1-mashq. Jonli so‘zlashuv nutqiga xos so‘zlarni yozma adabiy tilda yozing.
Namuna: suyundi – sevindi
Anjon, Samarqan, Toshan, do‘slik, ishliyman, ko‘yni, obketaman, to‘r, ishka, silar, bo‘maydi, abzal, maxtanchoq, dasro‘mol, daslabki, taxsimlamoq, mazza, bironta, aynalmoq, ushta, uchchala, to‘rttala.
Javob: Andijon, Samarqand, Toshkent, do’stlik, ishlayman, ko’ngli, olib ketaman, to’rt, ishga, sizlar, bo’lmaydi, afzal, maqtanchoq, dastro’mol, dastlabki, taqsimlamoq, maza, birorta, aylanmoq, uchta, uchtasi, to’rttasi.
2-mashq. Quyida berilgan gaplarda qanday xatolarga yo‘l qo‘yilganligini aniqlang.
Valentina Matviyenko chiqqan jurnallar qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. 2. Oliygohda ta’lim olasanmi? 3. Futbol faqat erkaklar uchun emas, biz ayollar ham ishqibozmiz. 4. Hozirda korxonada 35 kishi ishlamoqda, ularning 15 nafarlari gretsiyalik mutaxassis. 5. Bolgariyaning Qoradengizidagi port shahri vokzalida boshqa turistlar qatori do‘stlar bizni ham iliq chehra bilan kutib oldilar.
Javob:
1.Valentina Matviyenko haqida chop etilgan jurnallar qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi. 2. Oliygohda ta’lim olasizmi? 3. Futbol faqat erkaklar uchun emas, biz ayollar ham muxlisamiz. 4. Hozirda korxonada 35 kishi ishlamoqda, ularning 15 nafari gretsiyalik mutaxassislar. 5. Bolgariyaning Qoradengizidagi port shahri vokzalida boshqa turistlar qatori do‘stlarimiz bizni ham iliq chehra bilan kutib oldilar.
Axmadjonov Axror
Do'stlaringiz bilan baham: |