1-mashg’ulot mikroskopning


Download 1.98 Mb.
bet49/75
Sana02.06.2024
Hajmi1.98 Mb.
#1834626
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

TOK SHILLIGT MISOLIDA QORINOYOQLI MOLLYUSKALARNING TUZILISHI
Tip. Mollyuskalar yoki yumshoqtanlilar - Mollusca Kenja tip. Chig’anoqliIar - Conchifera
Sinf. Qorinoyoqlilar - Gastropoda
Kenja sinf. 0 ’pkali mollyuskalar - Pulmonata Turkum. Poyacha ko’zli!ar - Stylommatophora Avlod. Heliks - Helix
Tur. Tok shillig’i - Helix pomatia
Ishning maqsadi: qorinoyoqli mollyuska tuzilishini o’rganish.
Kerakli jihozlar: fiksasiya qilingan tok shillig’i, vannachalar, ninalar, qaychilar, jarrohlik pichoqlari, lupalar, mikroskoplar va ko’rgazmali vositalar.
Ishning mazmuni. Tok shillig’i uzumzorlarda, bogMarda, o’rmonlar va butazorlarda yashab o'simlik barglari bilan oziqlanadi. U quruqlikda yashovchi shilliq- qurtlar orasida eng yirigidir. Uning tanasi ustki tomonidan mollyuskalarga xos bo’lgan uch qavatli chig’anoq bilan qoplangan (48-rasm).
143



6
48-rasm. Tok shillig'ining tuzilishi
1-bosh; 2-lab paypaslagichi; 3-ko’z paypaslagichi; 4-ko’zi; 5-og’iz bo'shlig'i; 6-oyog'i; 7-jinsiy teshik; 8-nafas olish teshigi; 9,13-chig’anoq; (9-cho’qqisi, 10,11-gajaklar, 12-og’izcha, 13-og’izchaqirrasi).

Ularning chig’anog’i bir butun va o’ng tomonga spiral bo’raigan. Har bir aylanmalar bir-biridan chok deb ataluvchi yo’llar bilan ajralib turadi. Chig’anoq bo’shlig'iga kiradigan teshik chig’anoq og’zi deb ataladi. Bu teshikdan chig’anoq boshi va oyog’i chiqib turadi. Chig’anoq bo’shlig'ida butun gavda joylashgan. Tok shillig’ining gavdasi bosh, ichki organlar joylashgan tana va muskulli oyoq qismlaridan iborat. Bosh qismida og’iz va ikki juft paypaslagichlari joylashgan. Ikkinchi juft paypaslagichlarining uchida bir juft ko’zlari bo’ladi. 0 ’ng tomonidagi ko’z paypaslagichining ostida jinsiy teshigi mavjud. Oyog’i keng va yassi, ovalsimon shaklda. Mollyuska oyoq muskullarining toTqinsimon qisqarishi tufayli sekin-asta siljib harakat qiladi. Oyog'ining ustida joylashgan tanasi spiral shaklda buralgan. Tanasining pastki tomoni mantiya burmalarini hosil qiladi. Mantiya ostida mantiya bo’sh!ig'i joylashgan.


Mantiya bo’shlig'iga orqa chiqaruv teshigi va siydik yoTi ochiladi. Tok shilligTning ovqat hazm qilish sistemasi ogTzdan boshlanadi. OgTz bo’shlig’ida xitindan iborat arrasmon tilcha (radula) boTib, uning yordamida o’simlik barglarini qirqib ovqatlanadi. OgTzdan keyin halqum, undan keyin qizilo’ngach boshlanib, kengaygan jig’ildonni hosil
144



qiladi. Jig’ildonning orqa qismi torayib borib, jigar bilan bogMangan oshqozonga ochiladi. Oshqozondan ozuqa jigar yo’li orqali jigarga tushib hazm bo’ladi, hazm boMmagan qismi yana qaytadan oshqozonga tushadi va undan orqa ichakka chiqariladi. Orqa ichak anal teshigi bilan tugaydi. qon aylanish sistemasi yurak qorinchasi, yurak boMmasi va yurak oldi bo’shlig'idan iborat. Ayiruv organlarini bitta katta buyrak tashkil qiladi. Uning yoMi nafas olish teshigining yonida ochiladi. Nerv sistemasi tarqoq holda joylashgan besh juft nerv tugunidan iborat. Bir juft bosh nerv tuguni (tserebral gangliya), bir juft ichki organlar nerv tuguni (vitseral gangliya), bir juft oyoq nerv tuguni (pedal gangliya), bir juft plevral va bir juft parietal gangliyalardan tuzilgan. Nafas olish organi-o’pka vazifasini o’zgartirgan mantiya bo’shlig'i bajaradi.
Ishning bajarilishi: fiksasiya qilingan tok shillig’ini
shisha plastinka yoki Petri kosachasiga solib, asosiy organlari: chig’anoq, muskulli oyoq, paypaslagichlar, ko’z- lar, og’iz, jinsiy teshik va boshqa qismlarini topib, ulaming tuzilishiga e'tiboringizni qarating. So’ngra shilliqni stol ustiga qo’yib, chig’anog’ini ehtiyotlik bilan bolg’acha yordamida urib sindiring va maydalangan chig’anoq boMaklarini pinset yordamida olib tashlang. Oyoq kafti bilan vannachaga joylashtirib, ninalar bilan vannacha tubiga qadab ustidan suv quying. So’ngra qaychi yordamida tanani yorib ichki organlarini aniqlang. Tirik dala shilling'ini shisha boMakchalari ustiga qo’yib, uning harakatini kuzating. Shishaning ustida siljib ketayotgan mollyuskaning izida qolayotgan shilimshiq moddani kuzating. Shilliqqurtning paypaslagichlariga nina tegizib, ta'sirlanishiga e'tibor bering. Qo’1 lupasi yordamida paypaslagichlardagi ko’zlami, jinsiy va nafas olish teshikchalarini toping. 0 ’zbekistonda uchraydigan chig’anoqli shilliqlaming vakillarini ham o’rganing.

145





Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling