1-mashg’ulot mikroskopning


Download 1.98 Mb.
bet40/75
Sana02.06.2024
Hajmi1.98 Mb.
#1834626
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

0 ’quv mashg'ulotining maqsadi: odam askaridasi misolida nematodlarning tashqi va ichki tuzilishlarini 0’rganish hamda rivojlanish sikli bilan tanishishdan iborat.


Kerakli jihozlar: fiksasiya qilingan askaridalar, bo'yalgan har xil preparatlar, mikroskoplar, binokulyar va lupalar, kichkina qaychilar, jarrohlik pichog’i, qisqichlar, ninalar, petri kosachasi, tagi mum yoki sham aralashmasi bilan qoplangan vannachalar, suv, buyum va qop!ag’ich oynalar, tomizgichlar va ko’rgazmaIi vositalarlar.
Ishning mazmuni. Odam askaridasi yirik va ayrim jinsli nematodalardan bo’lib, oldingi va keyingi uchlari
116



ingichkalashgan, ya'ni duksimon shaklda bo’ladi. Urg’ochi- sining uzunligi 35-40sm, erkagining uzunligi esa 25-30 sm.ga teng. Askaridalarda jinsiy dimorfizm (ayirmachilik) aniq ifodalangan (39-rasm).

39-rasm. Odam askaridasi - Ascaris lumbricoidesning tuzilishi


A-askaridalaming umumiy ko'rinishi, B-dum qismlarining tuzilishi: 1-urg’ochi askarida; 2-erkagi; 0-og’iz teshigi; b-jag’ o'simtalari; i-urg’ochilik jinsiy teshigi; a-anal teshigi; c-kloaka; s-spikula; d-dum.
Erkagi kichik, ingichka va dum qismi ilmoqqa o’xshash, qorin tomonga qarab qayrilgan (gajaksimon). Urg’ochilari yirik va yo’g’onroq, tana shakli to’g’ri. Askaridaning gavdasi ko’p qavatli kutikula bilan qoplangan. Kutikula askaridani mexanik ta'sirlardan va zaharli moddalardan himoya qiladi. Kutikula o’tkazgich xususiyatiga ega boMganligi uchun tanasi doimo tarang (turgor) holatda bo'ladi. Kutikulaning ostida gipoderma joylashgan. Gipoderma shakli o’zgargan
117



epitelial to’qimalar bo’lib, hayvonlarning yosh davrida undagi hujayralar bir-biridan aniq farqlanadi. Lekin keyinchalik ularning chegarasi yo’qolib, protoplazmasi qo’shilib ketadi va yadrolari tarqoq holatda bo'lib ko’rinadi. Gipodermadan keyin bo’yicga cho'zilgan bir qavatli muskullar joylashadi. Askaridaning tanasi ko'ndalangiga kesilsa, to’garak yoki doira shaklini oiadi, shuning uchun bularga yumaloq chuvalchanglar deb nom berilgan.
Tananing oldingi uchida uchta lablari og’iz teshigini o’rab turadi. Ovqat hazm qilish sistemasi oldingi, o’rta va orqa ichaklardan iborat. Oldingi va orqa ichakning ichki yuzasi kutikula bilan qoplangan. Askarida urg’ochilarining orqa ichagi qorin tomonda anal teshik bilan tashqariga ochiladi. Erkaklarida esa anal teshigi jinsiy teshigi bilan qo’shilib kloaka hosil qiladi va tananing oxirgi qismidan tashqariga ochiladi. Undan bir juft spikula (qo’shilish organi) chiqib turadi.
Askaridaning ayiruv sistemasi bir juft ayirish naychalaridan iborat bo’lib, ular tananing ichki yon tomonida gipoderma qavatida joylashgan maxsus valiklar ichidan o’tadi. Bu naychaiaming orqa uchi berk bo’lib, tananing oldingi qismida — qizilo’ngachga yaqin joyda tashqariga ochiladi. Naychalar bitta hujayradan iborat bo’lib, yagona yadroga ega. Bundan tashqari, shu naychalar ustida joylashgan 4 ta fagotsit (qamrab oluvchi) hujayralar ham ayiruv vazifasini bajaradi. Ular askarida tanasiga kirgan yot moddalarni va mikroorganizmlami yutib, ulardan organizmni tozalashga yordam beradi. Askaridaning nerv sistemasi tomoq’ oldi nerv xalqalaridan iborat bo’lib, undan tananing oldingi va orqa qismlariga tomon nerv tolalari yo’naladi.
Askaridalar ayrim jinsli. Jinsiy organlari uzun nay shaklida tuzilgan. Urg’ochilik jinsiy organlari bir juft naydan iborat bo’lib, nayning eng oldingi ingichka uchi tuxumdon, undan keyin biroz kengaygan qismi esa tuxum yo’llarini tashkil etadi. Bu yo’llar yana kengayib (yo’g'onlashib) juft
118



bachadonni hosil qiladi va o’zaro qo’shilib, tananing o’rta qismida jinsiy teshik bilan tashqariga ochiladigan qinga aylanadi. Erkaklik jinsiy teshigi toq naydan iborat bo’lib, nayning eng ingichka uchi urug'don, yo'g'onlashgan qismi esa urug’ yo’li vazifasini bajaradi. Urug’ yo’li o’z navbatida urug’ to’kuvchi kanalga o’tib, kloakaga ochiladi. Kloaka ichida kutikuladan iborat bo’lgan ikkita spikula, ya'ni qo’shilish organi joylashgan.
Odam askaridasi oraliq xo'jayinsiz rivojlanadi. Parazitning yagona xo’jayini odam hisoblanadi (40-rasm). Odam ariq va hovuz suvlarini qaynatmasdan ichishi, meva va sabzavotlami yuvmasdan iste'mol qilishi oqibatida askaridaning tuxumlarini o’ziga yuqtiradi. Odam ichagiga tushgan tuxumlardan lichinkalar chiqadi.
40-rasm. Odam askaridasining rivojlanisb sikli

Lichinkalar ichak devorini teshib qonga o’tadi va qon oqimi bilan jigar, yurak va undan o’pka alveollarga yetib boradi. So’ngra alveollar devorini teshib, nafas yo’liga o’tadi. Keyinchalik bronxlar va kekirdak orqali og’iz bo’shlig'iga va u yerdan so’laklar bilan oshqozon orqali


119




ichakka borib rivojlanishni davom ettiradi. Odam organizmida askaridaning murakkab migratsiyasi 10-12 kun davom etadi.
Ishning bajarilishi: fiksasiya qilingan cho’chqa askaridasining 2-3 tasini vannachaga qo’ying. Qo’l lupasi yordami (yoki binokulyarda) kuzatib, uning tana tuzilishiga e'tibor bering: oldingi va keyingi uchlarini toping, keyin ularning jinsini aniqlang. Askaridalarning ichki tuzilishini o’rganish uchun uni vannachaga qorin tomoni bilan qo’yib, oldingi va keyingi uchlarini ninalar yordamida vannachadagi mumga sanching. Keyinchalik chap qo’l bilan askarida vannacha tubiga bosib turiladi va o’ng qo’l bilan tananing keyingi qismining yelka tomonidan kutikula ko’ndalang qirqiladi. Kutikula uzunasiga ham kesilib, to’g’nag’ichlar bilan vannachaga sanchiladi. Qo’l lupasi yordamida askaridaning barcha organlari, xususan ovqat hazm qilish, jinsiy organlari sistemasi, ayirish naychalarini kuzating (albatta vannachaga suv solingan bo’lishi lozim).
Askaridaning tuxumlarini ko’rish uchun bachadonning qinga yaqin qismidan kichik bir bo’lagini qirqib olib, buyum yoki soat oynasiga qo’ying va mikroskopda tuxumning tuzilishini o’rganing. Mikropreparatlardan askaridaning ko’ndalang kesishni kuzatib, turli xil, ya’ni jinsiy hamda hazm organlarini aniqlang.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling