1-Mashg’ulotga oid savollar savollar «Falsafa» tushunchasining mohiyatini qanday tushunasiz?
Download 21.92 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafaning bahs mavzulari nima
- Falsafaning umuminsoniyligi deganda nimani tushunasiz
- Falsafa milliy bolishi mumkinmi
- «Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari.
- Falsafiy dunyoqarashning vazifalari nimalardan morat
- 7. Ozbekistonda yangi dunyoqarashni shakllantirish vazifalari.
1-Mashg’ulotga oid savollar savollar «Falsafa» tushunchasining mohiyatini qanday tushunasiz? «Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi. Har qanday noma’lum so‘z mazmunini uning etimologiyasidan, ya’ni u qachon, qanday va nima uchun yuzaga kelganini aniqlashdan boshlash o‘rinli bo‘ladi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo – sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, mazkur atamaning dastlabki ma’nosini donolikka muhabbat deb talqin qilish mumkin. Falsafa so‘zini ilk bor qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, an’analar orqali) avloddan avlodga o‘tuvchi bilim va inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va borliqni tanqidiy tushunish yo‘li bilan olishi mumkin bo‘lgan bilimni farqlash maqsadida ishlatgan. Falsafaning bahs mavzulari nima? Falsafaning umumbashariy fan ekani uning bahs mavzulari va asosiy muammolarini belgilab beradi. Shu ma'noda odam va olam, ularning ibtidosi va intihosi, hayoti va o'zaro munosabatlari, inson tafakkuri, tabiat va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari falsafa uchun azaliy muammolardir. Shu bilan birga, muayyan davrda tug'iladigan va hal etiladigan o'tkinchi muammolar ham bo'ladi. Ular abadiy muammolar darajasiga ko'tarilmasa-da, o'z davrining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqani uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Falsafaning umuminsoniyligi deganda nimani tushunasiz? . Aslida yuqorida zikr etilgan umuminsoniy mavzu, masala va muammolarning barchasi avval- boshda xususiy, milliy, mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar tarzida namoyon bo'ladi. O'z yurti, millati, ota-onasi va yor-birodarlarini sevgan vatanparvar inson, avvalo, ana shularning kamoli uchun qayg'uradi, ularni o'ylaydi, ularga xizmat qilishni oliy saodat deb biladi. Bunday shaxs dunyoqarashida ana shu jihat va xususiyatlar albatta aks etadi. Bu esa, o'z navbatida, umuminsoniy fan bo'lgan falsafada milliylikning aks etishiga asos bo'ladi.Umuminsoniylik - vatansizlik (kosmopolitizm) bo'lmagani singari, milliylik ham - milliy qobiqqa o'ralish, milliy mahdudlik degani emas. Falsafa milliy bo'lishi mumkinmi? Albatta, falsafa umuminsoniy fan sifatida bashariyatga doir umumiy muammolarni qamrab oladi. Ma'lumki, olam va odam munosabatlari, jamiyat va tabiatni asrash, umrni mazmunli o'tkazish, yaxshilik va yomonlik kabi qadriyatlar bilan bog'liq masalalarning barchasi insoniyat uchun umumiydir. Ammo falsafada muayyan milliy xususiyat, maqsad va intilishlar ham o'z ifodasini topadi. «Dunyoqarash» tushunchasi, uning mohiyati va tarixiy shakllari. Falsafiy dunyoqarash asosida kishilar obyektiv olamdagi narsa va hodisalar, jarayonlar o'zidan boshqa narsalar bilan ichki, zaruriy, muhim va asosiy aloqadorlikda, ta'sir va aks ta'sirda ekanligini chuqur anglab oladilar. Falsafiy dunyoqarashning o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundan iboratki, u dunyo qanday bulsa, uni shundayligicha, xech qanday uydirmalarsiz, mubolag'alarsiz tushuntiradi. Falsafiy dunyoqarash kotib kolgan emas, balki doimiy ravishda o'zgarib, rivojlanib, boyib va takomillashib boradigan dunyoqarashdir.
Falsafiy dunyoqarashning vazifalari nimalardan morat? Dunyoqarash tushunchasi - Inson uzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi, unga baho bеrishi, хulosa chiqarishi bulib, dunyoni inson ongidagi uziga хos inъikosidir. Insonning ўziga va uni qurshab turgan borliqqa bulgan munosabatlarini ifodalaydigan ko’nikmalari, malakalari, bilimlari хamda dunyoni amaliy va nazariy o’zlashtirish hamdir.
Lekin sizning hayolingizda beixtiyor «Milliy falsafa bo'lishi mumkinmi? Axir, yuqorida falsafaga o'z mohiyati bilan umuminsoniy fandir, degan ta'rif berildi-ku?» – degan savollar charx urishi mumkin. Bu - o'ziga xos milliy taraqqiyot yo'lidan ketayotgan barcha xalqlar falsafasi uchun daxldor bo'lgan savollardir. Agar biz yuqorida qayd etilgan muammolarga milliy manfaatlarimiz nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak, O'zbekistonda bu yo'nalishni rivojlantirish zarurati yetilganini anglaymiz. Download 21.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling