1-mashg’ulot mikroskopning


Download 1.98 Mb.
bet5/75
Sana02.06.2024
Hajmi1.98 Mb.
#1834626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Sarkomastigoforalarga qaysi xil hayvonlar kiradi.
2. Yalong’och amyobaning tuzilishini o’rganish.
3. Yalong’och amyoba qanday ko’payadi.
4. YaIong’och amyoba aks ettirilgan rasmlarni chizing.

19




3 - MASHG’lJLOT
ARSELLA, DIFFLYUGIYA, FORAMINIFERALARN1NG TUZILISHINI 0 ’RGAN1SH
Tip. Sarkomastigoforalar —Sarcomastigophora Sinf. Sarkodalilar —Sarcodina
Kenja sinf. Ildizoyoqlilar —Rhizopoda Turkum. Chig’anoqli amyobalar —Testacea Avlod. Arsellalar —Arcella
Tur. Arsella - Arcella vulgaris Avlod. Difflyugiyalar - Difflugia
Tur. Difflyugiya - Difflugia piriformis Turkum. Foraminiferalar —Fomaninifera Avlod. Foraminifera - Foraminifera
Tur. Foraminifera - Foraminifera polystomella
O'quv mashg 'ulotining maqsadi: chig’anoq!i amyobalar va foraminiferalarning tuzilishi va xilma-xilligi bilan tanishish, ular haqida ma'Iumot berish.
Kerakii jihozlar: chig’anoqIi amyobali suv namunasi, mikroskoplar, buyum va qopIag’ich oynalar, tomizgichlar filtr qog’ozIari, ko'rgazmali vositalar, Petri kosachasi va boshqalar.
Ishning mazmuni. Chig’anoqli amyobalar uncha katta bo'lmagan ko’l,. hovuz, sholipoya suvlari va ko'pdan beri tozalanmagan akvariumning tubida yashaydi. Ularning tanasi sitoplazmadan iborat bo’lib, himoya vazifasini bajaruvchi chig'anoq ichida joylashgan bo'ladi (5-rasm).
20



5-rasm. Chig'anoqli amyobalar
I-Difflugia piriformis; II-Arsella vulgaris; III-Arsella dentate; IV-Henque reusia modesta; V-A.centropyxis; VI-Difflugia corona; VII-Euqypha alveolata.

Arsellaning tuzilishi. Arsellaning chig’anog'i bir kamerali bo’lib, shakli soyaboncha, qalpoqcha ko’rinishida, ranglari esa yosh arsellada tiniq, kattalasha borgan sari sarg'ish va qo’ng’ir tusli bo’ladi. Chig’anoq sof organik moddadan yoki unga aralashgan shishasimon (kremniyli oqsil) moddadan iborat. Chig’anoqning pastki qismida bitta teshigi bo’lib, undan soxta oyoqlari chiqib turadi. Psevdopodiyalari harakat qilish va oziq tutish vazifalarini bajaradi.


Protoplazmasida 2 ta yadrosi va bir necha qisqaruvchi vakuolalari bo’ladi. Arsella ham oddiy boMinish yo’li bilan ko’payadi. BoMinish jarayonida yosh amyobaning bittasi dastlabki chig’anoqda qoladi, ikkinchisi o’z chig'anoqidan chiqib, ma'lum vaqt suzib yuradi va keyinchalik uning tanasida yangi chig’anoq hosil bo’ladi.
Difflyugiyaning tuzilishi. Difflyugiya chig’anog'i

21




noksimon, xurmacha yoki ko’zacha shakllarida bo’ladi. Og'izchasi ingichkalashgan tomonida joylashgan. Chig’a- noq sitoplazmadan ajralib chiqqan suyuqlikdan hosil bo’ladi. Ammo uning tarkibida qum zarrachalari, qo’ng’ir suv o’tlarining chig’anoqlari ham bo’lishi mumkin. Chig’anoq og’zi-teshikchadan 1-2 ta yolg’on oyoqlari chiqib turadi. Ular harakat qilish va oziqani qamrab olish vazifalarini bajaradi. Difflyugiyalar ham amyobalar kabi to’g’ridan- to’g’ri ikkiga bo’linish yo’li orqali ko’payadi.
Foraminiferalarning tuzilishi. Foraminiferalar dengiz va okean hayvonlari, 0 ’rta Osiyoning sho’rlangan yer osti va quduq suvlarida uchraydi. Ulaming sitoplazmatik tanasi turli shakldagi qum va ohaktoshdan tarkib topgan chig’anoq ichida joylashgan. Chig’anog'i himoya vazifasini bajaradi. Foraminiferalar turlariga qarab chig’anoqlari bir kamerali va bir-biri bilan tutashgan ko’p kamerali bo’ladi.
Ko’p kamerali foraminiferalar o’z hayotining dastlabki davrini bitta kamerali chig’anoqda yashashdan boshlaydi. Keyinchalik uning yonida boshqa kameralar hosil bo’ladi. Ammo birinchi paydo bo’lgan chig’anoq kamerasi keyingilariga nisbatan kichik bo’ladi. U embrion kamera deb ataladi. hamma kameralar bir-biridan ular orasidagi to’siqlar bilan ajralib turadi, ammo bu to’siqlarda ko’p mayda teshikchalar mavjud. Shuning uchun ham foraminiferalaming protoplazmatik tanasi bir xonadan ikkinchi xonaga o’tib turadi. Ba'zi foraminiferalaming chig’anoqi devorida mayda teshikchalar bo’ladi. Ular orqali soxta oyoqlari chiqib turadi. Agar bunday teshikchalar bo’lmasa, oyoqlar chig’anoqning oxirgi kam-erasidan tashqariga chiqadi. Foraminiferalar jinssiz va jinsiy yo’l bilan ko’payadi (6-rasm).

22





Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling