1-mashg’ulot mikroskopning
Download 1.98 Mb.
|
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-21-M ASH G ’ULOT
35-rasm. Qoramol solityori - Taeniarhynchus saginatusning
rivojlanish sikli A-asosiy xo’jayin-odam, B-oraliq xo’jayin-qoramol: 1-parazitning umumiy ko'rinishi; 2-parazitning bosh qismi; 3-progiottidlar; 4-tuxum; 5-parazitning lichinkali stadiyasi (finna); 6-finna bilan kasallangan organlar. Qoramollar oshqozonida shiralar ta'sirida tuxumning po'sti erib ketadi va undan chiqqan olti ilmoqli lichinka - on kosfera me'da yoki ichak devorlarini teshib qon tomirlariga o'tadi va qon bilan organizmga tarqaladi. Ular 104 jigar, o’pka, yurak va keyinchalik muskullar orasiga o’tib rivojlanishini davom ettiradi. Shu davrda onkosferaning ilmoqlari yo’qoladi va o’ziga xos lichinka - finna yoki sistiserkka aylanadi. Finna no’xat kattaligicha keladigan pufak bo'lib, uning ichi suyuqlik bilan to'lgan bo’lib, unda solityorning to’rt so’rg’ichga ega boMgan boshi, ya'ni skoleksi qayrilib kirgan bo’ladi. Qoramol solityorining oxirgi xo’jayini-odam finna bilan zararlangan mol go’shtini chala pishirilgan holda iste'mol qilganida parazitni o’ziga yuqtiradi. Odamning ichagida pufak po’sti erib ketadi va undan chiqqan lichinka so’rg’ichlari yordamida ichak devoriga yopishib oladi. Parazit bo’yin qismining ko’ndalangiga bo’linishi natijasida yangi yosh proglotidlar yetishib, tana strobilasi hosil bo’ladi va voyaga yetgan solityorga aylanadi. Cho’chqa solityori (Taenia solium). Tanasining oxirgi qismidagi yetilgan proglottidlar 5-6 tadan birga uzilib, odam najasi bilan birga tashqi muhitga chiqadi. Proglottidlar yorilib, tuxum atrof-muhitga tarqaladi. Bunday tuxumlami yuqtirgan cho’chqalar (oraliq xo’jayin) parazit bilan zararlanadi. Cho’chqa oshqozonida tuxumdan olti ilmoqchali onkosfera chiqadi va u ichakka o’tib ichak devori orqali qonga o’tadi. Qon oqimi bilan organlarga, xususan muskullar, ko’z va miyaga o’rnashadi. Maxsus po’stga o’ralib 2-4 oydan keyin sistotserkka aylanadi. Sistotserk cho’chqa tanasida 3 yildan 6 yilgacha yashaydi. Cho’chqa solityorining oxirgi xo’jayini odam sistotserk bilan me'yoriga yetkazib pishirilmagan cho’chqa go'shtini iste'mol qilishi natijasida parazitni o’ziga yuqtiradi. Oshqozonda ovqatni hazm qiluvchi fermentlar ta'sirida sistotserk pufagi erib ketadi va undan chiqqan lichinka so’rg’ichlari va ilmoqchalari yordamida ichak devoriga yopishib oladi va rivojlanib 2-3 metr uzunlikdagi gijjaga aylanadi. Cho’chqa solityori ham qoramol solityori kabi odamning ingichka ichagida parazitlik qilib hayot kechiradi. Umumiy 105 tuzilishiga ko’ra, qoramol solityoriga juda o’xshash, lekin quyidagi belgilari bilan undan farqlanadi: 1. Cho’chqa solityorining skoleksida ilmoqchalari boMadi, shuning uchun uiami quroilangan soiityorlar deyiladi. 2. Cho'chqa soiityorining oxirgi yetiigan proglottidlarida bachadon 7-10 yon shoxlarga ega, qoramol solityorida esa 18-25 yon shoxlari boMadi. 3. Cho'chqa solityorining oxirgi proglottidiari qoramol solityoriga nisbatan 1,5-2 barobar kalta. 4. Cho’chqa solityorining oraliq xo’jayini asosan cho’chqalar hisoblanadi. Ishning bajarilishi: fiksasiya qilingan solityorlami qora kyuvetka yoki Petri kosachasiga soiib qo’I lupasi yordamida kuzatib, parazit strobilasining oldingi, o'rta va oxirgi qismidagi proglottidlarning shakli, katta-kichikligiga e'tibor bering. Mikroskop yordamida tayyor bo’yalgan preparatlardagi solityoming skoleksi, ilmoqchalari, bo’yin va etuk proglotidlarning tuzilishlarini kuzating. Solityorlami binokulyarlar yordamida ham o’rganing. Ayrim boMakchalarini ajratib olib (soat oynasi yoki Petri kosachasiga soling) buyum oynasidan foydalangan holda mikroskopda kuzating. Topshiriqiarga javob bering va bilimingizni baholang 1. Tasmasimonlaming lichinkalik formasini ayting? A. Merotsidiy; B. Rediya; S. Sporotsista; D. Onkosfera; 2. Tasmasimonlarda jinsiy organlari gavdasining qaysi qismida joylashgan? A. Proglotidalarda; B. Bo’yin qismida; S. Skoleksida; D. Gavdaning chetki qismida. 3. Onkosfera qaysi parazit chuvalchangning lichinkasi? A. Trematoda; B. Zuluk; S. Tasmasimonlar: D. Nematoda; 4. Tasmasimonlarning jinsiy voyaga yetgan formalari qaysi organda parazitlik qiladi? 106
A. Ichakda; B. 0 ’pkada; S. Jigarda; D. Miyada; 5. Metamer jinsiy sistemaga ega hayvonlar? A.Tasmasimon chuvalchanglar; B. Mollyuskalar; S. Bo’g’i- moyoqlilar; D.Trematodalar; 6. Qoramol tasmasimon chuvalchangida qaysi organlar tizimi reduksiyalangan? A.Ovqat hazm qilish; B.Nerv; S.Ayiruv; DJinsiy; 7. Protonefridiy ayiruv tizimi qaysi umurtqasiz hayvonlarga xos? A.Yassi chuvalchanglar; B.Yumaloq chuvalchanglar; S.Halqali chuvalchanglar; D.Bo’g’imoyoqlilar; 8. Tasmasimonlarda proglotidalar gavdaning qaysi qismidan vujudga keladi? A. Skoleksida; B. Gavdaning oxirida; S. Bo'yinda; D. Gav- daning chetida; 9. Qoramol tasmasimonining jinsiy sistemasi nechanchi segmentdan boshlab rivojlangan bo'ladi? A. 100; B. 200; S. 500; D. 800; 10. Tasmasimonlar tuxumidan qanday lichinka chiqadi? A.Sistiserk; B. Pleroserkoid; S. Onkosfera; D. Proserkoid; 11. Qoramol tasmasimonining invaziyali davri nima deyiladi? A. Pleroserkoid; B. Proserkoid; S. Sistiserk; D. Finnna; 12. Qo’y miyasida parazitlik qiluvchi tasmasimorini aniqlang? A. Exinokok; B. Senur; S. Qoramol tasmasimoni; D. Serbar tasmasimon; 13. Senur keltirib chiqaruvchi kasallik nomini aniqlang? A. Skliroz; B. Opistorxoz; S. Ichak kasalligi; D. Tentak; 14. Qurollangan tasmasimonni aniqlang? A.Qoramol tasmasimoni; B. Cho’chqa tasmasimoni; 107 S. Senur; D. Serbar tasmasimon; Mustaqil ish uchun topshiriqlar LTasmasimon chuvalchanglar sinfiga umumiy tavsif bering. 2.Qoramol solityorining tuzilishi, rivojlanish sikli va zarari. 3-Cho’chqa solityorining tuzilishi, rivojlanish sikli va zarari. 4. Qoramol solityorining parazitlikka moslanish belgilari. 5. Qoramol va cho’chqa solityorlarining tuzilishi va rivojlanishi aks ettirilgan rasmlami chizing. 20-21-M ASH G ’ULOT Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling