1-mashq. ≤ x ≤ l sterjenning yon sirti issiqlik o’tkazmaydi, ikkala uchi berilgan temperaturada ushlanadi. Sterjenning temperaturasini aniqlash bo’yicha chegaraviy masalani qo’ying. 2-mashq
Download 162.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Amaliy 7-9-1
4.1-mashq. 0 ≤ x ≤ l sterjenning yon sirti issiqlik o’tkazmaydi, ikkala uchi berilgan temperaturada ushlanadi. Sterjenning temperaturasini aniqlash bo’yicha chegaraviy masalani qo’ying. 4.2-mashq. (Bu masalaga 8-bobda delta-funksiyani o‘rgangandan keyin qaytib keling.) Ingichka cheksiz termoizolyatsiyalangan sterjen bo‘yicha t = 0 vaqtdan boshlab o‘ng tomonga v tezlik bilan issiqlik manbai harakat qilayapti. Uning quvvati q ga teng. Sterjen bo‘yicha issiqlik tarqalishi masalasi qo‘yilsin. 4.3-mashq. Radiusi R bo‘lgan bir jinsli sharning ichida t = 0 dan boshlab o‘zgarmas zichlik Q bilan taqsimlangan issiqlik manbalari ta’sir qila boshlaydi. Shar nuqtalarining boshlang‘ich temperaturasi faqat markazgacha bo‘lgan masofaga bog‘liq deb issiqlik tarqalishi masalasini quyidagi chegaraviy shartlarda qo‘ying: a) shar sirtida nolga teng temperatura ushlanib turibdi; b) shar sirtida temperaturasi nolga teng bo‘lgan tashqi muhit bilan Newton qonuni bo‘yicha konvektiv issiqlik almashinishi ro’y berayapti. 4.4-mashq. Radiusi R va boshlang‘ich temperaturasi nolga teng bol‘gan bir jinsli shar berilgan. Shar sirtining hamma nuqtalari o‘zgarmas q oqim bilan isitilyapti. Shar ichidagi temperatura taqsimoti masalasini qo‘ying. 4.5-mashq. Asosining radiusi a va balandligi h bo’lgan bir jinsli silindr berilgan. a) Quyidagi hollarda silindrning barqaror taqsimlangan (vaqtga bog‘liqlik yo‘q) temperaturasini topish bo‘yicha chegaraviy masala qo‘yilsin: b) Quyi asos temperaturasi nolga teng, yon sirti issiqlik o’tkazmaydi, yuqori sirti temperaturasi u 0 (r); c) Quyi asos temperaturasi nolga teng, yon sirti esa temperaturasi nolga teng tashqi muhit bilan sovutilyapti, yuqori sirti temperaturasi u 0 (r). Download 162.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling