1-mashg’ulot mikroskopning


-rasm. Dafniya-Daphnia pulex


Download 1.98 Mb.
bet56/75
Sana02.06.2024
Hajmi1.98 Mb.
#1834626
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg\'ulotlari

54-rasm. Dafniya-Daphnia pulex (urg'ochi)
1-murakkab ko’z; 2-oddiy ko’zcha (nauplius); 3-miya; 4-boshning qorin qismi; 5-antennullalar; 6-antenna; 7-yuqori jag’; 8-ichak; 9-jigar o'simtasi; 10-maksilyar ayirish bezi; 11-yurak; 12-tuxumdon; 13-nasl kamerasi;
14-qorinning orqa o’siqlari; 15-orqa o'siq; 16-killar; 17-qorin; 18-qorin oyoqlari; 19-birinchi juft qorin oyog'i.

Ko’krak qismidagi 5 jufit yassi oyoqchalarida jabralari mavjud. Bu oyoqchalar suvdagi oziq moddalarni (mikroorganizmlar, suv o'tlari va sodda hayvonlarni) sizib olishda ham ishtirok etadi.


Dafhiyaning og’zi tananing oldingi uchida joylashgan bo’lib, u yuqori lab bilan yopilgan. Og’izdan keyin
160



boshlanadigan qisqa qizilo’ngach o’rta ichakka ochiladi. U esa o’z navbatida orqa ichakka ulangan. Yurak tananing yelka tomonida joylashgan bo’lib, dafniyalarda qon lomir boMmaydi. Dafniyalar ayrim jinsli. Erkaklari urg’ochilaridan kichikroq.
Sikloplar ham dafniyalar kabi chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Tanasi yelka tomondan qorin tomonga qarab yassilangan boTib, uzunligi 1-2 mm.dan iborat. Siklopning tanasi boshko’krak va qorin qismlariga ajraladi (55-rasm).
55-rasm. Siklop-Cyclops strenuous (urg’ochisi)
1-ko’z; 2-antennulla; 3-antenna; 4-boshko’krak; 5-ko’krakning erkin segmentlari; 6-qorinning jinsiy segmenti; 7-tuxum xaltalar; 8-dum ayrisi; 9-ichak; 10-ko’krakning bo'ylama muskullari; 11-tuxumdon.

Boshko’krak 5 segmentdan, qorin qismi esa urg’ochi- larida 4 ta, erkaklarida 5 ta segmentdan tashkil topgan. Qorin qismining oxirgi uchi ayricha bilan tugaydi. Boshko’kragida 2 juft mo’ylovlari boTib, ularning birinchi jufti-antennula ikkinchi jufti-antennalarga nisbatan uzunroq boTadi. Erkak- larida birinchi juft mo’ylovlarining uchki qismi qayrilgan boTib, juftlashish vaqtida urg’ochilarini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Urg’ochilarining ikki yon tomonida


161



urugMangan tuxumlarga ega bo’lgan juft tuxum xaltalari bo’ladi. Siklopning ko’krak qismida 4 juft ikki ayrichali oyoqlari mavjud bo’lib, ular suvda suzish uchun xizmat qiladi.
Sikloplarda jabra bo’lmasligi sababli, butun tana yuzasi bilan nafas oladi. Yuragi yo’q, qon aylanish sistemasi juda sodda tuzilgan.
Ishning bajarilishi: bir nechta tirik dafniyalarni suv toMdirilgan stakanga solib, yorug’ joyga qo’ying. Ularning harakatini qurollanmagan ko’z orqali yoki lupa yordamida kuzating. Xuddi shu usulda siklopning harakatini ham kuzating, ularning harakatidagi tafovutlami aniqlang.
Dafniyaning tuzilishini o’rganish uchun tomizgich yordamida uni tutib, buyum oynasini ustiga qo’ying, ustini mumli yoki plastilinli qoplag’ich oynacha bilan yoping va tayyor preparatni mikroskopning kichik ob'ektivi orqali kuzating. Dafniya tanasini qoplab turgan tiniq chig’anog'iga, bosh tomonida joylashgan antennasi va murakkab ko’ziga e'tibor bering. Ko’krak oyoqlarining tuzilishini kuzatib, ulaming to’xtovsiz harakatlanishiga diqqat qiling. Shundan
• so’ng dafniyaning yelka tomonida chig’anoqning ostida
, joylashgan va doim bir me'yorda urib turuvchi yuragini toping va kuzating. Xuddi shu usullarda sikloplami ham kuzating.



Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling