuning uchun ham ulami biri ikkinchisiga aylanishi mumkin. Amyobaning tanasida soni, shakli va katta-kichikligi bilan bir-biridan farqlanuvchi o’simtalari mavjud. Bu o’simtalar «Soxta oyoqlar» yoki psevdopodiyalar deb ataladi. «Soxta oyoqIar» deb atalishiga sabab, tanasining biror qismidan oyoqlar hosil bo’lsa, qarama-qarshi tomondagi oyoqlar chiqarib sitoplazmaga qo’shilib ketadi. Shu sababli oyoqlarining soni, shakli va hajmi o’zgarib turadi, doimiy emas, shuningdek, amyobaning tana shakli ham har xil ko’rinishda bo’ladi (3-rasm). 14
3-rasm» Bir tomchi suvdagi amyoba - Amoeba proteusning ko'rinishi Amyoba endoplazmasida ovqat hazm qiluvchi, qisqaruvchi vakuolalari va bir dona yadrosi joylashgan. Amyobalar bir hujayrali suv o'tlari va bakteriyalar bilan oziqlanadi. Soxta oyoqlari-psevdopodiyalar harakatlanish organellaiari boMibgina qolmasdan, ular qattiq oziq moddalami qamrab olish vazifasini ham bajaradi. Sitoplazmaga o’tgan oziq atrofida hazm qilish vakuolasi hosil bo’ladi. Tsitoplazmaning fermentlari ta'sirida vakuolada ovqat hazm bo’ladi, hazm boMmagan oziq moddalar amyoba tanasining har xil joyidan hazm vakuolasining yorilishi natijasida tashqi muhitga chiqarib tashlanadi. Oziq moddalarni qamrab olish va hujayra ichki muhitiga tushirib hazm qilinishi fagositoz deb ataladi. Keyingi vaqtda amyobaning ikkinchi usul pinositoz uSuli bilan ovqat moddalarini qabul qilishi ham aniqlangan. Bu yo’l bilan faqat suyuq mahsulotlar so’riladi. Amyobaning tashqi qavatidan sitoplazmaga tomon ingichka naysimon kanal botib turadi. Undan amyoba atrofidagi suyuq modda 15 so’riIadi. Keyin pinotsitoz vakuola uzilib protoplazmaga tushadi. Ovqat hazm qilish vakuolasi doimiy organella emas, ya'ni doimiy ravishda hosil bo’lib, yo’qo!ib, yangidan yana hosil bo’lib turadi. Amyoba hayotida qisqaruvchi vakuola ham muhim ahamiyatga ega. Uning asosiy vazifasi amyoba tanasi ichidagi osmotik bosimni boshqarishdir. Sitoplazmada erigan tuzlarning miqdori atrof muhitdagidan ko’p boMganligi sababli, osmotik bosim ham yuqori bo’ladi. Natijada, atrofdagi suv ektoplazma orqali sizib ichkari kirib turadi. Suv bilan birga suvda erigan kislorod ham sitoplazmaga o’tadi. Amyoba ana shu kislorod orqali nafas oladi. Oqsil va uglevodlarning parchalanishidan hosil bo’lgan qoldiq moddalar, sitoplazmadan to’plangan ortiqcha suv qisqaruvchi vakuolaga to’planadi va amyoba tanasini qoplab turgan membrana orqali tashqariga chiqariladi. Uy haroratida qisqaruvchi vakuola har 5-8 daqiqada bir marta qisqaradi. Demak, qisqaruvchi vakuola osmoregulyatsiya, avirish va nafas olish vazifalarini bajaradi. Amyobaning endoplazmasida bitta yirik yadro mavjud bo’lib, uni faqat maxsus bo’yalgan mikropreparat-Iardagina ko’rish mumkin. Amyoba jinssiz, faqat teng ikkiga bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Bunda dastlab yadro moddalari teng ikkiga ajraladi, so’ngra amyoba tanasi ham ikkiga ajralib, ikkita yosh amyobalar hosil bo’ladi. Oziqa moddalari yetarli bo’lganda va 20° -25 ° haroratda 1-2 kun davomida u bir marta boMinadi. Qulay sharoitda amyoba doimo harakat qilib turadi. Uning harakatlanishi bir tomchi suvning oqishiga o’xshaydi. Turli tashqi omillar (harorat, yorug’lik, kimyoviy moddalar) amyoba harakatiga ta'sir ko’rsatadi. Natijada, amyoba u yoki bu tomonga harakat-lanadi. Noqulay sharoitda (suvda harorat pasayganda va hokazo) amyoba po’st bilan o’ralib sistaga aylanadi. Amyobaning xillari juda ko’p. Ulardan dizenteriya amyobasi - Entamoe histoytica odamning yo’g’on ichagining 16 yuqori bo’limida yoki jigarda parazitlik qiladi. Odam ichagidagi E.coli ham yashaydi, ammo u zararsizdir (4- rasm). Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling