1-mashg’ulot mikroskopning


Download 1.98 Mb.
bet39/75
Sana02.06.2024
Hajmi1.98 Mb.
#1834626
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

i i i



mevalar, sabzavotlar va suv orqali yuqtiradi. Oraliq xo’jayin (odam va hayvonlar) oshqozon-ichak sistemasiga tushgan tuxumning po’sti erib ketadi va tuxumdan chiqqan onkosfera lichinkasi ichak devori orqali qonga o’tib, ko’pincha jigar, o’pka, buyrak kabi organlarda exinokokk pufagini hosil qiladi. Exinokokkning pufagi murakkab tuzilishga ega. Uning ichida kurtaklanish yo’li bilan hosil bo’lgan birinchi va ikkinchi tartibli pufakchalari bo’ladi. Har bir shunday pufakda bir necha skoleks rivojlanadi. Ba'zan pufaklar soni oshib, qoramollarda og’irligi 65 kg.gacha bo’lgan pufaklar hosil bo’lgan.
Oxirgi xo’jayin!ar-it, bo’ri, tulki va boshqa yirtqich hayvonlar exinokokk pufaklari bilan zararlangan organlarni iste'mol qilishi natijasida ularning ingichka ichaklarida pufaklardagi skoleksli lichinkalardan jinsiy voyaga yetgan exinokokk hosil bo’ladi.
Qo’y miya solityori (Multiceps multiceps). Multiseps yoki senur 0,8-lmetr uzunlikdagi tasmasimon chuvalchang bo’lib, oxirgi xo’jayini it, bo’ri, tulki va boshqa yirtqich go’shtxo’r hayvonlar hisoblanadi. Oraliq xo’jayini esa qo’yIar, ba'zan echkilar, qoramol, tuya va bug’ular, ayrim vaqtlarda odam ham bo'lishi mumkin.
Parazitning tuxumlarga to’la yetilgan proglotidlari xo’jayin axlati bilan tashqi muhitga chiqadi va yorilib undagi tuxumlar atrofga tarqaladi. Tuxumlar o’t, suv bilan qo’ylarga o’tib, ulaming ichagida onkosfera rivojlanadi va ichak devori orqali qonga o’tadi. Qon oqimi bilan ko’pincha bosh va orqa miyaga o’rnashib, rivojalanishini davom ettiradi. Miyada senur pufagi hosil bo’lib, unda 2-3 sm.li skolekslar yetiladi. It, bo’ri va tulkilar parazit bilan zararlangan hayvonlarning bosh va orqa miyasida mavjud boMgan pufaklarni iste'mol qilishi natijasida zararlanadi. Ularning ichagida 41-73 kundan keyin jinsiy voyaga yetgan tasmasimon chuvalchang hosil bo’ladi.
Monieziya (Moniezia expansa). Ular asosan kavsh
12



qaytaruvchi hayvonlar (qo’y, echki, qoramol, bug’u va boshqalar)ning ingichka ichaklarida parazitlik qiladi. Strobilasining uzunligi 1-5 metr.ga teng. Moneiziya biogelmint bo’lib, rivojlanishida ikkita xo’jayin ishtirok etadi. Har xil kavsh qaytaruvchi hayvonlar oxirgi xo'jayin, oribatid deb nomlanuvchi mayda tuproq kanalari esa oraliq xo’jayin hisoblanadi.
Monieziyaning yetilgan proglottidlari asosiy xo’jayin tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Ulardagi onkosferali tuxumlar oribatid kanalar tomonidan yutib yuboriladi. Oribatidlar tanasida onkosfera sistitserkoidga aylanadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar zararlangan oribatid kanalarini o’t va suv bilan yutib yuborishi natijasida parazitni o'zlariga yuqtiradi.
Ishning bajarilishi: fiksasiya qilingan solityorlami kyuvetkaga solib, ulaming tuzilishini qo’l lupasi va binokulyarlar yordamida taqqoslab o’rganing. Xususan, skolekslari, bo’yini va strobiladagi proglotidlaming turli- tumanligiga e'tiboringizni qarating. Exinokokk qo’y miya solityorining pufaksimon lichinkalik stadiyalarini solishtiring. Shuningdek, solityorlardan tayyorlangan tayyor mikropreparatlami ham o’rganing.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Eng uzun tasmasimonni aniqlang?
A. Exinokokk; B. Xo’kiz soliyotori; S. Cho'chqa soliyotori;
D. Kenglentets;

2. Exinokokkning oxirgi xo'jayini?


A. Odam; B. O'txo'r hayvonlar; S. Yirtqich hayvonlar;
D. Umurtqasiz hayvonlar;
3. Voyaga yetgan exinokokk xo’jayini?
A. It; B.Tsiklop; S.Qoramol; D.Odam;
4. Exinokokk rivojlanishining qaysi davrining odamlar uchun
113



xavfli?
A.Finna; B.Tuxum; S.Voyaga etgan; D.To’gTi javob yo’q;
5. Keng tasmasimonning lichinkalik davrlari ni to’g’ri ketma-ketligini aniqlang?
A. Karasidiy, pleroserkoid, finna; B. Karasidiy, proserkoid, pleroserkoid; S. Proserkoid, pleroserkoid, karasidiy;
D. Pleroserkoid, proserkoid, karasidiy;
6. Keng tasmasimonning rivojlanish siklida nechta xo’jayin ishtirok etadi?
A. 2; B. 4; S. 3; D. 1;
7. Keng tasmasimon proserkoidi yopishuv a'zosining nomini aniqlang?
A. Jlmoqli serkomera; B. Juft so’rg’ichlar; S. 4 ilmoqli so’rg’ichlar; D. llmoqchalar;
8. Odam keng tasmasimonning invaziyali lichinkasi bilan nima orqali zararlanadi?
A. Zararlangan jigar; B. Zararlangan baliq go’shti;
S. Zararlangan mol go’shti; D. Zararlangan suvni ichish or- ’ qali;
9. Keng tasmasimonning invaziyali lichinkasining nomini aniqlang?
A. Proserkoid ; B. Karasidiy; S. Finna; D. Pleroserkoid;
10. Exinokokk tanasi necha bo’g’imdan iborat? A. 10-12; B. 8-10; S. 3-4; D.100-200;

11. Exinokokk odamning qaysi organida parazitlik qiladi?


A. Qonda; B. Ichakda; S. Mushakda; D. Jigarda;
12. Exinokokk odam va qoramollarga qanday yuqadi? A.Tuxumlar bilan ifloslangan oziq orqali; B. Finnali go’sht yeganda; S. Tuxumlar bilan ifloslangan qo’1 orqali; D. A-S javoblar to’g’ri;

114




13. Exinokokk invaziyali stadiyasini aniqlang?
A. Proserkoid ; B. Karasidiy; S. Finna; D. Pleroserkoid;
14. Exinokokk asosiy xo’jayinini ayting?
A. Kalamush va o’txo’r hayvonlar; B. Uy sichqoni va parrandalar; S. It va yovvoyi yirtqich hayvonlar; D. Ot, qoramol, qo’y, echkilar;
15. Parazit chuvalchanglarning kelib chiqishi va evol- yutsiyasining to’g’ri tartibini ko'rsating?
A. Bo’shliqichlilarga o’xshash ajdodlar, tana qavati va muskullarining rivojlanishi, parazit chuvalchanglar, ichaksiz kiprikli chuvalchanglar, tuzilishi soddalashgan, ikki simmetriya va organlaming rivojlanishi;
B. Bo'shliqichlilarga o’xshash ajdodlar, tana qavati va muskullarining rivojlanishi, ikki simmetriya va organlaming rivojlanishi, ichaksiz kiprikli chuvalchanglar, tuzilishi soddalashgan, parazit chuvalchanglar;
S. Bo’shliqichlilargao’xshash ajdodlar, tana qavati va muskullarining rivojlanishi, ichaksiz kiprikli chuvalchanglar, parazit chuvalchanglar, ikki simmetriya va organlaming rivojlanishi, tuzilishi soddalashgan;
D. Bo’shliqichlilargao’xshash ajdodlar, tuzilishi sodda- lashgan, ikki simmetriya va organlaming rivojlanishi, parazit chuvalchanglar, ichaksiz kiprikli chuvalchanglar, tana qavati va muskullarining rivojlanishi;
Mustaqil ish uchun topshiriqlar

1. Keng tasmasimonning tuzilishi qanday.


2. Keng tasmasimonning ko’payishi va rivojlanishi qanday boradi.
3. Exinokok qanday tuzilishga, biologiyaga va potogen
ahamiyatga ega.
4. Aylanchak kasalini qaysi hayvon keltirib chiqaradi.

115




5. Finna nima, qayerda uchraydi va qanday ahamiyatga ega.
6. Monieziya qanday tuzilishga, biologiyaga va potogen ahamiyatga ega.
7. Tasmasimon chuvalchanglarning qanday muhim vakillari mavjud.
8. Parazit chuvalchanglarga qarshi qanday kurashiladi.
9. Keng tasmasimon, exinokok, qo’ymiya solityori va monieziyaning tuzilishi va rivojlanishi aks ettirilgan rasmlami chizing.
22 - MASHG'ULOT
ODAM ASKARIDASI MISOLIDA NEMATODALARNING TUZILISHI VA RIVOJLANISHI
Tip. To’garak chuvalchanglar - Nemathelminthes
Sinf. Haqiqiy to’garak chuvalchanglar yoki nematodaiar- Nematoda
Kenja sinf. Sesernentlar - Secernenta Turkum. Rabditidalar - Rabditida
' Avlod. Askaridalar —Ascarida
Tur. Odam askaridasi - Ascaris Iumbricoides

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling