1-mashq. Matnni o'qing. Tushunganlaringiz haqida so'zlab bering. Hunar xosiyati
Download 112 Kb. Pdf ko'rish
|
kitobcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mashq. Matnda ajratib korsatilgan sozlarni asos va qoshimchalarga ajrating. Namuna
HAQIQIY XAZINA. SO'Z YASOVCHI QO'SHIMCHALAR. 1-mashq . Matnni o'qing. Tushunganlaringiz haqida so'zlab bering. Hunar xosiyati ( Ertak ) Aytishlaricha, Gushtasp (Erondagi kayoniylar sulolasining beshinchi hukmdori) kunlardan birida o‘z Vatanidan ayrilib, begona bir shaharga kelib qoldi. Uning yonida biror chaqa ham yo‘q edi. Yeyishga narsa topolmay, biroz to‘xtab, temirchilarning pichoq va bolta yasashlarini tomosha qilar edi va uning siridan birmuncha voqif bo‘lib qolgan edi. Gushtasp ko‘p o‘ylab o‘tirmay, temirchilarning oldiga bordi va ularga dedi: O'zak yoki negizga qo'shilib, uning ma'nosi bilan bo'gliq bo'lgan so'z yasovchi qo'shimchalar so'z yasovchi qo'shimchalar deyiladi: ish-chi, gul-chi, mard-ona, gul-la, qish-ki, qahramon-larcha, majbur-an kabi. So'z yasovchi qo'shimchalar yordamida bir so'z turkumdan boshqa so'z turkumiga xos so'zlar yasaladi. Masalan: suv, chiroy, odam, harakat- ot; suvli, chiroyli, odamsimon, harakatchan-sifat; och, buz, kes-fe'l; ochiq, buziq, kesik-sifat. 2 – Ey birodarlar, temirchilik siridan ancha xabardorman, meni ham o‘zlaringga sherik qilib olsalaringiz. Temirchilar rozi bo‘lishdi. Gushtasp bir necha muddat ishlab, pul yig‘di. So‘ng Vataniga qaytib bordi. U martabaga erishgan paytida barcha yosh-u qarini kasb va hunar o‘rganishga da’vat qildi. Bolalarni kunning avvalida o‘qitib, ikkinchi qismida hunar o‘rgatishga farmon berdi. 2-mashq. Matnda ajratib ko'rsatilgan so'zlarni asos va qo'shimchalarga ajrating. Namuna: Temir + chi + lik 3 3-mashq. Matn mazmuniga mos keladigan maqollarni topib, daftaringizga ko'chirib yozing. Download 112 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling