8- "D"sinf ochiq dars ishlanmasi Mavzu: Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari


Download 0.85 Mb.
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246643
Bog'liq
Ochiq va sinov dars


8- "D"sinf ochiq dars ishlanmasi Mavzu: Odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari

Darsning ta'limiy maqsadi: O‘quvchilarni odam tanasi muskullarining anatomik, morfologik tuzilishi, asosiy guruxlar, xillari bilan tanishtirish.

Darsning tarbiyaviy maqsadi: O‘quvchilarni odam tanasi muskullarining asosiy guruhlari tuzilishi hamda vazifalarini tushuntirish orqali ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, gigienik, aqliy va jismoniy tarbiya berish.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O‘quvchilarni odam tanasi muskullarining asosiy guruhlarining fiziologiyasi, ahamiyati haqidagi biologik bilimlarni rivojlantirish, tizimlash, darslik bilan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini, muloqotga kiriahish layoqatini rivojlantirish.

Dars kompitensiyasi: O‘quvchilar odam muskullarining asosiy guruhlarining tuzilishini, vazifasini o‘rganadilar.Uning qismlari mohiyatini yorita oladi.

Dars metodlari:interfaol metodlar

Darsni jixozlash: Muskullar tuzilishini, guruhlarini tasvirlovchi plakatlar.Mavzuga oid ko‘rgazmali metodik qo‘llanmalar hamda muskullar mulyajlari.

Darsning borishi:

Tashkiliy qism:

Salomlashuv, davomat

O‘tilgan darsni so‘rash:

1-topshiriq



Quyidagi berilgan rasmdagi muskullarni joylashishiga ko‘ra nomlang.

2- topshiriq

Quyidagi kasallik belgilariga ko‘ra kasallikni aniqlang.

1.Muskullarining tarangligi ortadi

2.Muskullarining tonusi pasayadi

3.Bosh miya shikastlanganda yoki miyaga qon qo‘yilganda sodir bo‘ladi

4.Qo‘l va oyoq harskatsizlanib osilib qoladi

5.Shol bo‘lgan qo‘l oyoq tarashadek qo‘yib qoladi

6.Orqa miyada joylashgan nerv markazlarining ishi buzilganda kasallik kelib chiqadi

7.Bosh miya po‘stlog‘idagi nerv markazlarining ishi buzilganda kelib chiqadi



Muskullar falajining belgilari va etilogiyasi

Periferik falajlik belgilari va etiologiyasi

























Yangi mavzu bayoni:

Skelet muskullari odam tanasining turli qismlarida quyidagicha joylashgan.bosh, bo‘yin, gavda, qo‘l va oyoq muskullari.

Bosh muskullari:

Chaynash va mimika muskullariga bo‘linadi.Chaynash muskullariga chakka, chaynash muskullari kiradi.Mimika muskullariga ko‘zning aylana, yoshlarni bir biriga yaqinlashtirish, og‘izning aylana muskuli kabilar kiradi.

Bo‘yin va gavda muskullari:

Bo‘yin muskullariga teriosti muskul, to‘sh o‘mrov so‘rg‘ichsimon muskul kabilar kiradi.

Ko‘krak qafasi muskullariga ko‘krakning katta va kichik muskuli, o‘mrovosti muskuli, qovurg‘alararo muskul va diagramma muskuli kiradi.

Qorin muskullari

Orqa muskullariga trapetsiyasimon, otaning sarvar muskuli, rombsimon muskullar kiradi.

Qo‘l muskullar yelka kamar va qo‘l muskullaridan iborat.

Oyoq muskullari son, boldir va oyoq panjasi muskullariga bo‘linadi.

Yangi mavzu yuzasidan topshiriqlar:


Bo‘yin muskullari

1-topshiriq



"Baliq skeleti" sxemasidan foydalangan holda quyidagi topshiriqni bajaring.


Gavda muskullari

Qo‘l muskullari

Oyoq muskullari

Orqa muskullari

2-topshiriq.



Quyidagi muskul guruhlarining ta'riflariga e‘tibor qaratgan holda quyidagi jadvalga berilgan muskullarning tegishli guruhiga joylashtiring.





Bosh muskullari

Chaynash va mimika

Bo‘yin muskullari

Yerosti va to‘sh o‘mrov so‘rg‘ichsimon

Gavda muskullari

Ko‘krak, qorin va orqa

Qo‘l muskullari

Yelka kamari va qo‘l muskullari

Oyoq muskullari

Son, boldir va oyoq panja muskullari

3- topshiriq

Quyidagi tezkor savollarga javob bering.



1.Skelet muskullari odam tanasida qanday tartibda joylashgan?

2.Bosh muskullari va uning vazifasini ayting

3.Bo‘yin sohasida qanday muskullar joylashgan?

4.Gavda sohasida qanday muskullar joylashgan?

5.Qo‘l sohasidagi muskullarni ayting.

6.Oyoq sohasidagi muskullarni ayting.



Uyga vazifa:O‘quvchilar yangi mavzuni darslik va qo‘shimcha internet ma'lumotlaridan o‘qish va muskullarning rasmini chizish.

Sinov darsi



24 сентябрь

Бугун мактаб ўқитувчилари ва ўқув ишлари бўйича директор ўринбосарини таклиф қилган ҳолда 8-синфнинг oдам ва унинг саломатлиги фани бўйича “Тўқималар, органлар ва организм” мавзусидан синов дарсини ўтдим. Дарсни уч босқичга, яъни ташкилий, асосий ва якуний босқичларга бўлиб ташкиллаштирдим. Дарснинг мавзусини, ўқув саволларини доскага ёздим. Дарснинг асосий қисмига 5 минут, асосий қисмига 35 минут ва якуний қисмга 5 минутлик вақт интервалини режалаштирдим. Дарснинг мавзу бўйича мақсадини қатнашчиларга айтиб ўтдим.

Дарснинг асосий қисмида белгиланган мавзуни ёритишга ҳаракат қилдим. Мавзу бўйича белгиланган 3 саволни ёритиб бўлгандан кейин, ҳар бир савол бўйича “шартли равишда” ўқувчиларнинг ўзлаштириш даражасини ўргандим. Бунинг учун олдиндан тайёрлаб қўйилган назорат саволларидан фойдаландим. Қатнашчи сифатида иштирок этаётган биология фан ўқитувчиси Исмоилова Лобарнинг мавзу бўйича саволларига жавоб бердим. Дарснинг якунида ўқувчиларнинг “баҳолари”ни етказишим, мавзуни ўрганиш учун фойдаланадиган адабиётлар рўйхатини дарс қатнашчиларига етказдим.

Дарснинг охирида ўқитувчилар томонидан синов дарсим муҳокама қилинди. Улар дарснинг ютуқли ва камчиликлари тўғрисида гапиришди. Асосий камчиликлар қуйидагилардан иборат бўлди:

- дарс учун режалаштирилган вақт интервалларига ҳар доим ҳам амал қилинмаганлиги;

- мавзуни ёритиш жараёнида ўқитувчи томонидан доскани беркилиб қолиши, бунинг натижасида доскага ёзилган ўқув материалларининг кўринмай қолганлиги;

- дарснинг янада қизиқарли бўлишини таъминлаш учун компьютер технологияларидан фойдаланилмаганлиги.

Умуман дарс олдига қўйилган мақсадга эришилганлиги айтиб ўтилди.
Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling