1-mashq. Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang
Download 395.03 Kb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU AKADEMIK YOZUV VA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javob Ilmiy uslubga mansub. Ilmiy uslubni o’ziga xos xususiyatlari: daliliy munosabatlar asosida chaqirilgan
- Javob. Ilmiy uslubga mansub. Ilmiy uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa va hodisalar to’g’risida
1-mashq. Matnni ko‘chiring. Qaysi nutq uslubiga mansub ekanligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang. Atomlar kimyoviy bo‘linmaydigan zarralardir. Bir xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar oddiy moddalar deyiladi. Ularga vodorod va kisloroddan tashqari grafit, oltingugurt hamda barcha turdagi metallar: temir, mis, magniy va boshqalar kiradi. Har xil turdagi atomlardan tashkil topgan moddalar murakkab moddalar deyiladi. Suv, karbonatangidrid, mis (II) oksidi shular jumlasidandir. Javob Ilmiy uslubga mansub. Ilmiy uslubni o’ziga xos xususiyatlari: daliliy munosabatlar asosida chaqirilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi fikrini aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchu uslubdir. 2-mashq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Gaplarni qaysi nutq uslubiga mansubligini va o‘ziga xos uslubiy vositalarini aniqlang. Ultra tovushlar kashf etilgunga qadar har qanday tovushni qabul qilish vositasi insonning eshitish a’zosi bo‘lgan quloq deb hisoblangan. Tovush to‘lqinlarining vujudga kelishi va tarqalishi bilan bog‘liq hodisalar akustik hodisalar deb yuritiladi. Hozirgi paytda tovushning havodagi tezligi normal sharoitda 33m/sekundga teng bo‘lsa, suvdagitezligi 1500 m/sekund, po‘latdaesa 6000 m/sekund ekanligi o‘lchov asboblari yordamida aniqlangan. Javob. Ilmiy uslubga mansub. Ilmiy uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa va hodisalar to’g’risida aniq, asoslangan izchil malumot beradi. Unda adabiy til meyorlariga qat’iy amal qilinadi. 1-topshiriq. FSMU jadvalini tuzing. Bunda bеqiyos odob namunasi bu, avvalo, o‘qituvchining go‘zal nutqida o‘z ifodasini topadi, - dеgan fikrga asoslaning. AMALIY KO‘NIKMA Misol keltiring Fikringizni umumlashtiring Javob Nutq mezonlariga amal qilgan holda tuzilgan nutq tinglovchilarga yaxshi yetib boradi. Buning uchun nutqning to’g’riligi, nutqning aniqligi, nutqning mantiqiyligi va tozaligiga e’tibor berish kerak. Misol keltiring: - O’qituvchi: bugungi mavzumiz vapshe dolzarb mavzu. Bugungi hayotimizdagi … ro’y berayotgan muommolar bilan bog’liq. Fikringizni umumlashtiring: “Hamma qobiliyatlardan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir. Nutqni juda yaxshi va san’atkorona o’rganib ol, doimo gapga chechan bo’lishga harakat qil. Nutqi shirin kishining mehribon kishilari ko’p bo’ladi. 2-topshiriq. Venn diagrammasidan foydalanib badiiy uslub, ilmiy uslub va publitsistik uslubning xususiyatlarini taqqoslang hamda tahlil qiling. Javob Badiiy uslubdan asosan badiiy asarlarda foydalaniladi. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir. Bu uslubda kishi hayotining hamma tomonini qamrab oladi Fan-texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Ilmiy xulosalarga asoslanuvchi har bir fan sohasining o’ziga xos atamalariga tayanuvchi fikrni aniq mantiqiy bayon etadi. Publitsistika “lotincha” xalq, omma manolarini anglatadi. Davrning dolzarb munosabatlarini tinglovchilarga, ommaga gazeta,jurnal,radio orqali kishilar onggiga yetkazishdan iborat Download 395.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling