Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1. Ikki pallali mollyuskalarning tuzilishidagi o’ziga xoslik.
2. Anadontaning tashqi va ichki tuzilishidagi muhim belgilar.
3. Anadonta ko’payishi, rivojlanishi va ahamiyati.
4. Boshoyoqlilaming bioekologiyasi va ahamiyati?
5. Anadontaning morfo-anotomik tuzilishi aks ettirilgan rasmlami chizing.
29 - MASHG’ULOT
DARYO QISQICHBAQASI MISOLIDA QISQICHBAQASIMONLARNING TUZILISHIVA RTVOJLANISHI
Tip. Bo’g’imoyoqIiIar - Arthropoda
Kenja tip. Jabra bilan nafas oluvchilar - Branchiata Sinf. Qisqichbaqasimonlar - Crustacea
Kenja sinf. Oliy qisqichbaqasimonlar - Malacostraca Turkum. 0 ’noyoqlilar - Decapoda
Avlod. Astakus - Astacus
Tur. Daryo qisqichbaqasi - Astacus astacus
O'quv mashg’ulotining maqsadi: bo’g’imoyoqIilar tipiga kiruvchi daryo qisqichbaqasining tuzilishi va ko’payishi bilan tanishish.
Kerakli jihozlar: fiksasiya qilingan daryo qisqichbaqalari, qo’l lupalari, o’tkir uchli qaychilar, pinsetlar, jarrohlik pichog’i, ninalar, vannachalar, karton bo'laklari, yelim, tablisalar va ko’rgazmali vositalar.
Ishning mazmuni. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvlarda (asosan daryo suvlarida) yashaydi. Uning uzunligi, yoshiga qarab, 8-15 sm atrofida bo’ladi. Qisqichbaqaning gavdasi xitinli kutikula bilan qoplangan bo’lib, u
152
boshko’krak va qorin qismlariga bo’linadi. Boshko'kruk qismi umumiy qalqon-karapaks bilan qoplangan. II boshining uchki qismida ponasimon o’simta-rostrum bilan tugallanadi. Boshko’krak qalqoni ikki yon tomoni bilan jabra bo'shlig'ini qoplab turadi. Harakatchan ikkita murakkab ko’zlari peshona tikanining asosida yashirinadi (51-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |